II Bob. Yangi O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosatining holati va tahlili.
2.1 O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosatida tashqi iqtisodiy faoliyati va holati
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) oʻtgan yil davomida biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning kelgusi uch oy davomida oʻz biznesini rivojlantirish istiqbollariga boʻlgan umidlari boʻyicha 1000 dan ortiq korxona bilan soʻrov oʻtkazdi. Hukumat tomonidan iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot formatida boʻlib oʻtgan uchrashuvidan soʻng amalga oshirilgan qator chora-tadbirlar 2021-yilda iqtisodiy oʻsishning ijobiy surʼatlarini saqlab qolishga imkon berdi. 2021-yilda ishbilarmonlik muhitining barcha koʻrsatkichlari yuqori darajada saqlanib qoldi. 2021-yilda oʻrtacha yillik yigʻma indikatori 60 punktni tashkil etdi, bu esa 2020-yilga nisbatan 18 punktga koʻpdir. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va “Toshkent-Nagoya” doʻstlik uyushmasi koʻmagida Yaponiyaning Nagoya shahri tadbirkorlari delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda asosiy eʼtibor sarmoyaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratildi. Uchrashuv avvalida Yaponiya delegatsiyasiga “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi faoliyati, unga aʼzo korxonalar va mahsulot turlari, sohaning sarmoyaviy va eksport salohiyati haqida maʼlumotlar berildi. “Chiikimittyaku Co., Ltd” kompaniyasi rahbari janob Masahiro Nishimura Oʻzbekiston bilan hamkorlikka alohida qiziqish bildirdi. U mamlakatimizga tashrifi chogʻida charm mahsulotlari, xususan, tayyor charm ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishganini taʼkidladi. “Angren Charm” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish jarayoni va tayyorlanayotgan mahsulotlar oʻrganildi. Korxona mutaxassislari Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilarining uskunalari, xomashyo va tayyor mahsulotlarini atroflicha koʻzdan kechirdi.
Maʼlumot uchun: “Chiikimittyaku Co., Ltd” kompaniyasi Londonda joylashgan. U “TOKKOU” brendi ostida mahsulot ishlab chiqaradi. Brend mahsulotlarining falsafasi anʼanaviy yapon ildizlariga asoslangan. “TOKKOU” ning zamonaviy dizayni Yaponiya yoshlar subkulturasi “Bosodzoku” dan ilhom oladi. Uchrashuvda Oʻzbekistonda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish uchun Yaponiya brendlarini jalb etish, mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarda ommalashtirish masalalari ham koʻrib chiqildi. Janob Nishimura Yaponiya tomoni Oʻzbekiston korxonalarini terini qayta ishlash boʻyicha zamonaviy yapon texnologiyalari bilan jihozlash, Oʻzbekiston korxonalarida texnologlar malakasini oshirishda koʻmak berishga tayyorligini bildirdi.
Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF7–54-son, 21.01.2022-y.) qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq bir necha davlatlarda iqtisodiy uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoniga eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulugʻbek Maqsudov “Istiqlol Tekstil Dizayn LLC” kompaniyasi asoschisi Baxtiyor Umarov bilan muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekistonning “Ideal” brendi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoni bozoriga eksportini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Saudiya Arabistonida toʻqimachilik, xususan kiyim-kechak mahsulotlariga talab oshib borayotgani taʼkidlandi. Oʻz navbatida, Saudiya bozorlarida “Istiqlol Tekstil Dizayn LLC” kompaniyasi mahsulotlarining sifat va narx jihatdan raqobatbardoshligi qayd etildi. Muloqot chogʻida Saudiya Arabistoni bozoriga kiyim-kechak va poyafzal mahsulotlarini yetkazib berish, Ar-Riyod, Jidda va Madina shaharlarida maxsus savdo nuqtalarini, shuningdek, mavjud “online” tizimlari orqali “Ideal” brendi mahsulotlari savdosini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Davstatqo’m O’zbekistonning joriy yil yanvar-aprel oylaridagi tashqi savdo aylanmasi tarkibi haqida maʼlumot berdi. Unga ko’ra, hisobot davrida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 7,1 mlrd AQSH dollarini, import esa 10,1 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan. Tashqi savdo aylanmasi tarkibida (eksportda) eng yuqori ulushga ega bo’lgan asosiy beshlikda sanoat mahsulotlari (1,5 mlrd), xizmatlar (837 mln), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (394 mln), kimyoviy mahsulotlar (357 mln) hamda turli tayyor mahsulotlar (306 mln) o’rin olgan. Shuningdek, 4 oyda O’zbekiston importi tarkibida asosiy “beshtalik”ni – mashina va transport asbob-uskunalari (3,5 mlrd), sanoat mahsulotlari (1,8 mlrd), kimyoviy mahsulotlar (1,4 mlrd), oziq-ovqat mahsulotlari (1,1 mlrd) hamda xizmatlar (727 mln) tashkil etgan. 2022-yilning yanvar-mart oylarida O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 13,2 mlrd. AQSh dollariga teng bo’ldi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumot berdi. Qo'mitaning qayd etishicha, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 5,8 mlrd dollarni tashkil etgan:
mahsulotlar – 5,2 mlrd.
xizmatlar – 568 mln.
Import hajmi esa 7,4 mlrd dollarga yetgan:
mahsulotlar – 6,8 mlrd.
xizmatlar – 530 mln.
Savdo – 1,6 mlrd.
Mamlakatning tashqi savdo faoliyati bo’yicha eng yirik 20 hamkorlari orasida uch mamlakat bilan savdoda ijobiy saldo kuzatilmoqda. Bular Afg’oniston, Qirg’iziston va Tojikistondir. Qolgan 17 mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolmoqda. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi dunyoning 160 ta davlati bilan savdo munosabatlari o’rnatgan. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (16,6 foiz), Rossiya (14,2 foiz), Qozog’iston (7,5 foiz), Turkiya (5,9 foiz), Janubiy Koreya (4,8 foiz), Germaniya (2,9 foiz) va Qirg’iziston (1,7 foiz) hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Bundan oldin O’zbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bo’lgandi. O’zbekiston Hindistonga Karachi porti orqali birinchi yukni jo’natdi. Ilk marta O’zbekistondan yuk quruqlik orqali Pokistonning Karachi portiga yetkazilib, u yerdan Hindistonga eksport qilindi. Bunda Pokiston tomonining International Container Terminal Services, Inc. (ICTSI) kaompaniyasining Karachi portida faoliyat yurituvchi biznes-bo’limi hamda Pokiston xalqaro konteyner terminali (PICT) asosiy rolni o’ynamoqda. Qayd etilishicha, mazkur amaliyot ikki mamlakat o’rtasidagi strategik sheriklikni, yaqinda rivojlanayotgan savdo aloqalari mintaqaviy ishbilarmonlik aloqalarini yana-da mustahkamlash va jahon savdosi tizimida sezilarli o’zgarish yasaydi. Pokiston xalqaro konteyner terminali maʼmuriyati, shuningdek, ushbu amaliyot boshqa mamlakatlarni ham Pokistonning savdo yo’lidan foydalanishga undashini, bu esa mintaqadagi dengizga chiqish imkoni bo’lmagan boshqa mamlakatlar uchun noyob geostrategik imtiyozlar berishi mumkinligini qayd etadi. Eslatib o’tamiz, o’tgan yilning noyabr oyida Pokiston O’zbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan edi. 2022-yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor O’zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg’oniston orqali tranzit qilib jo’natgan edi. Shavkat Mirziyoyev yig’ilishda eksportga mahsulot ishlab chiqarishda tashqi bozorlar talablaridan kelib chiqish shartligini aytdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. “Yana bir masala – eksportga mahsulot ishlab chiqarishda tashqi bozorlar talablaridan kelib chiqishimiz shart. Bunda, ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot xorijiy standartlarga javob berishi, bozor va iste’molchi talablariga mos kelishi asosiy talab bo’ladi”, degan Prezident yig’ilishda. Shu munosabat bilan ikki oy muddatda xorijiy mamlakatlarning tajribali kompaniyalariga 1 tadan sanoat zonalarini boshqaruvga berish hamda xorijiy investorlarni jalb qilish bo’yicha taklif kiritish topshirildi. Bundan tashqari, yig’ilish yakunida mavzu yuzasidan mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisoboti eshitilgan. O’zbekiston Xitoyga ichki talabni qondirish maqsadida yil boshida to’xtatgan gaz eksportini qayta tikladi. Eurasianet nashri maʼlumotiga ko’ra, O’zbekiston hukumat qayta tiklangan eksport haqida eʼlon qilmagan bo’lsa-da, Xitoy tomoni rasmiy Toshkent Turkmanistondan boshlanib, O’zbekiston va Qozog’iston orqali o’tuvchi Markaziy Osiyo-Xitoy quvuri orqali yana gaz eksport qilayotganini tasdiqlagan. Joriy yilda O’zbekistonning Xitoyga eksport qiladigan gaz hajmiga aniqlik kiritilmagan, ammo ayrim manbalarning Xitoy Bosh bojxona boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, joriy yilning to’rt oyida O’zbekiston Xitoyga 132,8 million dollarlik gaz yetkazib bergan. Yanvar-aprel oylari orasida Turkmaniston Xitoyga 2,87 milliard dollarlik gaz yetkazib berib, bu boradagi ro’yxatni boshqarib turibdi. Qozog’iston (270,6 million dollar) va O’zbekiston esa Xitoyga gaz eksport qilish bo’yicha mos ravishda to’rtinchi va beshinchi o’rinlarda turadi. O’z navbatida O’zbekiston va Qozog’iston o’sib borayotgan ichki talabni qondirish uchun kelgusi yillarda gaz eksportini to’xtatishni rejalashtirayotganini aytib keladi. Jumladan, Toshkent 2025-yilgacha eksportni to’xtatishni belgilagan. Bu esa har qish mavsumida O’zbekistonni qamrab oladigan energiya tanqisligini bartaraf etishga imkon beradi. Hukumat tomonidan joriy oy eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko’ra, so’nggi uch yilda elektr stansiyalariga gaz yetkazib berish 13 foizga, maishiy isteʼmolchilarga yetkazib berish esa 30 foizga oshgan. Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida O’zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo’lgan hamkor davlatlar quyidagilar:
Qozog’iston – 430,3 mln. dollar;
Rossiya – 284 mln. dollar;
Braziliya – 128 mln. dollar;
Belarus – 49,3 mln. dollar;
Pokiston – 39,4 mln. dollar;
Ekvador – 21,5 mln. dollar;
Turkiya – 21 mln. dollar;
Xitoy – 18,1 mln. dollar;
Eron – 17 mln. dollar;
Ukraina – 11,8 mln. AQSH dollari.
20228-yil 1-may holatiga ko’ra, O’zbekistonda roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 517 501 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, hozirda ularning 484 935 tasi faoliyat koʻrsatmoqda. Faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlaridan 481 138 tasi kichik biznes subyektlari va 3 797 ta yirik korxonalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |