Davlatning moliyaviy siyosati
Bizning fikrimizcha, birinchidan, budjet munosabatlarining o‘ziga hos xususiyatlaridan biri sifatida davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi o‘rtasidagi imperativ harakterga ega bo‘lgan pul munosabatlari hisoblanishidir. Ikkinchidan, budjet munosabatlari moliyaviy muosabatlarning tarkibiy qismi sifatida markazlashtirilgan pul fondlarini tashkil qilish va undan foydalanish bilan bo\liq pul munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Xo‘jalik mexanizmining tarkibiy elementi hisoblangan budjet mexanizmidagi yuqorida ta’kidlangan 2 xususiyatli sifat belgilari budjetning V. Rodionova ta’kidlagan budjetning moliyadan 4 asosiy farkli jihatlariga ega bo‘lish imkoniyatlarini shakllantiradi.
Prof. V. Romanovskiy: budjet- moliya tizimining markaziy bo‘\ini hisoblanadi. Shuning uchun u moliyaning o‘ziga hos sifat belgilarini o‘zida aks ettiradi- deb ta’kidlaydi. Shuningdek, muallif “ Moliya” va “Budjet” kategoriyalariga qo‘yidagicha ta’rif beradi “Moliya- markazlashtirilgan davlat pul fondlarini shakllantirish va foydalanish jarayonlaridagi imperativ pul munosabatlari tizimidir; Budjet- budjet fondini shakllantirish va undan foydalanish bilan bo\liq imperativ pul munosabatlari tizimidir”.
Shuningdek, muallifning fikriga ko‘ra budjetning moliyadan o‘ziga hos xususiyati, budjet- jamiyat extiyojlarini keng doirada moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul fondidir- deb ta’kidlaydi.
Bizning fikrimizcha, har qanday moliyaviy munosabatlar ham imperativ harakterga ega bo‘lavermaydi. Masalan, xo‘jalik subyektlari takror ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qiymatni taqsimlanish jarayonidagi budjet va budjetdan tashqari fondlarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar vositasidagi ajratmalari imperativ harakterdagi moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyatining sof moliyaviy natijasi hisoblanuvchi sof foyda hisobiga shakllantiriladigan markazlashtirilmagan pul fondlari imperativ harakterga ega bo‘lmaydi.
O‘zbekiston respublikasi budjet tizimi to‘\risidagi qonunda budjetga qo‘yidagicha ta’rif berilgan ”Davlat budjeti- davlat pul mabla\larining (shu jumladan davlat maqsadli jam\armalari mabla\larining) markazlashtirilgan jam\armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mabla\lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”.
Budjet asosiy moliyaviy reja sifatida qo‘yidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
-budjet universal moliyaviy reja sifatida tegishli hududning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo‘nalishlarini to‘la kamrab oladi;
-budjet boshqa turdagi moliyaviy rejalarga nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi.
Asosiy moliyaviy reja sifatida shuni ta’kidlash joizki, unda moliyaviy rejalashtirishga tegishli bo‘lgan: tushumlarning aniq manbalari bo‘yicha pul daromadlari(budjet fondini shaklantirish); aniq yo‘nalishlar va tadbirlar bo‘yicha pul harajatlari(budjet fondidan foydalanish) kabi alomatlari o‘z aksini topadi.
Shuni ta’kidlash joizki, hozirgi sharoitda budjet vositasida YAIMni taxminan 30-40% qismi qayta taqsimlanib, moliyaning boshqa xech kaysi bo‘\ini tarmoqlar, xududlar va iqtisodiyotning sohalari, davlat hokimiyatining markaziy va mahalliy darajalarida mabla\larni bunday yirik miqdorda qayta taqsimlash imkoniyatiga ega emasdir. Masalan, 2002 yilgi budjet ijrosi bo‘yicha mamlakatda yaratilgan YAIMning miqdori 7322,0 mlrd sumi tashkil kilgan bo‘lsa davlat budjetining darormadlari 1842,2 mlrd sumni tashkil kilgan bo‘lib YAIMga nisbatan 25,1 %ni tashkil qiladi. Konsodilallashtirilgan maqsadli jam\armalar daromadlarini kushgan holdagi hisob kitoblar bo‘yicha YAIMga nisbatan 38%ni tashkil qiladi..
Bozor munosabatlari sharoitlarida milliy daromadni taqsimlanishi pul daromadlari va jam\armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish vositasida amalga oshiriladi. Bunday daromadlarga avvalo davlat daromadlari, korxona va tashkilotlar daromadlari, turli tijorat tuzilmalari, moliyaviy institutlar hamda aholi daromadlari kiradi.
Milliy daromadni negzilarli qismi davlat, xususiy va tijorat korxonalari daromadlarini soliqka tortish vositasida budjet fondiga to‘\ridan- to‘\ri taqsimlash yo‘li bilan kelib tushadi. Aholini sof daromadlarining bir qismi budjetga qayta taqsimlash tartibida kelib tushadi.
Davlat budjeti orqali milliy daromadning bir qismini taqsimlanishi jamiyat ijtimoiy xayotining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari tarmoqlari o‘rtasida mabla\larni taqsimlash yo‘li bilan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va jamiyatning boshqa yalpi extiyojlarini kondirish uchun markazlashtirilgan pul mabla\lari fondini shakllantirish zarurati bilan bo\liqdir.
Budjetning mohiyatiga obyektiv va subyektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Budjetga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv omillarga jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlari va jamiyatning rivojlanish darajasi, milliy daromadning kay darajada taqsimlanishi kabi omillar kiradi.
Subyektiv omillarga esa davlatning shakli(respublika, monarxiya...), o‘tkazilayotgan islohotlar va siyosat yo‘nalishlari kiradi.
5. Budjet tuzilishi mamlakatning davlat budjeti va budjet tizimini, uning ayrim bo‘ginlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil qilishni, budjet tizimiga kiradigan budjetlar faoliyatining xuquqiy asoslarini, budjetlar tarkibi va to‘zilmasini, budjet mabla\larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
Budjet tuzilishining tarkibiy qismi budjet tizimi hisoblanadi. Budjet tuzilishining asosini mamlakatning davlat tuzilish shakli, amaldagi asosiy qonuniy akt, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlari hisoblanadi.
Mamlakatning ma’muriy tuzilishi ham budjet tizimining asosini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi budjetining tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘\risida” qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har yili qabul qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘grisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari prognozi to‘\risida”gi qarorlari va boshqa qonun xujjatlari asosida belgilanadi.
Budjet tizimi- turli darajadagi budjetlar va budjet mabla\larini oluvchilar yi\indisini, budjetlarni tashkil etish va tuzish tamoyillarini, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek, budjetlar hamda budjet mabla\lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarni ifoda etadi.
Shak shubxasizki, budjet hokimiyati turli bo‘\inlari darajasidagi davlat vazifalarini amalga oshirish uchun ularning ixtiyoridagi markazlashtirilgan moliyaviy mabla\lar fondi hisoblanar ekan, mamlakatning budjet qurilishi ham davlatning milliy– davlat va ma’muriy- hududiy bo‘linishiga bo\liqdir. O‘zining hozirgi shaklida O‘zbekiston Respublikasi budjet qurilishi tizimi vatanimizning asrlar osha tarixan shakllangan milliy ana’nalariga asoslangan holda to‘zilgandir. Ammo, budjet qurilishi davlat tomonidan foydalaniladigan boshqarish usullari, mamlakatlarning siyosiy tuzilishi va iqtisodiy munosabatlarga ham bevosita bo\liqdir.
Respublikamizda davlat budjeti qurilishi boshqarishning ma’muriy va bozor mexanizmlarini qo‘shilgan holatida amal qilmoqda. Albatta, mustaqil respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar sharoitida boshqarishning bozor usullariga mos keluvchi budjet qurilishini tez va mukammal shakllantirish qiyin kechishi tabiiydir. Shuning uchun budjet tizimidagi islohotlar ham bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlarning bosh konsepsiyasiga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |