EKSPORT – 16,6 mlrd. AQSH dollari
Sanoat mahsulotlari – 4,3 mlrd.
Xizmatlar – 2,5 mlrd.
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 1,4 mlrd.
Kimyoviy mahsulotlar – 1,1 mlrd.
Mineral yoqilgʻilar va moylash mahsulotlari – 890 mln.
Turli tayyor mahsulotlar – 785 mln.
Mashina va asbob-uskunalar – 694 mln.
Nooziq-ovqat mahsulotlari – 514 mln.
IMPORT – 25,5 mlrd. AQSH dollari
Mashina va transport asbob-uskunalari – 8,3 mlrd.
Sanoat mahsulotlari – 4,7 mlrd.
Kimyoviy mahsulotlar – 3,6 mlrd.
Oziq-ovqat mahsulotlari – 2,5 mlrd.
Xizmatlar – 1,7 mlrd.
Turli tayyor mahsulotlar – 1,4 mlrd.
Mineral yoqilgilar va moylash mahsulotlari –1,5 mlrd.
Nooziq-ovqat mahsulotlari – 1,2 mlrd.
Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasi diversifikatsiyalangan va raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishga, innovatsion texnologiyalar va bozorni boshqarishning yangi usullaridan foydalangan holda milliy resurslardan maksimal darajada foydalanishga yoʻnaltirilgan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan, tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita oʻz taʼsirini oʻtkazadi. 2021- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 7 105,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 930,0 mln. AQSh dollariga yoki 11,6 % ga kamaydi. Respublikasida tovarlar tashqi savdosi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda – XSST) ishlatiladi. Bu oʻz navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST boʻyicha kodlashtirish, TIF TN va XSST oʻrtasida oʻtish kalitlari yordamida amalga oshiriladi. TSAda eksport hajmi 2 398,1 mln. AQSh dollariga (26,5 % ga kamaydi) va import hajmi 4 707,0 mln. AQSh dollariga (1,3 % ga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida – 2 308,9 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalarining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun respublikada zarur resurslar bazasi yaratilgan. Eksport tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga import tovarlarning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish natijasida erishildi. Shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini koʻrish mumkin. TSAda soʻnggi yillarda katta oʻzgarishlar kuzatilyapti. Misol uchun, Qirgʻiz Respublikasi va Qozogʻiston bilan tashqi savdo aylanmasi oshgani kuzatilmoqda. Boshqa davlatlar (qoʻshni davlatlardan tashqari) bilan esa, TSAda eng yuqori ulush Afgʻoniston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkiya, Tojikiston, Kanada va Eron davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston (165,1 mln. AQSh dollari), Qirgʻiz Respublikasi (104,4 mln. AQSh dollari), Turkiya (93,4 mln. AQSh dollari), Tojikiston, (75,8 mln. AQSh dollari), Kanada (41,0 mln. AQSh dollari), va Eron (15,8 mln. AQSh dollari) shular jumlasidandir. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi MDH davlatlariga toʻgʻri keladi va bu koʻrsatkich soʻnggi yillarda biroz oʻzgardi. Respublikamizda tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, 2021- yilning yanvar-mart oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 40,3 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2020- yilga nisbatan ulushi 4,8 % ga koʻpaygan. Oʻzbekistondagi meva-sabzavot sektori mamlakat va hududlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim segment hisoblanadi. Shuning uchun, bu sohada meva va sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish uchun barcha choralar koʻrilmoqda, bu esa oʻz natijalarini bermoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 133,811 mln. AQSh dollari qiymatli 218,0 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda 2020- yilning mos davriga nisbatan 2 655,1 mln. AQSh dollarida kamayish kuzatilib, 1,9 % ga kamaydi. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksporti tarkibiga qaralsa, 82,2 mln. AQSh dollariga teng 163,7 ming tonna sabzavot, shuningdek, 24,6 mln. AQSh dollari qiymatidagi 28,9 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi. Toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmining oshishi bevosita paxta xom-ashyosi oʻrniga tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qoʻshimcha qiymat yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlarning natijasi ekanini koʻrish mumkin. Jumladan, joriy yilda 637,7 mln. AQSh dollarilik toʻqimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 26,6 % ini tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 37,8 % ga oʻsdi. Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida paxtadan yigirilgan ip 54,9 %), tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari (23,1 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 364 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari dunyoning 54 tа davlatiga eksport qilindi.
2022- yilning yanvar-aprel oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 17 164,7 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 6 514,5 mln. AQSH dollariga yoki 61,2 % ga koʻpaydi. TSAda eksport hajmi 7 081,4 mln. AQSH dollariga (102,3 % ga ko’paydi) va import hajmi 10 083,3 mln. AQSH dollariga (41,0 % ga koʻpaydi) yetdi. Hisobot davrida - 3 002,0. AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston, QirgʻizRespublikasi, Tojikiston va Turkiya shular jumlasidandir. Qolgan 16 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 167 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (18,1 %), Rossiya Federatsiyasida (14,9 %), Qozogʻistonda (8,2 %), Turkiyada (6,7 %), Koreya Respublikasida (5,3 %), Germaniya (2,6 %) va Qirgʻiz Respublikasida (1,9 %) qayd etilgan. 2022- yilning yanvar-aprel oylarida, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 31,7 % i MDH davlatlariga toʻgʻri kelib, tashqi savdo aylanmasidagi 2021- yilning mos davriga nisbatan ulushi 7,7 % ga kamaygan. Oʻzbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022- yil yanvar-aprel holatiga koʻra 5 443,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport – 1 760,5 mln. AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import – 3 683,0 mln. AQSH dollari qiymatida qayd etildi. Oʻzbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya Federatsiyasi (47,1 %), Qozogʻiston (25,9 %) hamda Qirgʻiz Respublikasi (5,9 %) davlatlari bilan qayd etildi. Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 4 435,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 1 363,7 mln. AQSH dollari, import hajmi esa 3 071,9 mln. AQSH dollariga yetdi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 88,2 % ni tashkil etib, ular sanoat tovarlari (21,6 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (5,6 %) va kimyoviy vositalar va shunga o’xshash mahsulotlar (5,0 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Xizmatlar eksporti hajmi 836,8 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 11,8 % ini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 27,8 % ga koʻpaydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (62,7 %), safarlar (turizm) (20,1 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (6,6 %) va boshqa tadbirkorlik bilan bog’liq xizmatlar (6,5 %) hissasiga toʻgʻri kelgan. Shu bilan birga, boshqa xizmatlar (4,2 %)ni tashkil etib, tarkibida eng yuqori ulushlar sugʻurta va pensiya taʼminoti xizmatlari (1,7 %), moliyaviy xizmatlar (0,9 %) hamda qurilish xizmatlari (0,6 %) hissasiga toʻgʻri keldi. 2022- yilning yanvar-aprel oylarida import hajmi 10 083,3 mln. AQSH dollarini va 2021- yilga nisbatan 141,0 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (35,2 %), sanoat tovarlari (17,9 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (13,8 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |