ARChAZORLAR-Arececuthodendra. Archa turlari O‘zbeksitonda keng tarqalgan daraxtlardan sanalib, faqat tog‘li hududlardagina o‘sadi. Ular dengiz sathidan 900dan to 1400-3200 (3400) metrgacha bo‘lgan balandliklarda tarqalgan Archa daraxti tog‘li hududlardagi eng ko‘p tarqalgan o‘rmonlarni hosil qiladi. Respublikamizdagi mavjud 105 ming gektarlardagi o‘rmonzorlarni 85,6 ming gektarni, yoki 81% ini ishg‘ol etadi (Kulg‘bachnqy, 1968, Muhammedshin 1970) Respublikaning qariyb barcha tog‘li hududlarida archalar anchagina qalin qoplamlarni hosil qiladi. Faqatgina Ko‘xitang va Bobotog‘larda archalar uncha qalin bo‘lmagan-siyrak o‘rmon assotsatsiyalarini tashkil qiladi.
O‘rta Osiyolik botaniklar archani yagona tipga ajratishgan (Korovin, Karotkova 1946 Ovchinikov 1948-1958 Zapryagaeva 1984-1958, Ismoilov 1958, Konnov 1966) Shunday fikrlar ham bo‘lganki, archalar, pistalar va bodomzorlar maxsus kserofit o‘rmonzorlar tipiga kiradi (Taxtadjan 1946 Rubtsov 1956).
Qadimzamonlarda tog‘li hududlarimizda archazorlarning ko‘p bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. P.Q.Zokirovning (1969) fikri bo‘yicha Nurota tog‘larida ham archazorlar bo‘lgan. Hozirda esa ulardan qoldiq sifatida bir dona saqlanib qolgan. Qadim zamonlardan beri archalar o‘tin va qurilish materiali sifatida kesib yuborilgan. Ba’zi hollarda esa tog‘ yonbag‘irlari archazorlardan tozalanib ekinzorlar va o‘tloqzorlarga aylantirilgan. T.A. Andratenkoni (1889) ma’lum qilishicha ilgari turkuston va Zarafshon tog‘laridan yiliga 220tacha platlar (maxsus archa daraxtlari boylanib suvga oqiziladi) oqizilgan har qaysi boylamda (platda) 220 ta archa daraxtlari bo‘lgan Panjakentdan har yili 3000 eng yaxshi va tekis archa foydalanganligi hamda ularni doimiy chorva mollari uchun o‘tloqzorlar qilib ishlatilishi natijasida maydonlari keskin kamayib ketgan.
Archalarning bioekalogik xossalari.
O‘zbekistondagi archalardan iborat o‘rmonlar quyidagi archa turlaridan tashkil topgan. Zarafshon archasi, turkiston archasi , savr archasi. Archalarga xos xususiyat shuki, ular keng ravishda har xil tuproq va supstratlarda o‘sa oladi. Lekin ular uchun eng qulay joylar yaxshi tuproq qatlamlari hisoblanadi.
Bunday tuproqlarga jigarrang qo‘ng‘ir, chiqindi moddalarga boy karbanat tuproqlar kiradi. Harorat omili va boshqa ekologik sharoitlarga mos ravishda tog‘ profilining birinchi bosqichida zarafshon archasi, unisavr yarcha va tog‘larning yuqori qismida esa Turkiston archasi tarqalgan. Turkiston tog‘lari sharoitida yuqoridagi qonuniyat bir oz buziladi va o‘rta tog‘ poyasida aralash archazorlarni uchratamiz.
Archalarga xos narsa shuki ular juda sershox bo‘lib, qalin soya beradi, ular ancha baquvvat va yashovchi bo‘ladi. Archa nihollari ancha nozik bo‘lib, birinchi yili5-4 sm dan oshmaydi, ildizlari esa 10-15 sm ga etadi holos. 5-6 yillari ko‘chatlarning balandligi 6-8 sm ga etadi, ular juda sekin o‘sadi. Archalarni keng zonalarda tarqalishi va ekologik moslashuvchanligini yuqoriligi ularni fitotsenotik tarkiblarini har xil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. archazorlarni har xil bo‘lishligiga birinchi marotaba Ye.P. Korovin (1955) e’tibor qaratgan: yuqori tog‘ va pastki tog‘ archalari. P.N. Ovchinnikov (1958) esa yuqori tog‘ archalarini Kriofil (sovuqni sevuchi), va pastki tog‘ archalarini Termofil (issiqni sevuchi) deb ularni ikki guruhga ajratadi.
G‘arbiy Tyanshanning Qurama tog‘ hududida archazorlar maxsus zonani tashkil qiladi, bu yerlarda asosan Zarafshon archasi tarqalib, tog‘ning yuqori qismidagina bir oz Turkiston archasini uchratamiz.
G.T.Sidorenko (1953) Qurama tog‘ining Tojikiston tomonida tarqalgan archazorlarga ta’rif berib, ularni hatto 800 metr balandliklargacha pastga tushishini yozadi. Lekin eng qalin archazorlar 1100-1200 metr balandliklarda o‘sishiga e’tibor beradi. Archazorlarning eng yuqori chegarasi 3200-3300 metrgacha borib etadi. Qurama tog‘ining shimoliy qismida G.T. Sidorenko 5 ta guruh archazorlar assotsatsiyalarini belgilaydi. Ularni o‘simliklar qoplamida esa bug‘doyiq, parangos, betaga va boshqalar xukumronlik qilishni aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |