O'zbekistonda moliya tizimini yanada takomillashtirish


II.BOB.Markazlashmagan davlat zaymlari va ularning turlari



Download 177 Kb.
bet7/9
Sana29.04.2022
Hajmi177 Kb.
#594956
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekistonda moliya tizimini yanada takomillashtirish. kurs ishi

II.BOB.Markazlashmagan davlat zaymlari va ularning turlari, axamiyati(10548)
Davlatning budjet tizimi. Budjetning funksiyalari
Budjet qurilishi tushunchasi hozirgi vaqtgacha iqtisodchilarimiz tomonidan nazariy jihatidan keng tadqiq qilinmagandir. Masalan, aksariyat adabiyotlarda budjet qurilishi budjet tizimiga qo‘shib yuboriladi yoki mualliflar budjet qurilishining ta’rifini aniq bermaydilar. Hatto, 2000 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to‘\risida”gi qonunida ham budjeti qurilishiga tulik aniqlik kiritilmagan.
Budjet qurilishi esa budjet tizimini tashkil qilish va uning tuzilish prinsiplarini o‘zida aks ettirib, turli darajadagi hokimiyat organlarining budjet xuquqlari va vakolatlari, daromad va harajatlarni budjet tizimi bo‘\inlari o‘rtasida taqsimlash prinsiplarini aniqlanishda muhim ahamiyatga egadir.
Budjet qurilishi 3 asosiy elementni o‘z ichiga oladi:

  1. Mamlakatning budjet tizimi.

  2. Turli darajadagi hokimiyat organlarining budjet xuquqlari.

Budjet tizimi bo‘\inlari o‘rtasida daromad va harajatlarni taqsimlanish prinsiplari.
Budjet qurilishining mazkur usulda yoritilishi budjet qurilish moliyaviy kategoriyasining zamonaviy mazmunini to‘lakonli ravishda o‘zida aks ettiradi.
Ma’lumki, mamlakatning budjet tizimi, turli darajadagi hokimiyat organlarining budjet xuquqlari elementlarida gap budjet tizimining prinsiplari haqida ketadi.
Amaldagi iqtisodiy munosabatlar tizimi, barcha darajadagi budjetlar markaziy va mahalliy hokimiyat organlarining aniq vazifalarini moliyalashtirish uchun ularning ixtiyorida shakllantiriladi va O‘zbekiston respublikasi qonunchiligi bo‘yicha yagona konstitutsiya va boshqa xuquqiy meyorlar asosida tartibga solinishini hisobga olib qo‘yidagicha ta’rif beriladi: Budjet tizimi- iqtisodiy munosabatlar va O‘zbekiston respublikasi davlat qurilishiga asoslangan, xuquq meyorlari bilan tartibga solinadigan, budjet vaqolatlariga muvofiq markaziy va mahalliy hokimiyat organlarini aniq funksiyalarini bajarishga yunaltirilgan barcha darajadagi budjetlarning majmuasidir.
Budjetning qurilishini davlatlarning siyosiy hokimiyat tuzilmasiga bo\liq holda 3 asosiy guruhga ajratishimiz mumkin:

  1. Unitar mamlakatlar.

  2. Federativ mamlakatlar.

  3. Konfederativ mamlakatlar.

Unitar (yagona) davlat – bu ma’muriy-xuquqiy birliklar (to‘zilmalar) o‘z davlatiga yoki muxtoriyatiga ega bo‘lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan xuquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, davlat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish amal qiladi.
Unitar davlatning budjet tizimi ikki bo‘\indan – davlat budjeti va mahalliy budjetlardan tashkil topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘\risida”gi +onuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi 2 darajadan iborat bo‘lib:
-Respublika budjet va budjetdan tashqari fondlar;
-Korakalpogiston Respublikasi va mahalliy budjetlar.
Ўзбекистон республикаси бюджет тизими

Federativ mamlakatlar budjet tizimi asosan 3 tarkibdagi budjetlarni o‘zlarida muvofiqlashtiradilar:



  1. Federal budjetlar.

  2. Hududiy budjetlar.

  3. Munitsipal budjetlar (mahalliy budjetlar).

Masalan, Rossiya federatsiyasi budjet tizimini ko‘rsatadigan bo‘lsak uning tarkibi quyidagi budjetlarni o‘z ichiga oladi:


Budjet tizimining yuqoridagi tuzilishga qarab daromad vakolatlari va harajatlar majburiyatlari ham taqsimlanadi.
Konfederativ davlatlar- bu siyosiy va harbiy maqsadlar uchun mustaqil davlatlarning doimiy ittifoqidir. Bunday davlatlarning budjet daromadlari konfederatsiya tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning badal to‘lovlari hisobiga shakllantiriladi. Konfederatsiya tarkibidagi davlatlarning o‘zlarining milliy budjetlar va soliq tizimlari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari:
budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet xujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bo\liqligi;
davlat budjetining balansliligi;
davlat daromadlarining manbalar bo‘yicha va harajatlarini yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish;
davlat budjeti harajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mabla\ doirasida sarflash;
barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi.
Barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda amalga oshiriladi.
Budjet tizimiga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi olib boradi. O‘zbekiston Respublikasida budjet tizimini Moliya vazirligi boshqaradi. Moliya vazirligi yagona budjet siyosatini ta’minlaydi, davlat budjeti mabla\larini davlat budjetiga muvofiq rejalashtirishni va moliya muassasalariga uslubiy rahbarlikni olib boradi.
Budjet tizimini boshqarishni O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillariga muvofiq moliya organlari va bank muassasalari amalga oshiradilar.
Barcha darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi – daromadlar va harajatlarni tasnif obyektlariga guruhlovchi hos raqam (kodlar) berish bilan guruhlash ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi.
1999 yilga kadar asosan sobiq Ittifoqda qo‘llanilgan tasnifdan foydalanildi. Budjet qismlar, bo‘limlar va moddalarga bo‘linib, umumlashgan funksional va iqtisodiy tasnif belgilariga ega edi. Bu tasnifning batafsil bayoni xalqaro standartlarga muvofiq hisobotlar taqdim etish yoki milliy hisob varaqalar tizimiga mos kelishi jihatdan talabga javob bermas edi. Yangi tasnifni amalga kiritish bilan bu kammchilikka barham berildi va yangi tasnif 2000 yil budjetga nisbatan ko‘llanildi. Natijada yangi tasnif tahlil imkoniyatlarini kengaytirdi va budjet mabla\larini 4 asosiy toifaga bo‘lib, ulardan foydalanishda zaruriy moslanuvchanlikni ta’minladi. Bular ish haqi, ijtimoiy to‘lovlar, kapital qo‘yilmalar va boshqalar.
Budjet tasnifi – Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va harajatlarini, shuningdek, uning taqchil ligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdir.
Budjet tasnifi Davlat budjetini to‘zish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan kiyoslanishini ta’minlaydi.
Budjet tasnifi:
davlat budjeti daromadlari tasnifini;
davlat budjeti harajatlarining vazifasi jihatidan (funksional), tashkiliy va iqtisodiy tasnifini;
davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun xujjatlariga muvofiq daromadlarni turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat.
Davlat budjeti harajatlarining vazifasi jihatidan tasnifi harajatlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti harajatlarining tashkiliy tasnifi harajatlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar turlari va budjetdan ajratiladigan mabla\lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishni aks ettiruvchi tadbirlar bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti harajatlarining iqtisodiy tasnifi harajatlarni to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat.
Budjet tasnifi qonun xujjatlarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlandi.
Budjetni rejalashtirish - davlatning moliya siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi budjetlar va nobudjet jam\armalarini tuzish va ijrosi jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromad qiymatini moliyaviy tizim bo‘ginlari o‘rtasida markazlashtirilgan rejalashtirishdan iboratdir. Budjetni rejalashtirish davomida moliya mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlarining asosiy iqtisodiy va sifat ko‘rsatkichlariga hamda tabiiy, moddiy, mehnat, moliya mabla\laridan samarali foydalanish zaxiralarini topishga faol ta’sir ko‘rsatadi.

Davlat byudjeti – davlatning markazlashgan pul fondi bo‘lib, undan umumdavlat iste’molini qondirish maqsadida foydalaniladi.


Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi uning asosiy parametlarini baholashdan iborat:

  • davlat byudjeti daromadlari va harajatlarining umumiy hajmini, harajatlar hajmini daromaddan ortib ketishi (defitsit) yoki aksincha daromadlar hajmini harajatlar hajmidan ortib ketishi (profitsit), rasmiy transfertlar va h.k.;

  • davlat byudjeti daromadlari va harajatlari tarkibi;

  • byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari; - davlatning ichki qarzlari hajmi; - soliqqa tortish hajmi, tarkibi va h.k.

Davlat byudjetini o‘rganishning asosi bo‘lib, byudjetning daromadlari va harajatlarini iqtisodiy klassifikatsiyasi hisoblanadi.
Byudjet daromadlari tarkibida quyidagilar ajratiladi:

  • soliq tushumlari – majburiy, o‘rni qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan to‘lovlar (qo‘shimcha qiymat solig‘i, aktsizlar, foyda solig‘i, daromad solig‘i va h.k.);

  • soliq bo‘lmagan tushumlar (davlat mulkini sotishdan olingan, boshqariladigan korхonalar kassa foydasi, jarimalar va h.k.); - o‘rni qoplanmaydigan tushumlar (transfertlar).

Byudjet harajatlari bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagi kategoriyalarga ajratib o‘rganiladi:

  • umumiy harakterga ega bo‘lgan davlat хizmatlari;

  • jamoa va ijtimoiy хizmatlar;

  • iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan davlat хizmatlari; - boshqa funktsiyalar.

Iqtisodiy klassifikatsiyani davlatni boshqaruv organlarining faoliyatini va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini aniqlash uchun foydalaniladi. Iqtisodiy klassifikatsiyada quyidagilar ajratiladi:

  1. Joriy harjatlar (tovar va хizmatlarga harajatlar, foizlarga to‘lovlar, subsidiyalar va joriy transfert to‘lovlari).

  2. Kapital harajatlar (asosiy kapitalni va zahiralarni hosil qilish uchun tovarlar sotib olish, erni va nomaterial aktivlarni, kapital transfertlarni sotib olish va h.k.).

Byudjetni bajarilish darajasini tahlili umumiy daromadlar va harajatlar bo‘yicha rejani bajarish darajasini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichni hisoblashdan, shuningdek ularning turlari va maqsadli foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Davlatning aralashuvi natijasida amalga oshirilgan qayta taqsimlash jarayonlarining hajmini byudjetning daromad qismini yalpi ichki mahsulotga nisbati ifodalaydi.
Byudjetning daromadlari va harajatlarini statistik o‘rganish dinamika qarorlari asosida amalga oshiriladi. Rejadan farq qilishga sabab bo‘lgan omillarni statistik baholaydi. Jumladan, soliq tushumlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - soliq bazasining o‘zgarishi; - soliq stavkasining o‘zgarishi.
Soliq bazasi o‘zgarishining soliqni absolyut o‘sishiga ta’sirini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin: Us= S1i x K0i -  S0i x Koi soliq hajmini absolyut o‘sishi quyidagicha aniqlanadi:
Uk= S1i x K1i -  S1i x Koi; bunda,
S1i S0i – i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq bazasi hajmi;
K1i Koi – i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq stavkasi.
SHu ikki omil hisobiga o‘sgan soliqlarning absolyut summasi, soliq daromadlarining umumiy o‘sishiga teng bo‘ladi.
Analitik maqsadlarda asosiy ko‘rsatkichlar bilan birga boshqa ko‘rsatkichlar хam qo‘llaniladi, ular mavsumiy va boshqa omillarni byudjetni tashkil bo‘lishiga va harajatlariga ta’sirini baholaydilar. Masalan, byudjet umumiy summasi bilan, ayrim olingan harajat turlari orasidagi bog‘lanishni, shuningdek yalpi ichki mahsulot bilan ayrim moddalar bo‘yicha daromadlar summasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganish uchun elastiklikning empirik koeffitsientlaridan foydalanish mumkin:
E=U/Х х Х/U; bunda,
E – elastiklik koeffitsienti (omil «Х»ning 1%ga o‘zgarishi natijasida yakuniy ko‘rsatkich «U»ning o‘zgarish darajasi);
Х – «Х» omilining o‘sishi;
U – «U» yakuniy ko‘rsatkichning o‘sishi.

Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish