O’zbekistonda tog’ o’simliklari va ularning ahamiyati Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 48,53 Kb.
bet2/15
Sana28.11.2022
Hajmi48,53 Kb.
#873972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O’zbekistonda tog’ o’simliklari va ularning ahamiyati

II. Asosiy qism
1 Tog' mintaqasining tabiiy geografik tuzilishi.
Respuplikamizdagi tog’larning eng yuqori qismi doimiy muzliklar bilan
qoplanib, yotgan osmono’par qoyalar bilan pastki qismi esa doimo jazirama
issiq purkab turadigan bepayon Qizilqum va Qoraqum bilan tutashadi.
Bizdagi tog’larning eng pasti Sulton Vays tog’i bo’lib, dengiz sathidan
473metr balandlikda joylashgan. Eng yuqori tog’ esa Xisor tog’idagi cho’qqi
hisoblanib, dengiz sathidan 4688metr balandlikda joylashgan. O’zbekiston
territoriyasidagi tog’lar unchalik baland bo’lmaganligidan mamlakatimizning
boshqa joylardagi tog’lardan tubdan farq qiladi chunonchi Respuplikamazdagi
tog’larning juda oz qismi doimiy muzliklar bilan qoplangan bo’lib, yoz
oylari bu tog’larda suv kam bo’ladi. Bunday tog’larda o’rmon hosil qiluvchi
daraxtlar juda kamdir. O’zbekiston territoriyasining geografik jihatdan
ekvatorga yaqinligi quyosh radiatsiyasining tik tushishi respublikamiz iqlimiga
katta ta’sir qiladi. Shu sababdan ham tog’larning havosi ancha quruqdir.
Dengiz sathidan 1200-1500metrdan 2700-2800metrgacha balandlikda bo’lgan
joylar tog’ mintaqasini tashkil etadi. Bu mintaqa asosan respublikamizning
sharqiy qismida joylashgan bo’lib, O’zbekiston territoriyasining 2/3 qismini
egallaydi. O’zbekiston territoriyasidagi tog’lar Tyanshan va Pomir-Oloy
tog’larining janubiy-g’arbiy tarmoqlari bo’lgan Chotqol va Qurama, Pskom,
Ugam, Turkiston, Zarafshon, Xisor, Boysun, Bobotog’ tizmalari va uning
tarmoqlari bo’lgan Nurota, Oqtog’, Molguzar tog’lari kiradi. Bu tog’lardan
tashqari uning mayda tarmoqlari ham mavjudki, ular unchalik baland emas.
Bu tog’lar tabiiy sharoiti o’simliklar dunyosi jihatdan ko’pincha adirlarni
eslatadi. Masalan: Xisor tog’ tizmasini tarmoqlari Yakkabog’, Chaqchar,
Boysuntog’, Surhontog’, Qorasirt, Bobosurhon, Kushtang yoki Turkiston
tog’ining davomi hisoblangan CHunqor tog’ tizmasi va uning tarmoqlari
bo’lgan Qoratog’, Oqtog’, Xobduntog’, Qorachatog’ va Nurota tog’larining
shimoliy- sharqida joylashgan Baliqchitog’lari ham unchalik baland emas.

Gumid iqlimli tog’ mintaqasining yillik yog’gan miqdori 500-600mmdan


1000-1200mmgacha yetadi. Yog’ingarchilik kuz, qish, bahor oylarida bo’ladi.
Yoz oylarida esa yog’ingarchilik kamdan-kam bo’ladi. Qor asosan qishda
dekabr-yanvar oylarida yog’adi. Qor va muzliklar 6 oy davomida saqlanadi.
Yoz oylarida faqat yuqori tog’lardagina biroz yog’in yog’adi. Tog’larning
havo namligi yoz oylarida 40-50%ni qishda esa 90-100%ni tashkil etadi.
Yozda havo isiydi, iyul oylarida o’rtacha harorat 18-20C0ga boradi. Qishda
esa harorat ancha sovuq bo’lib, 15-25Cogacha tushadi. Bahor faslida
namgarchilik ko’p bo’lganligi tufayli tog’ havosi salqin bo’ladi va turli
tuman o’simliklar ko’p o’sadi. Ko’pgina daryolar tog’lardagi qor va
muzliklardan suv oladi. O’rta Osiyo azim daryolaridan Amudaryo bilan
Sirdaryo, Tyanshan va Pomir-Oloy tog’laridan boshlanadi. Bu tog’larning
asosiy qismi respublikamizdan tashqari Qirg’iziston va Tojikistondir.
Tog’ mintaqasi 2ta mintaqa: pastki va yuqori mintaqaga bo’linadi. Pastki
tog’ dengiz sathidan 1200-2000metrgacha balandlikda bo’lgan yerlar kiradi.
Bu yuqori adir bilan tutash bo’lib, uzoq vaqt ko’karib turadigan efemerlar
ning ko’pligi bilan harakterlanadi. Efemerlar juda ko’p bo’lib, chala buta,
buta va daraxtlarning tagida o’sadi. Daraxtlar juda siyrak, chunki ularga
odamlarning ta’siri ortib bormoqda. Akademik Zokirov ham bu haqida
gapirib, Zarafshon tog’larining yuqori qismi bir vaqtlar archazor o’rmonlar
bilan qoplanganligi va hozirgi vaqtda ularning ko’p qismi turli sabablarga
ko’ra yo’q bo’lib ketganligini yozadi. Masalan: Nurota tog’lari bundan ancha
yillar ilgari Bodomch ko’p o’sar edi. So’ngi yillarda kishilar uni yoqish
uchun ko’plab sindirib ketish natijasida juda siyraklashib qolgan. Hozir
Bodomcha faqat tog’larning yuqori qismidagina saqlanib qolgan. Bu joyning
iqlimi yuqori adirdan biroz farq qiladi. Yillik harorat adirdan 3-4C0 past,
yog’in miqdori biroz ko’p. Yog’in kuzda, qish va bahorda yog’adi. Qor va
muzliklar qishdagina 3-4oy ba’zan 5 oygacha davom etadi.

Pastki tog’da bir yillik va ko’p yillik kserofit o’simliklardan bug’doyiq,


shuvoq, toshkakra, chalov kabilar ancha ko’p tarqalgan. Respublikamizning
hamma tog’larida ham bir hilda o’simliklar o’smaydi. Cho’l mintaqasiga
yaqin joylashgan tog’larda bug’doyiqlar deyarli uchramaydi. Bu tog’larning
o’simliklari to’liq kserofit bo’lib, mezofit o’simliklarni toppish qiyin.
Buninng sababi tog’larda yoz oylari qor butunlay bo’lmaydi. Pastki tog’da
ko’pincha bir yillik, ko’p yillik va efemer o’simliklar ko’p o’sadi. Ekologik
sharoitlar xilma- hilligi tufayli Nurota tog’ tizimining markaziy qismi o’simlik
turlariga eng boy sanaladi. Masalan: atiga 17,5ming ga maydonga ega Nurota
qo’riqxonasi hududida 815 o’simlik turi hisobga olingan. Respublikamizning
tog’laridagi jigarrang tusli tuproqlar avtomorf hisoblanib, ko’pincha quruq
tog’lar mintaqasida uchraydi. Tog’ mintaqasida donli va dukkakli ekinlar
ekiladi, qisman chorva mollari boqiladi va yem-hashak jamg’ariladi. Bu
yerlarda o’sadigan daraxt va butalardan esa kishilar yoqilg’i, qurilish
materiallari sifatida foydalaniladi. Mevali daraxtlar hosili esa oziq-ovqat,
sifatida ishlatiladi. Tog’ mintaqasida tarqalgan o’simliklarni o’rganishishda
Ye.P.Karovin o’z hissasini qo’shgan. Olim tog’ zonasida tarqalgan o’rmonlar
ni kelib chiqishini uchlamchi davrning birinchi yarmi bilan aniqrog’i
paleogenni boshlari- oligotsen bilan bog’laydi. Butalar bilan daraxtlar
tog’risidagi yagona o’rmonlar tipini, u butalar va daraxtlarni qadimiy birligi
va hozirgi vaqtdagi uzviy bog’liqlikdagi evolutsiyasini, ularni muhitga bo’lgan
bir xil talablari asosida bo’lganligini ta’kidlaydi.
O’rta Osiyo o’simliklarini rivojlanishi va ularni tiplarini kelib chiqishida
Ye.P.Karovin ikki asosiy omilga e’tibor beradi. Bular: o’simlik migratsiyasi
hamda mahalliy o’simliklarni avtonom ravishda kelib chiqishi hisoblanadi. Bu
jarayonlar geoloik hodisalar bilan uzviy ravishda sodir bo’ladi.
Yuqori tog’ mintaqasi. Yuqori tog’ mintaqasining harakterli tomoni bu
yerda efimerlarning yo’qligidir. Bu mintaqaga dengiz sathidan 2000m dan
2700m gacha balandlikda bo’lgan joylar kiradi. Yuqori tog’ mintaqasi
o’simlik qoplamining asosiy qismini buta va daraxtlar tashkil qiladi. Bu
o’simliklarning ko’pchiligi mezofitlardir. Buning sababi yuqori tog’
mintaqasining iqlimi tabiiy sharoiti boshqa mintaqalardan ancha farq qiladi.
Bu mintaqaning relyefi ancha notekis bu yerlar katta toshlar bilan qoplangan
tik qiyaliklar katta-katta soy va jarliklardan iborat. Bu mintaqa geomorfologik
jihatdan pastki tog’ mintaqasidan ancha farq qiladi. O’zbekistonning
shimolidagi yuqori tog’ mintaqasining tuprog’i qo’ng’ir o’rmon - tog’
tuproqlaridan iborat. Yomg’ir suvlarining yuqoridan pastga ancha tez oqib
tushishi tufayli karbanatli qatlami yuvilib pastga tushadi. Juda sernam
joylarning tuprog’I gumus ko’pligidan qoramtir-qo’ng’ir o’rmon-tog’
tuprog’ini hosil qiladi. Uning tarkibida 12%gacha gumus (chirindi) bo’ladi.
Yuqori tog’ mintaqasida yog’in miqdori patki tog’ mintaqasidan 1-1,5 barobar
ko’p bo’lib, uning o’rtacha yillik miqdori 800mmdan 1000-1200mmgacha
bo’ladi. Ba’zi sernam yillari bundan ham oshishi mumkin. Nam havo oqimi
hamma joyga bir xilda tarqalmaydi. Chunki baland tog’lar sharqdan
kelayotgan bulutlarni o’zida tutib qoladi. Natijada bu tog’larda yog’in juda
ko’p yog’adi. Yozda haroratning maksimum miqdori +30C0 ga yetadi. Kuz
erta boshlanib, qish ancha cho’ziladi. Qor va yomg’irlar uch faslda kuz, qish
va bahorda yog’adi. Bu yerlarda yoz oylari ham yomg’ir yog’ib turadi.
Buta va daraxtlar o’ziga xos landshaft kashf etib juda katta massivda
formarsiyalarni tashkil qiladi. Bulardan tashqari ba’zi o’simliklar ham o’sadiki,
ular katta maydonni band qilmasa ham buta va daraxtlar ichida siyrak-
siyrak o’sib anchagina maydonni egallaydi. Masalan: efedra, chimli botqoq
o’simliklari(sazlar).
Baland tog‘lik zonalarda o’simliklarning tarqalishi.
Ye.P.Korovin (1961), R.X. Xudayberdiev va T.A. Sikstellarning (1968) ishlarida paleogen qoldiqlari bo‘yicha kompleks sporta va chang analizlari ma’lumotlari keltiriladi. Bu olingan namunalarda chinor, zarang, Yong‘oq, oq qayin, tol va temir daraxtini gul changlari borligi aniqlangan. Shu asosda ta’kidlash joizki, qadimda yuqoridagi o‘simliklar formatsiyalari birgalikda shakllanganlar.
Hozirgi vaqtda ham tog‘ zonasida tarqalgan o‘rmonlar. Yahni qora va yorug‘ o‘rmonlarni florasida farqni ajratish qiyin. Qora (yoki qorong‘i) va yorug‘ o‘rmonlar deb atalishiga sabab, bizningcha shu bo‘lsa kerak. Qalin Yong‘oqzorlar, chinorzorlar, olmazorlardan tashkil topgan o‘rmonlarni orasiga kirilsa, ular qorong‘i, oq qayin, terakzor, tolzor va chikandazorlarda esa yorug‘roq muxitni ko‘ramiz. Agar biz tahlil qilib ko‘rsak, Chirchiq daryosi vohasida tarqalgan Yong‘oqlar orasida oq qayin, tol, terak, zarang hamda Obizarning daryosi havzasidagi chinorlarda tollarni, zarang va Yong‘oqlarni uchratamiz.
Tog‘larda tarqalgan mezofil o‘rmonlar egallab turgan maydonlar nisbatan katta emas (218,2 ming gektar), hamda ular bir tekisda tarqalgan. Ularni xarakterli xossalari shuki, ular katta-katta maydonlarda emas, balki yakka-yakka, hamda uncha katta bo‘lmagan guruhlardan tashkil topgan. Nisbatan anchagina katta maydonlardagi o‘rmonlar G‘arbiy Tyanshanda: Kartantog‘, Ugom, Psken, Chotqol, Qurama va Toshkent Olatog‘ida uchraydilar. Ular dengiz satxidan 800 dan to 2000 m balandliklarda o‘sadi. Tojikistonda esa yuqoridagi o‘rmonlar maydoni, G‘arbiy Tanshandagidan anchagina ko‘p (Zapryagaeva 1964).
Z.M.Maylunni (1976) ma’lumotiga ko‘ra tog‘ zonasining florasi 47 daraxt va 96 turdagi butalardan iborat. Lekin ularni hammasi ham edifikatorlik qila olmaydi. Yahni ular haqiqiy o‘rmonlar hosil qila olmaydilar. Ma’lum bo‘lishicha ulardan 18 daraxtlar, hamda 7 tur butalar edifikator hisoblanib, mustaqil guruhlar xosil qiladi.
O‘zbekistonning mezofil o‘rmonlari ularni sodir etuvchi turlar, ularni tuzilishi (strukturasi) va yashash sharoitlariga ko‘ra farq qiladi.
O‘rmolarni sodir etuvchi sharoitlar har xil va ular rel’efga, ekspozitsiyalarga, yonbag‘irlarni tik yoki yassi bo‘lishligi, maydonlarning dengiz sathidan baland-pastliklariga va tuproq sharoitlariga bog‘liq. Ushbu omillarning barchasi o‘rmonlar va ularni tiplarini har xil bo‘lishini ta’minlaydi.
Mezofil o‘rmonlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin.
1. Tog‘ yonbag‘irlari Q.Z.va P.Q. Zokirovlar barcha mezofil o‘rmonlar jamoalarini, ular tomonidan taklif qilingan ikki senotipga kiritadilar:
Therdendra, ya’ni barcha daraxtdlardan iborat qoplamlarni, hamda Ther’thamna (rosaria) - butazorlar qoplamlarini - (Tog‘ yonbag‘irlari o‘rmonlari, V.P.Drobov, bo‘yicha (1950).
A.Bevosita o‘rmonlar-Arboreta
Formatsiyalar:
Yong‘oq, Yovvoyi olma, Oq do‘lana, Tog‘ olcha, Zarang.
2. Voha o‘rmonlari (Tog‘ to‘qayzorlari, V.P.Drobov bo‘yicha, 1950)
A.Bevosita o‘rmonlar- Arboreta
Formatsiyalar:
Chinor, Xurmo, Oq qayin, Aralash tollar, Terak, Jiyda, Chakanda.
B. Butalar-Fruticeta
Aralash yulg‘unlar, Ampelopsis

Download 48,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish