Fan: Sinf: Sana: Mavzu: Yangi yil archasi. Dars materiallari: Mirsaatova Manzuraning «Yangi yil archasi» she’ri va archa bayramiga oid rasmlar. Darsning maqsadlari: Ta’limiy maqsad: Mirsaatova Manzuraning



Download 311,32 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi311,32 Kb.
#467017
Bog'liq
MIRSAATOVA M.A


Fan:
Sinf:
Sana:____________________
Mavzu: Yangi yil archasi.
Dars materiallari: Mirsaatova Manzuraning «Yangi yil archasi» she’ri va archa bayramiga oid rasmlar.


Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: Mirsaatova Manzuraning «Yangi yil archasi» she’rini ifodali o‘qish, o‘rganish.
Tarbiyaviy maqsad: «Yangi yil archasi» she’rini o‘qish-o‘rganish jarayonida Yangi yil bayramining hayotimizda tutgan o‘rni, uning tarixi haqida bolalaiga qisqacha tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda ifodali o‘qish malakalarini takomillashtirish, oshirish.
Darsning borishi:

O’qituvchi o’quvchilar bilan yil fasllari, qish fasli va yangi yil mavzularida savol-javob qilib oladi.


1. 0‘tgan darsda o‘tilgan «Qish ertagi»ning 3-4- qismi yuzasidan o‘quvchilar bilimi aniqlanib baholangach, yangi mavzu — Mirsaatova Manzuraning «Yangi yil archasi» she’ri o‘rganiladi.
2. Yangi mavzuga o‘tishdan oldin o‘quvchilarning 2- sinfda yangi yil va archa bayrami haqida o‘qigan she’r, hikoyalari eslanadi. Yod olgan she’rlari ayttiriladi.
3. 0‘qituvchi Mirsaatova Manzuraning «Yangi yil archasi» she’rini yoddan o‘qib beradi.
Yangi yil archasiga
D ilfuza Kamoljonova
Bo‘ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko‘k archa.
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o‘zgacha.

Yangi yil bayramida


Qorboboni kutamiz.
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to'lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
K ech kirganda tovlanar.
Ko'rkam archa, ko‘k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland tog'lar oshib kel,
Uyimizga bo‘l mehmon.
1. Shoir archani qanday ta’riflagan?
2. She’r mazmuniga mos rasm chizing.
She’rni yod oling.
Yilda bir bor mehmon bo‘lar,
Yashil sochli opamiz.
Uy to‘riga o'tqazib,
Taqinchoqlar taqamiz. (Archa)

4. 0‘quvchilarning she’rdagi ba’zi so‘zlar bilan tanishishi, ularning o‘qilishi va to‘xtamlarini aniqlab olishlari uchun she'rni ovoz chiqarmay o‘qish topshiriladi. She’rdagi o‘xshatishlarni aniqlab borish ta’kidlanib, ifodali o‘qishga tayyorlanadilar.



5. She’r navbatma-navbat o‘quvchilarga ifodali o‘qitiladi. 0‘qish jarayonida o‘quvchilarga to‘rtinchi banddagi qofiyadosh so‘zlar, ya’ni «archajonim» va «matjonim» qayta o‘qitiladi hamda ularning biri ikkinchisiga qofiyadosh ekanligi tushuntiriladi. So‘ng she’rni yod o‘qishga o‘rganish uchun mashq qilinadi.



6. She’rdagi undov gaplar his-hayajon bilan o‘qilishi, darak gaplar biroz past ovoz bilan tugallanishi, vergullarda qisqa to‘xtash, ovozni juda ham baland, juda ham pastlatmasdan me’yorida o‘qish va nafasdan to‘g‘ri foydalanish tushuntiriladi. Shundan keyin she’rbir necha o‘quvchiga ifodali o‘qitiladi. Yutuq-kamchiliklari aytib o‘tiladi.
7. 0‘quvchilar archa bayramiga oid rasmlarni kuzatadilar, rasmlarda tasvirlangan ko‘rinishlarni she’rdan topib o‘qiydilar.

0‘qituvchi o‘xshatishlami aniqlashni topshiradi. 0‘quvchilar misralarda archaning bargi — ko‘ylakka, o‘yinchoqlari esa tugmachaga, tabeldagi «a’lo» baholar marjonga o‘xshatilgan deb javob beradilar. 0‘quvchilar javobi to‘ldirilib, mavzu mustahkamlanadi.


8. Shundan so‘ng o‘qituvchi bolalar bilimini baholab, mavzuga yakun yasaydi.
9. Uyga vazifa: Mirsaatova Manzuraning «Yangi yil archasi» she’rini yod olish va yangi yil archasi rasmini chizish.



“Tasdiqlayman”
40- maktab rahbari
D.P. Nizamova ______

TOSHKENT SHAHAR,


SHAYXONTOHUR TUMANI,
40- MAKTAB BOSHLANG’ICH SINF
O’QITUVCHISI MIRSAATOVA M.A.NING
O`QISH FANIDAN “YANGI YIL ARCHASIGA” MAVZUSI BO’YICHA
1-SOATLIK DARS ISHLANMASI



Download 311,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish