Xulosa va takliflar
Xulosa qilib aytganda qisqa vaqt ichida mamlakatimiz tashqi savdo siyosatini ishlab chiqa oldi ammo hozirgi kunda uni yanada takomillashtirish masalasi ko’ndalang bo’lib turibdi. Mamlakatimiz tashqi savdo siyosatida ancha uzoqni ko’zlab, qisqa muddatli manfaatlardan qochgan holda siyosat olib bormoqda deyishimiz munkin. Chunki hozirgi integratsiya jarayonlarning kuchayib borishi sharoitida O’zbekiston ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan faktorlar ta’siri ostida qolmoqda: bir tomonlama o’ylanganda qisqa muddatli davrda tezda xom-ashyo resurslarini va yarim tayyor mahsulotlarni eksport qilgan holda osongina valyuta ishlash mumkin, ammo boshqa tomonlama o’ylanganda uzoq muddatli davrda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan, uning sifatini oshiradigan, xalqaro standartlarga to’liq javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan, bu bilan uning jahon bozorida raqobatbardosh qiladigan sohalar rivojiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bu sohada allaqachon ko’zga ko’rinarli natijalarga erishildi. O’zbekistonning investitsion siyosati chet el to’gridan-to’g’ri investitsiyalarini mamlakatimizga kirib kelishiga asos bo’ladigan qulay investitsion muhit yaratmoqda. Iqtisodiyotimizning turli sohalarida nafaqat xom-ashyo eksporti bilan shug’ullanadigan balki tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan qo’shma korxonalar tuzish loyihalari ishlab chiqilgan va chiqilmoqda.
Ishimiz davomida mamlakatimiz tashqi savdo siyosatini rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo siyosati bilan taqqosladik, uning alohida xususiyatlariga to’xtaib o’tdik. Tashqi savdo siyosatini samarali tashkil qilishda mavjud muammolar va ularga aniq yechimlar keltirdik. Shuningdek yaqin vaqt ichida mamlakatimiz tashqi savso siyosatida qanday o’zgarishlar ro’y berishi mumkinligi, tashqi savdo hajmining, uni saldosining holati o’zgarishi, import hamda eksport tarkiblarining o’zgarishi haqida aniq xulosalarga keldik. O’zbekiston katta ekspor salohiyatiga ega, buni mamlakatimizda joylashgan foydali qazilmalar, tabiiy boyliklar va ilmiy-texnikaviy potensialdan kelib chiqib aytish mumkin. Bunday katta salohiyatdan qay tarzda foydalanish, uni yanada kengaytirish biz hozirgi kunda tanlab olgan tashqi savdo siyosatimizga uzviy ravishda bog’liqdir. Shu sababli tashqi savdo siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatimizni oshirish yaqin davr ichida asosiy vazifalardan biri bo’lib qolaveradi. Bu borada davlatimiz tanlab olgan yo’l hozirgi qiyin sharoitda naqadar to’g’ri va aniq ekani hammaga birdek ravshan bo’lmoqda. Ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamohang ko`plab mahsulotlarning, jumladan, yoqilg`i, oziq-ovqat va xalq iste`moli buyumlarining importi qisqarmoqda. Umumiy imortning 3/4 qismini texnik va ishlab chiqarish jihozlari hamda asbob uskunalar tashkil qiladi. Bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga aynan mos keladi.
O`zbekistonda 420012 dan ortiq xorijiy ko`rxona faoliyat ko`rsatmoqda. Endilikda O`zbekiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki, OPEC Xalqaro Rivojlanish Jamg`armasi, Saudiya Taraqqiyot Jamg`armasi kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet el sarmoyasini kiritish shakli investitsiya deb ataladi. Mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish uchun investitsiyalarni yanada ko`proq jalb etish maqsadga muvofiq bo`ladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari taqozosi o`laroq mamlakatimiz hududida maxsus erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinmoqda. Ularning dastlabkisi O`zbekiston hududining geografik markazi Navoiy viloyatida tashkil etilgandi. U barcha turdagi samolyotlarni qabul qiladigan xalqaro aeroport va u bilan aloqador bo`lgan turli xizmat ko`rsatish korxonalardan va muassasalardan tashkil topgan ulkan majmuadir. Tovarlar savdosidan tashqari, xorojiy davlarlar bilan hamkorlikda transport tizimlari barpo qilinmoqda, tabiatni muhofaza qillish va o`zgartirish masalalari hal qilish va o`zgartish masalalari hal etilmoqda. Bunda O`zbekiston dunoning yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda, davrning dolzarb muammolarini hal etishga ham jiddiy e`tibor qaratmoqda. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Yevropa Ittifoqi (YI), Mustaqil davlatlar hamdo`stligi (MDH), Yevrosiyo iqtisodiy hamdo`stligi (YIH), Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT)va boshqa xalqaro tashkilotlar shular jumlasidandir.
Savdo siyosati – byudjet soliq siyosatining, tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan, nisbatan mustaqil yo’nalishdir. Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul importga tarif belgilash bo’lib, buning natijasida ichki baholarning o’sishi kuzatiladi. Importga tariflarni joriy qilishdan iste’molchilar ko’rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat ko’rgan foydadan katta bo’ladi. Importga tariflarni joriy qilishdan ko’riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import tariflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, to’lov balansini tartibga solish mahsadlarida keng qo’llaniladi.
Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo’llaniladi. Eksportga subsidiyalar valyuta tushumini ko’paytirish, ortiqcha mahsulotdan qutulish, tashqi bozorni egallash uchun qo’llaniladi. Eksport subsidiyalarini qo’llash dempingga olib kelmasligi kerak, chunki demping xalqaro savdo qoidalariga ko’ra ta’qiqlangan. Tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o’rnatish xalqaro savdoni tartibga solishning bevosita usullaridir. Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti holatidan kelib chiqib echilayotgan vazifalarga muvofiq tanlanadi. Jahon banki ekspertlarining fikricha, iqtisodiy o’sish 2021 yilda tiklanadi. Bunga jahon bozorida xom ashyo tovarlari narxlarining hamda global savdo-sotiq zanjirlarining bosqichma-bosqich tiklanishi, mamlakatlar iqtisodiyotida tovar va xizmatlarga bo’lgan ichki talabning oshishi yordam beradi. Biroq bu prognozning amalga oshishida bir qator omillaring salbiy ta’siri yuqori darajada bo’lib qolmoqda. Bular koronavirus infeksiyasining ikkinchi to’lqini, moliyalashtirish va investitsiyalarda tushkunlik kayfiyatining kutilganidan ko’ra uzoqroq davom etishi, shuningdek, pul o’tkazmalari hajmini keskin qisqarishi tufayli iqtisodiy retsessiyaning kutilmagan darajada kuchayishi kabi omillarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |