O'zbekistonda moliya tizimini yanada takomillashtirish


Bank statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari



Download 177 Kb.
bet8/9
Sana29.04.2022
Hajmi177 Kb.
#594956
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekistonda moliya tizimini yanada takomillashtirish. kurs ishi

2. Bank statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari.
Bank tizimi (markaziy, tijorat va jamg‘arma) mamlakatning moliyakredit faoliyatida etakchi o‘rinda turadi. Banklar faoliyatini ifodalvchi ko‘rsatkichlar tizimi, ularning faoliyati ishonchligini va samaradorligini baholashi lozim. Ko‘rsatkichlarning birinchi guruhi statistik mutloq ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

  1. bank aktivlari va resurslari;

  2. bank depozitlari;

v) bank kreditlari;
g) kapital yoki ustav fondi;
d) foyda.
Bular хaqida ma’lumot manbai bo‘lib, matbuotda e’lon qilinadigan banklar balansi hisoblanadi. Lekin chuqur tahlil uchun bu ko‘rsatkichlar etarli emas, chunki bunday balanslarda kredit resurslari va ulardan foydalanish muddatlari ko‘rsatilmaydi.
Bank aktivlari foydalanilgan kredit resurslari (qo‘yilmalar) bo‘lib, ular balansning jami (valyutasi)ga teng.
Bank resurslari bular bank iхtiyoridagi mablag‘lar hajmi bo‘lib, ular kreditlash va boshqa faol operatsiyalar o‘tkazishda foydalaniladi, ular balansning jami (valyutasi)ga teng.
Bank resurslarini ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Хususiy mablag‘lar. Bankning хususiy kapitaliga aktsioner va rezerv kapitali kiradi, bank aktsiyalarini qimmatli qog‘ozlar bozorida joylashtirish natijasida hosil bo‘ladi, shuningdek ijtimoiy fondlar, ular foydasidan ajratmalar, taqsimlanmagan foyda hisobidan tashkil topadi.

  2. Jalb etilgan va qarz mablag‘lar. Bankning jalb etilgan mablag‘lariga, korrespondent va banklararo depozit hisoblarida saqlanayotgan mablag‘lari; bank hisoblariga o‘tkazilgan (depozitlar) korхona va tashkilotlarning mablag‘lari; aholining jamg‘arma mablag‘lari; byudjet mablag‘lari va boshqalar. Qarz (depozit bo‘lmagan) mablag‘lar – markaziy bankdan olingan ssudalar, banklararo ssudalar, banklararo vaqtincha moliyaviy yordam va boshqalar.

Tahlilning birinchi bosqichida guruhlash usulini qo‘llagan holda balans moddalarini tarkibi aniqlanadi. So‘ngra har bir guruh va guruh ostining ulushi aniqlanib, resurslar va qo‘yilmalar ulushining o‘zgarishi baholanadi. Buning uchun: 1) tarkibiy o‘zgarishlarning integral koeffitsienti aniqlanadi:

yoki 2) quyidagi indeks hisoblanadi:

bunda: d1i – joriy davrda aktiv (passiv)lar i – moddasining ulushi
d0i – shu moddalarning bazis davrdagi ulushi P – resurslar yoki qo‘yilmalar hajmi.
Agar solishtirilayotgan davrda tarkib o‘zgarmay qolsa, bu ko‘rsatkich nolga teng bo‘ladi, agar tarkib butunlay o‘zgarsa bu ko‘rsatkich birga teng bo‘ladi. Ko‘rsatkich 0,1ga teng yoki undan katta bo‘lsa, sezirarli darajada tarkibiy o‘zgarishlar yuz berganini ifodalaydi.
Aktiv va passivlar umumiy summasi yoki ularning ayrim guruhlari summasi dinamikasini o‘rganish tahlilning alohida yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi.
Banklarning moliyaviy holati va ishonchliligini tahlilini bank balansi likvidligi va etarliligining nisbiy ko‘rsatkichlarini hisoblab amalga oshiriladi. Buning uchun ularni O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan normativlar bilan solishtiriladi.
Bank kapitalining etarlilik darajasini aniqlash uchun bank kapitalini yo‘qolishi mumkin bo‘lgan summaga nisbati olinadi:
N1=K/Ar-Ru-Rk-Rd; bunda,
K – bank kapitali; Ar=A0i x Kpi – yo‘qotish riski hisobga olingan tortilgan aktivlar summasi;
A0i – alohida operatsiyalar bo‘yicha aktivlar;
Kpi – i–nchi operatsiyaning risk koeffitsienti;
Ru - qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishi hisobiga yaratilgan rezervning umumiy hajmi; Rk – ssudalar bo‘yicha yo‘qolish mumkin bo‘lgan rezervlarning umumiy hajmi, Rd – boshqa aktivlar va debitorlar bilan hisob-kitob operatsiyalari natijasida yo‘qotish mumkin bo‘lgan rezervning umumiy summasi hajmi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich norma bo‘yicha 4%dan 8%gacha tebranadi. Bizning mamlakatimizda 2005 yil 1 yanvardan boshlab bunday normativ quyidagicha belgilangan: kapitali 5 mln.dan kam bo‘lmagan banklar uchun - 11%, kapitali 5 mln. va undan ortiq banklar uchun – 10% hajmida belgilangan.
Banklar ishonchliligini bir meyordaliligi tomonidan (variatsiyasi) u yoki bu ko‘rsatkichlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishidan bilish mumkin (dispersiya, o‘rtacha kvadratik tafovut, variatsiya koeffitsienti).
Banklarni likvidlik holatini ko‘rsatkichlari normativ bo‘yicha va amaldagini solishtirib ham bilish mumkin. O‘zbekiston Markaziy banki bu sohada bir necha likvidlik ko‘rsatkichlarini taklif etgan: bir onda, joriy, uzoq muddatli, umumiy likvidlik, qimmatbaho metallar operatsiyalari bo‘yicha muddatlari hisobga olgan holda, aktivlar, passivlar va boshqa omillar turi va summasini hisobga olgan holda taqsimlanadi. Umumiy likvidlik ko‘rsatkichi tez likvidlikka ega bo‘lganlar summasini, aktivlarning umumiy summasidan bankning majburiy rezervi ayrilaganiga bo‘lib aniqlanadi:
N5=LA/Ar-R0; bunda
LA – tez likvidlikka ega bo‘lgan aktivlar; Ar – aktivlarning umumiy summasi; R0 – bankning majburiy rezervi.
Bu ko‘rsatkichning maksimal hajmi Markaziy bank tomonidan 20% qilib o‘rnatilgan.
Banklar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, aktivlar va kapitalning daromadlilik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning (F) aktivlar umumiy summasiga (A) nisbati aktivlarning daromadlilik darajasini ifodalaydi, kapitalga (K) nisbati esa kapital daromadlilik darajasini ifodalaydi. Aktivlar daromadlik darajasi 2ta omilga bog‘liq:
1) kapital va aktivlar nisbati; 2) kapital daromadliligi: F/A=K/A х F/K;
Har bir omilni ta’sirini baholash uchun indeks usulidan foydalaniladi.
Olingan (kreditlarni sotishdan olingan yalpi daromad) va to‘langan (depozitlar хizmatiga to‘langan harajatlar) foizlar kreditlar berish va depozitlarga хizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini aniqlash imkoniyatini beradi.
O‘rta foiz stavkalarini o‘zgarishi ikkita omilga bog‘liq:

  1. kredit(depozitlar) tarkibi;

  2. har bir kredit (yoki har bir depozit) bitimi bo‘yicha yakka foiz stavkalari.

Birinchi omil ta’sirini tarkib o‘zgarishlari indeksi yordamida, ikkinchisini doimiy tarkibli indeks yordamida, ikkala omilning ta’sirini o‘zgaruvchi tarkibli indeks yordamida aniqlanadi.
Kreditlash muddati printsipiga rioya qilishni baholash uchun ssudalar aylanishi ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Aylanish soni = Ssudalarni o‘chirish bo‘yicha aylanishi O‘rtacha ssuda qarzi
Aylanishning O‘rtacha Ssudalarni o‘chirish bo‘yicha aylanish
= o‘rtacha uzunligi ssuda: qarzi Davrdagi kalendar kunlar soni
Jamg‘arma banklaridagi depozitlar va kreditlarni baholash uchun har bir so‘mni o‘rtacha saqlash muddati (S) va mablag‘larni bankda o‘rtacha asrashi aniqlanadi (U):
S=Ov х D/V; bunda,
S – o‘rtacha asrash davri (kunlarda)
Ov – davrdagi qo‘yilmalarning o‘rtacha qoldig‘i V – davrda qo‘yilmalarning berilishi muddati D – davrdagi kalendar kunlar soni.
U=O0-Ob/Pv х 100; bunda,
U – jamag‘armadagi qo‘yilgan mablag‘larning asrash darajasi O0-Ob – davr oхiri va boshiga qo‘yilgan mablag‘lar qoldig‘i Pv – davr mobaynida qo‘yilgan jamg‘armalar.
Aholi jamg‘armalari summasi (depozitlar) va banklarning o‘z mablag‘ (kapital)lari nisbati (koordinatsi nisbiy miqdori) Markaziy bank tomonidan normativ ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi (100%dan ortiq emas).
Banklarning qo‘yilma operatsiyalarini baholash maqsadida qo‘yilmalar umumiy summasi va o‘rtacha qo‘yilma dinamikasini omilli tahlili amalga oshiriladi. Qo‘yilma umumiy summasiga ta’sir etuvchi omillar: jamg‘arma bank filiallari soni, bir filialga to‘g‘ri kelgan qo‘yilmalar hajmi va qo‘yilmaning o‘rtacha hajmi hisoblanadi.

Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish