444
baholash kabi bo’ladi, bunda etalon hudud bilan o’xshashligi taqqoslanib, solishtirma
zaxiralar metodi bo’yicha aniqlanadi.
Bashorat qilinadigan zaxiralarni baholashdan farqli o’laroq potentsial zaxiralarni
baholashda yaxlitlangan ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, etalon
maydon sifatida sanoat ahamiyatiga molik neft-gazi bor, razvedka qilingan va
o’rganilgan region to’liq qabul qilinadi.
Potentsial zaxiralarni hisoblash ikki variantlarda bajarilishi mumkin:
1) hududda tarqalgan (neft-gazi yo’q maydonlarni
va sanoat ahamiyatiga molik
neft-gaz konlari bor bo’lgan maydonlarni birga olganda) cho’kindi jinslar qatlami
chegarasida har bir km
3
hajmda mavjud uglevodorodlarning o’rtacha
miqdorini
etalon raqam sifatida qabul qilish orqali;
2) etalon hududdagi mahsuldor maydonlar hissasini (% da) hisoblash yo’li bilan
va faqat shu maydonlar uchun hajm birliklarida (t/km
3
da) uglevodorodlar miqdorini
aniqlash va keyinchalik olingan raqamlardan o’xshashlik metodidan foydalanib
hududni baholash.
U.L.Rassel AQShning bir qator neft-gazli havzalari uchun cho’kindi qatlamidagi
uglevodorodlar miqdori (t/km
3
larda) haqidagi quyidagi ma’lumotlarni keltiradi:
Michigan va Kentukki ................................................... 200
Illinoys ......................................................................... 1100
Meksika ko’rfazining Texas sohillari ……….............. 1900
Oklaxoma ..................................................................... 2300
Kaliforniya .................................................................... 5800
Texas (umuman) ........................................................... 1200
Istiqbolli maydonlar zaxiralarini baholash
uchun yuqorida keltirilgan
raqamlardan foydalanishni taklif etib, muallif shu o’rinda hududlarni baholashning
qulay va noqulay sharoitlarini hisobga olishni tavsiya etadi.
Bunday sharoitlarga
baholanayotgan regionda sanoat miqyosidagi neft va gaz zaxiralarining borligi yoki
yo’qligini; neft-gazlilikning lokal yoki regional miqyosda tarqalganligini (masalan,
ayrim geosinklinal oblastlarda mahsuldor maydonlar baholanayotgan umumiy
maydonning 1-5% ni tashkil qilishini) kiritish mumkin. Lekin istiqbolli maydondagi
zaxiralarni ozmi-ko’pmi
ishonchli baholashda, ayniqsa qayd qilingan cheklashlarni
hisobga olganda, bu raqamlarni qo’llanilishi katta qiyinchiliklarga duch keladi.
A.I.Levorsen istiqbolli maydonlarni baholash haqida shunga o’xshash
mulohazalarni aytib o’tadi. Cho’kindi jinslar tarqalgan yer yuzasining turli
o’lkalaridagi neft zaxiralarini baholashda o’rta hisobda 1 km
3
cho’kindi jinsga 2800 t
neft to’g’ri kelishi mumkinligi taxmin qilinadi. Amerika
olimlarining ayrimlari
gazning potentsial zaxiralarini baholash uchun mahsuldor gazli maydonning 1 km
2
ga o’rtacha 5,5 ming m
3
gaz to’g’ri keladi, deb qabul qiladilar.