O’zbekistonning tashqi savdo siyosati holati va tahlili Reja: Kirish I bob. O’zbekiston Respublikasiningning tashqi savdo siyosatining nazariy uslublari



Download 280 Kb.
bet2/15
Sana20.07.2022
Hajmi280 Kb.
#825090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O’zbekistonning tashqi savdo siyosati holati va tahlili

Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlar o‘rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada erkinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Aynan samarali tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqib uni hayotga tadbiq qilish mamlakatimiz oldida turgan, hal qilinishi lozim bo’lgan eng ustuvor vazifalar hisoblanadi. Mavjud savdo siyosatini har tomonlama tahlil qilish, uning iqtisodiyotimiz uchun qay darajada mosligini tekshirish, tashqi faoliyatimizga to’siq bo’layotgan muammo va kamchiliklarni topish hamda ularni bartaraf qilish usullarini o’ylab topish zaruratidir. Bugungi bozor islohotlari munosabatlarining yangi strategiyasi asosiy yo‘nalishlaridan biri — tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu munosabatlar bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi, mamlakat ichki va tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan jihatlarni, shu jumladan, tashqi iqtisodiy muvozanatni ta’minlash, eksport va import munosabatlarda ilg‘or siljishlarni rag‘batlantirish, xorijiy kapital oqimini kuchaytirishga yo‘naltirilgan vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonunchilik, ijroiya va nazorat qilish yo‘nalishidagi chora-tadbirlar tizimini yaratishni o‘z ichiga oladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga solish davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bu esa o’z navbatida, mamlakatning o’ziga xos ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan holda, jahon bozorining salbiy o’zgarishlaridan himoya qiluvchi, unda egallangan mavqeni saqlab qolish va kengaytirishni ta’minlovchi maqbul darajadagi protektsionizm va erkin savdo siyosati qo’llanilishini taqozo etadi. O’tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun o’zini erkin bozor girdobiga tashlab qo’ya olmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, bozor munosabatlarining asosiy tamoyillari amalda bo’lishi davlat tomonidan, mamlakat iqtisodiy havfsizligini ta’minlash va umummilliy manfaatlami himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF)ni tartibga solish maqsadida amalga oshiriladi. TIFni tartibga solish bo’yicha davlat organlarining faoliyati deyarli barcha mamlakatlarda amalga oshiriladi. Lekin bu faoliyatning ko’lami, shakllari va usullari, aniq maqsad va vazifalari har bir mamlakatning hududiy jihatdan katta-kichikligidan, jahon xo’jaligida tutgan o’rni, tashqi va ichki siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
O’zbekiston tashqi siyosati uchun yaqin kelajakdagi ustuvor yo’nalishlar Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “O’zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmon yuzasidan berilgan ilovada sanab o’tilgan. Milliy qonunchilik bazasiga kiritilgan bu hujjatda O’zbekiston uchun Markaziy Osiyo asosiy ustuvor yo’nalish ekanligi yana bir bor ta’kidlanadi. Unda mintaqada davlat chegaralarini aniqlashtirish ishlari yakunlanishiga, suvdan foydalanish muammosi hal etilishiga, mintaqa xalqlari o’rtasida turli darajadagi aloqalar kengayishiga umid bildirilgan. Rossiya bilan munosabatlarga ham katta urg'u berilgan. Iqtisodiy aloqalar, transport, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti, harbiy texnik hamkorlik, mehnat muhojirlariga doir imzolangan bitim amaliyoti hamda o’zaro hamkorlik aloqalariga oid boshqa muhim yo’nalishlarga e'tibor qaratilgan. Eksport bojlari bozor munosabatlari tabiatiga zid deb sanaladi, xalqaro va mintaqaviy ittifoqlar va kelishuvlar ulardan xalqaro savdoda foydalanishni tavsiya etmaydi. O’zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan olib kirilayotgan tovarlar turlari xilma-xil va doimo o’zgarib turadi. Yoki belgilanishiga, yoki iste’mol xususiyatlari va sifatiga ko’ra o’xshash tovarlar yurtimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlanyapti. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat tufayli mamlakatlar o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti bilan, ichki bozorning tashqi bozor bilan o’zaro hamkorligi uchun sifat jih atidan yangi negizlarni shakllantiradigan tub bozor o’zgarishlarini amalga oshirish obektiv ravishda tashqi iqtisodiy omilni kuchaytirishni taqozo etmoqda. Bularning hammasi O’zbekistonning yangi tashqi iqtisodiy siyosatini va ro’yobga chiqarish mexanizmini ishlab chikishni talab etdi.

Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish