O’zbekistonning tashqi savdo siyosati holati va tahlili Reja: Kirish I bob. O’zbekiston Respublikasiningning tashqi savdo siyosatining nazariy uslublari


Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha



Download 280 Kb.
bet11/15
Sana20.07.2022
Hajmi280 Kb.
#825090
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O’zbekistonning tashqi savdo siyosati holati va tahlili

Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:

  • 89 148 tasi xususiy korxonalar;

  • 52 495 tasi oilaviy korxonalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha:

  • savdo 157 107 ta;

  • sanoat 91 066 ta;

  • qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 46 045 ta;

  • qurilish 43 658 ta sohalari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022- yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda:
sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 108,5 %
qurilish ishlari hajmining o’sish sur’ati – 101 %
chakana savdo tovar aylanmasi o’sish sur’ati – 115,8 %
xizmatlar hajmining o’sish sur’ati – 116,9 %
tashqi savdo aylanmasi o’sish sur’ati – 149,9 %
eksportning o’sish sur’ati – 201,4 %
importning o’sish sur’ati – 128 %
faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 533 427 ta
Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov hamda Turkiya Respublikasi savdo vaziri M. Mush ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga oid dolzarb vazifalarni muhokama qildilar. Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-Turkiya savdo aylanmasini oshirish va diversifikatsiyalash boʻyicha erishilgan natijalar hamda kelgusidagi tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Joriy yilning dastlabki 9 oyida oʻzaro savdo hajmi 2,4 milliard dollarga yetgani va bu koʻrsatkich oʻtgan yildagisiga nisbatan 70 foizga oshgani qayd etildi. Ikki mamlakat bozorlariga xaridorgir oʻzbek va turk mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish boʻyicha ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligi alohida taʼkidlandi. Tomonlar kelgusi yilda oʻzaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish uchun yetarli salohiyat va resurslar mavjudligini ham qayd etdilar. Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim hamda Elektron tijorat sohasidagi bitimni ishlab chiqish jarayoni koʻrib chiqildi. Jumladan, tomonlar bir qator muhim masalalar boʻyicha kelisha oldilar va hujjatlarning asosiy jihatlari boʻyicha yakdil fikrga keldilar. Hujjatlarni ustida olib borilayotgan ishlar bu yil oxirigacha yakunlanadi. Ikki tomonlama savdoni oshirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, uygʻunlashtirish va raqamlashtirish boʻyicha oʻzaro choralar koʻrishga qaror qilindi. Joriy yil oxirigacha ikki mamlakat bojxona xizmatlari Qoʻshma bojxona kengashining 2-yigʻilishini oʻtkazishiga kelishildi hamda uning davomida bu sohada aniq natijalarga erishish rejalashtirildi. Turk ishbilarmon doiralarini keng turdagi oʻzbek mahsulotlari bilan tanishtirish hamda oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan boʻlajak turk mijozlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish maqsadida Turkiyaning yirik shaharlarida “Made in Uzbekistan” tarmoqlar koʻrgazmasini oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi. Turkiya tomoni bu tashabbusni ilgari surishda koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar mushtarak maqsadlarga erishish boʻyicha navbatdagi tadbirlarni belgilab, yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan hal qilish borasida yaqindan hamkorlik qilish mexanizmini yaratishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati. 2022-yilning yanvar—aprel oylarida O’zbekistonning iqtisodiy holati ma’lum bo’ldi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi xabar bermoqda. Sanoat ishlab chiqarishi yil boshidan beri 5,9 foizga oshdi. Bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davrida 6,6 foiz bo’lgan edi. Iste’mol narxlari indeksi aprel oyiga nisbatan 1,5 foizga o’sgan. 2021-yilning may oyida ham xuddi shunday 1,5 foiz bo’lgan edi. Chakana savdo tovar aylanmasi yil boshidan beri 10,6 foizga ko’tarildi. 2021-yilning mos davrida bu ko’rsatkich 8,4 foizga oshgan edi. Qurilish ishlarida 6,9 foizlik o’sish qayd etilgan bo’lsa, chakana savdo tovar aylanmasi 10,6 foizga oshdi. 2022-yilning yanvar—aprel oylarida bozor xizmatlari hajmining o’sish sur’atida 17,2 foiz bo’ldi. Korxona va tashkilotlar soni 1-may holatiga ko’ra, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 47 mingga ko’payib 548 ming donaga yetgan. Tashqi savdo aylanmasida eksport yil boshidan beri roppa-rosa ikki barobarga o’sgan. Importda esa 41 foizlik o’sish qayd etilgan. Avvalroq O’zbekistonda mart oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi ma’lum bo’lgan edi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida joriy yilning aprel oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan O’zbekistonning savdo-sotiqda yuz bergan o’zgarishlari keltirilgan. 2022 yildagi iqtisodiy hamkorlik natijalari va YeOII doirasida rivojlanish istiqbollari to’g’risida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tayyorlangan infografikada tanishing. O’zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 4,4 mlrd dollarni yoki 25,8%ni tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 1 364 mln dollar, import hajmi esa 3 072 mln dollarga yetgan.
2022 yilning aprel oyi yakuni bilan O’zbekistoning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo hajmidagi ulushi:

  1. Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 2 564 mln. dollarni yoki 58%ni tashkil etib, eksport hajmi 700 mln. dollarga, import hajmi esa 1 864 mln dollarga yetdi.

  2. Qozog’iston bilan tashqi savdo aylanmasi 1 408 mln. dollarni yoki 32%ni tashkil etib, eksport hajmi 364 mln. dollarga, import hajmi esa 1 041 mln. dollarga yetdi.

  3. Qirg’iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 323 mln. dollarni yoki 7%ni tashkil etib, eksport hajmi 262 mln. dollarga, import hajmi esa 62 mln. dollarga yetdi.

  4. Belarus bilan tashqi savdo aylanmasi 136 mln. dollarni yoki 3%ni tashkil etib, eksport hajmi 30 mln. dollarga, import hajmi esa 104 mln dollarga yetdi.

O’zbekiston 20209 yilning dekabrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Aynan shu uyushma bilan eng yaqin savdo-iqtisodiy aloqalar yo’lga qo’yilib, YeOII bilan yanada integratsiyalashuv ularni yanada mustahkamlash imkonini beradi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining 2020 yilda O’zbekiston Respublikasi bilan savdo aylanmasi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi. YeOII mamlakatlarining ulushi O’zbekiston umumiy tovar eksportining 30-31% ini tashkil etadi. O’zbekiston 2019 yilda umumiy qiymati 9,42 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi, shundan 2,83 milliard dollarlik mahsulot YeOII hududiga yetkazib berildi. ITSV ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston va YeOII mamlakatlari o’rtasidagi savdo aylanmasi to’rt yilda 75% ga oshgan. An’anaga ko’ra, O’zbekiston to’qimachilik, metallurgiya va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. Respublikada qurilish materiallari, yog’ochni qayta ishlash va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, sut va go’sht mahsulotlari YeOIIdan olinadi. YeOIIga yanada integratsiyalashgan holda O’zbekiston tashqi bozorlarga chiqishda, xususan Vetnam, Eron, Serbiya va Singapur bilan savdo qilishda yanada qulay sharoitlarga ega bo’ladi. Avval xabar qilinganidek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga O’zbekistonning YeOIIda ishtirok etishi mumkinligini tekshirish va dastlabki baho berish vazifasi yuklatildi. O’zbekistonning YeOIIga a’zo bo’lishiga ta’sirini baholash bo’yicha tadqiqot mamlakatning 14 ta universitetlarida taqdim etildi. Tadqiqot natijalari «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining saytida chop etilgan bo’lib, unda ushbu tadqiqotga oid infografika va tahliliy maqolalar joylashtirilgan.
Xususan, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari YeOIIga qo’shilish qishloq xo’jaligi, transport sohasi, avtomobil sanoati, to’qimachilik va poyabzal sanoati, farmatsevtika sanoati, shuningdek, biznes foydalari va boshqa sohalarga qanday ta’siri ko’rsatishi haqida so’zlab berdi. JSTga a’zo bo’lishning o’ziga yarasha tashqi bozorga erkin chiqish, arzon xom-ashyolar importi kabi muhim afzalliklari mavjud. Shu bilan birga, a’zo bo’lish jarayoni uzoq vaqt sarf etiladigan jarayondir. O’zbekistonning JSTga a’zo bo’lish jarayoni 1994 yilda boshlangan, biroq o’sha paytdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash siyosati sababli 2005 yilda muzlatib qo’yilgan. 2016 yildan keyin amalga oshirilgan keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan so’ng 2018 yil mart oyida Tashqi savdo vazirligi tomonidan JST kotibiyatiga rasmiy murojaat taqdim etish yo’li bilan a’zolikka kirish jarayoni qayta boshlandi. 2019 yil iyul oyida O’zbekiston JST a’zoligiga Tashqi savdo rejimi to’g’risidagi yangilangan memorandumni va keyinchalik kirish uchun bir qator boshqa hujjatlarni, jumladan, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish bo’yicha dastlabki takliflarni taqdim etdi.
O’zbekistonning JSTga a’zoligi bo’yicha loyihasi. Xalqaro savdo markazi tomonidan “O’zbekistonning JSTga kirishiga ko’maklashish” bo’yicha besh yillik loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. 2020 yil fevral oyida boshlangan loyiha O’zbekistonning qo’shilish jarayonidan foydalanish orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish bo’yicha rivojlanish rejalarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu loyihaning maqsadi JST qoidalariga mos keladigan savdo muhitini yaratish orqali O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashishdan iborat bo’lib, loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Qo’shilish bo’yicha muzokaralar dasturining asosiy benefitsiari: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisoblanadi. Shuningdek, loyiha O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, tarmoq biznes tashkilotlari va birlashmalari, eksport-import korxonalari, oliy o’quv yurtlari, iqtisodiy tadqiqot markazlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari, jumladan, xotin-qizlar, yoshlar va iste’molchilar uyushmalari bilan yaqin hamkorlik qiladi. JST dunyodagi eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilot bo’lib, unga dunyoning 98 foiz iqtisodiga ega davlatlar a’zo bo’lganligi bu jarayon zamon talabi ekanligini bildiradi. JSTga a’zo bo’lishning o’ziga yarasha tashqi bozorga erkin chiqish, arzon xom-ashyolar importi kabi muhim afzalliklari mavjud. Shu bilan birga, a’zo bo’lish jarayoni uzoq vaqt sarf etiladigan jarayondir. 1994 yilda boshlanib to’xtab qolgan, 2016 yildan keyin amalga oshirilgan keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan so’ng a’zolikka kirish jarayoni qayta tiklanganligi yaxshi imkoniyat. 2000 yildan boshlanuvchi Xalqaro savdo markazining “O’zbekistonning JSTga kirishiga ko’maklashish” bo’yicha besh yillik loyihasi ushbu maqsadlar uchun xizmat qiladi.

Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish