«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 Jinslarning darzliligi va kovakliligi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

6.1.4. Jinslarning darzliligi va kovakliligi 
Ma’lumki, dunyo miqyosida qazib chiqarilayotgan neftning 60% idan ko’prog’i 
karbonat kollektorlari bilan bog’liq. SHu sababli karbonatli jinslardan tarkib topgan 
kollektorlarni o’rganish katta ahamiyatga ega. Binobarin, karbonatli jinslarning 
g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi, stratigrafiyasi, tektonikasi va paleogeografik 
sharoitlarini tadqiq qilish razvedka ishlarini samarali amalga oshirish va ulardagi neft 
uyumlarini qazib chiqarishda katta rol o’ynaydi. 
Darzlilik deganda
tog’ jinslarida dinamik radial (qatlam ustiga va tagiga 
nisbatan me’yorli) siquvchi yoki tangentsial (qatlam ustiga va tagiga nisbatan 
parallel) kuchlanishlar ta’sirida paydo bo’lgan va har xil kattalikdagi, ko’pincha 
o’zaro tutashib ketgan darzliklar sistemasi tushuniladi. Darzlik miqdor jihatdan 
ma’lum jins namunasidagi darzliklar hajmining uning umumiy hajmiga bo’lgan 
nisbati bilan aniqlanadi. 
Yer po’stida sodir bo’ladigan geologik jarayonlar darzlik paydo bo’lishiga olib 
keladi. Ularning bir qator tasniflari mavjud bo’lib, genezisiga ko’ra tektonik
epigenetik darzliklar; kuchlanish yo’nalishiga ko’ra sinish va egilish darzliklari; 
darzlik yo’nalishiga ko’ra diagonal va qatlamga perpendikulyar darzliklar; paydo 
bo’lish miqyosiga ko’ra mikrodarzlik va makrodarzliklar mavjud. 
Darzliklarning paydo bo’lishini aniqlash murakkab ish bo’lib, bu jarayonni faqat 
geologik va petrografik tadqiqotlar orqali o’rganish mumkin. Jinslarning darzliligi 
asosan tektonik, ba’zan diagenetik jarayonlar bilan bog’liq. 


118 
Genetik yo’l bilan darzliklar asosan ohaktosh va dolomitlarda hosil bo’lib turli 
yo’nalishlarga egadir. Bir qatlamdan ikkinchisiga uning qatlamlanish yuzasini kesib 
o’tadigan darzliklar ham uchraydi, bunday darzliklar tektonik yo’l bilan paydo 
bo’ladi, odatda ular planda ko’pburchakli to’r hosil qiladi. 
Neotektonik darzliklar ikkilamchi darzliklar deb nomlanib, kechki diagenez 
(cho’kindini tog’ jinsiga aylanishi) va epigenez (cho’kindi tog’ jinsining mineral 
tarkibi va strukturasining birgalikda ikkilamchi o’zgarishi) bosqichlarida paydo 
bo’ladi. Tog’ jinslari paydo bo’lgandan so’ng ular eng kuchsiz tektonik (tebranma) 
harakatlar ta’siriga duchor bo’ladi, ulardagi birlamchi darzliklar tektonik darzliklarga 
aylanadi va unga xos bo’lgan xususiyatlarga ega bo’ladi. Agar yer po’stida 
dislokatsiyaga duchor bo’lmagan jinslar deyarli qolmagan, deb hisoblaydigan 
bo’lsak, u holda birlamchi darzliklarni ajratish ancha qiyin kechadi. 
Hozirgi vaqtda mavjud hamma darzliklar genezisini tektonik yo’l bilan paydo 
bo’lgan, deb hisoblash mumkin. SHunga ko’ra ularning xususiyatlari ham o’ziga 
xosdir: 
1)
ma’lum darajada to’g’ri geometrik to’r hosil qiluvchi darzliklar sistemasi
2)
jinslarning qatlanishiga nisbatan darzliklarning qiyalanishi; 
3)
darzliklarning asosiy sistemasi yo’nalishini tektonik strukturalar yo’nalishi 
bilan bog’liqligi. 
Bir qatlam doirasida hosil bo’ladigan darzliklar, tarkibi va qalinligidan qat’iy 
nazar bir necha qatlamlarni kesib o’tuvchi hamda turli litologik tarkibli jinslar 
chegarasida uchraydigan darzliklar shunday (neotektonik) yo’l bilan hosil bo’ladi. 
Jinslarning qatlamlanishiga perpendikulyar yo’nalishda bo’lgan darzliklar ichida 
qatlanish bo’yicha hosil bo’lgan darzliklar bundan istisnodir. Ularning paydo bo’lishi 
karbonat jinslardagi birlamchi va ikkilamchi erish (suv ta’sirida) jarayonlari hamda 
qayishqoq jinslarda bir tomonlama yo’nalgan tektonik deformatsiyalar bilan bog’liq. 
Jinslarning kollektorlik xususiyatlarini aniqlashda tektonik darzliklarni o’rganish 
ahamiyatlidir, chunki kollektorlardagi ko’p tarmoqli darzlar to’ri quduqlarga katta 
miqdordagi neft oqimi kelishini ta’minlaydi. 
Tog’ inshootlari, kern va ochilmalardagi jinslarning oddiy ko’z bilan 
ko’rinadigan darzliklari 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish