Moliya tizimi va uning asosiy buginlari
Moliya mexanizmini yangi boskichdagi muhim xususiyatlaridan biri-xo‘jalik jarayonlarining yuzaga kelishi, tegishli ma’lumotlarni olishi va ular asosida xo‘jalik xayotini rivojlanishini diagnostikasi va zaruriy tartibga soluvchi choralarni ko‘rish paytlarini o‘zaro yakinlashtirish. Ushbu mexanizmning yana bir to‘zuvchisi ishlab chiqarishni va pul bozorini dinamikasini, ularning funksiyalarini amalga oshirilishi hamda zararli iqtisodiy okibatlarini uzluksiz istiqbollashtirish.
Moliya mexanizmini tuzilmasi birmuncha murakkabdir.
Davlat o‘zining ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi organlar orqali:
-iqtisodiy qonunlar ta’sirini chuqur urganish;
-moliyaning rivojlanish qonunlarini urganish;
-iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini urganish asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini qo‘llaydi, pul jam\armalari\ni shakllarini belgilaydi, to‘lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlat moliyaviy mabla\laridan foydalanish yo‘nalishlari va prinsiplarini ishlab chiqadi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar-bu korxona faoliyatini har tomonlama ta’riflashga, pul fondlarini va jam\armalarni yaratish va sarflashni ta’riflaydigan rejali, hisobotda va hisob- kitobda ishlatiladigan ko‘rsatkichlar.
Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy prognozlashtirish-xo‘jalik rejasini bir qismi va moliya mexanizmining asosiy qismi bo‘lib, pul mabla\larini yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlash hamda foydalanishni rejali ravishda boshqarishdir.
Moliyani boshqarish- kuyilgan maqsadlarga erishish uchun obyektga moliyaviy ta’sir qilish usullari va shakllari yigindisidir.
Moliyaviy zaxiralar deb, kutilmagan xodisalar va maxsus extiyojlarni ta’minlash uchun davlat boshqarish organlarida, korxonalarda yigiladigan pul mabla\lariga aytiladi.
Ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish hozirgi iqtisodiyotni islox qilish strategiyasining boshlan\ich nuktasi bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida birinchi darajali chora-tadbirlar hamda ustuvor yo‘nalishlar sifatida moliya va soliq siyosati soxasida qo‘yidagilar ilgari suriladi;
kat’iy moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti defitsitini iloji boricha kamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarning barcha turlarini boskichma-boskich qisqartirib borish;
budjet mabla\lari daromad tushganidan keyingina taqsimlashtiradigan yo‘ldan o\ishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat extiyojlari uchungina budjetdan mabla\ ajratish;
halk xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan pul bilan qaytarilmaydigan qilib ta’minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
Soliq tizimini takomillashtirish, budjet daromadlarini barqaror suratda to‘ldirib turilishini ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, qishloq xo‘jalik maksulotini qayta ishlaydigan va halk is’temoli mollari ishlab chiqaradigan ko‘shma korxonalarning rivojlanishini rakbatlantiradigan pishik-puxta soliq siyosatini olib boish.
4. Insoniyat tarixidan ma’lumki, davlatlarning paydo bo‘lishi va jamiyat a’zolarining barchasiga birdek zarur bo‘lgan umumiy vazifalarni davlatning zimmasiga tusha boshlashi davlatning ixtiyorida ma’lum moliyaviy mabla\lar bo‘lishini talab kildi. Kadimda davlatning boshqaruv a’zolarining extiyoji uchun soliq to‘lovlarining shakllanishi va ularni davlat extiyojlari uchun sarflanishi davlat moliyasining ilk ko‘rinishlarini o‘zida namoyon kildi. Keyinchalik, insoniyat taraqqiyoti, davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi okibatida davlat moliyasi ham shakllanib, takomillashib bordi.
Budjetning kelib chiqishini ana shu sababdan davlatning paydo bo‘lishi bilan birga boglashadi. Ijtimoiy formatsiyalarning o‘zgarishi, ularning rivojlanishi va inqirozi, davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi, o‘zaro urushlar va nizolar, tabiiy xodisa va vokealarga boy bo‘lgan sayyoramiz tarixida budjet ham turli xil ko‘rinishlarda, yo‘nalishlarda, turlicha yondashuvlar asosida mavjud bo‘lgan va xozirda ham mavjud kamda rivojlanib bormokda.
“Budjet” so‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, “gazna”degan ma’noni bildiradi. Rossiyada davlat daromadlari va harajatlari to‘grisidagi ma’lumotlar dastlab 1654 yili e’lon qilingan, ya’ni o‘sha paytdagi Rossiya davlatida o‘tkazilgan pul islohotlari shuni takozo kilgan. 1812 yildan boshlab esa har yili e’lon qilinadigan bo‘lgan, dastlabki budjet ma’lumotlari nixoyatda sir saqlangan. Budjetning rasmiy ravishda o‘rnatilishi XVIII asrning 2-yarmida Fransiyadagi burjua revolyutsiyasidan keyin amalga oshirilgan. XIX asrning 2-yarmida Yevropa mamlakatlarida budjet kategoriyasidan foydalanila boshlandi.
Budjet so‘zi gazna ma’nosini bildirar ekan, uning mohiyati ham davlatning ko‘lida markazlashtirilgan pul jam\armalarining tashkil etilishi va davlatning siyosatini amalga oshirish bilan bo\liq harajatlar yuzasidan pul munosabatlarini bildiradi. Davlat budjeti moliya tizimi hamda davlat moliya bo‘gining asosiy qismidir. Davlat budjeti, uning daromad va harajatlari jamiyatning iqtisodiy kategoriyalari bilan chambarchas bo\liq. Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy extiyojlar: maorif, soglikni saklash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy ximoyaga muxtoj katlamni moddiy jihatdan ko‘llab-kuvvatlash, tinchlik, chegaralar daxlsizligini saklash va favkulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zaxiralarining mavjud bo‘lishi zarurati tufayli kelib chiqadi.
Jamiyat taraqqiyotida xo‘jalik mexanizmining boskichma boskich takomillashib borishi, davlatlarni jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy tizimidagi rolini ortishi ularning ixtiyorida ijtimoiy ishlab chiqarish natijasida yaratiladigan kushilgan qiymatning bir qismi hisobiga doimiy ravishda pul mabla\larini shakllantirilishini obyektiv zarur qilib kuyadi. Bunday davlat ixtiyoridagi markazlashtirilgan pul fondlarining asosiy shakli budjet bo‘lib, budjet davlatning asosiy moliyaviy rejasi hisoblanadi.
Bozor munosabatlariga utilishi va davlat boshqariluvining demokratik prinsiplarini shakllantirishning asoslaridan biri bo‘lgan iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida makro va mikro darajadagi moliyaviy mabla\lar okimlarining barqaror mexanizmlarini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy mabla\lar okimlarini mukammallashtirish iqtisodiyotni rivojlanishining o‘zaro nisbiyligini va tengligini ta’minlaydi, iqtisodiyoning turli sohalarini rivojlanishi va samarali ishlashini ta’minlaydi hamda budjet daromadlari va harajatlarining tengligini ta’minlaydi.
Hozirgi zamonaviy bozor islohotlarini amalga oshirishning strategik yo‘nalishi hisoblanuvchi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida budjet munosabatlarini keyingi rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning amaliyotda joriy qilish va amaldagi budjet mexanizmidagi mavjud muammolar budjet tizimini nazariy asoslarini chuqur urganishni talab qilmoqda.
Klassik iqtisodchilarning budjet munosabatlari haqidagi nazariy karashlari hozirgi zamon iqtisodchi olimlar tomonidan keng tadqiq qilinmokda. Yangi nazariy ishlanmalarning natijalari ijtimoiy xayotni qayta kurishda, iqtisodiyotni keyingi rivojlantirishda va yangi moliya-iqtisodiy munosabatlarga utishdagi barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlarda o‘z aksini topmokda.
Budjetning mohiyati ham davlatning ko‘lida markazlashtirilgan pul jam\armalarining tashkil etilishi va davlatning ijtimoiy iqtisodiy siyosatini amalga oshirish bilan bo\liq harajatlarni moliyalashtirish uchun kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida yaratilgan kushilgan qiymatni bir qismi hisobiga markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish bilan bo\liq pul munosabatlarini bildiradi.
Davlat budjeti, uning daromad va harajatlari jamiyatning iqtisodiy kategoriyalari bilan chambarchas bo\liq. Chunki davlat budjeti jamiyatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida o‘zining moddiy shakliga ega bo‘ladi. Shuningdek, professor V.Rodionovaning ta’biri bilan aytganda “Budjet munosabatlari – bu jamiyat iqtisodiy tuzilmasining ajramas qismidir; uni amal qilishi davlat tomonidan uniga tegishli funksiyalarni bajarishi uchun zaruriy moddiy-moliyaviy bazani shakllantirish bilan obyektiv ravishda aniqlanadi”.
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy extiyojlar: maorif, soglikni saklash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy ximoyaga muxtoj katlamni moddiy jihatdan ko‘llab-kuvvatlash, tinchlik, chegaralar daxlsizligini saklash va favkulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zaxiralarining mavjud bo‘lishi zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat budjet orqali jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo‘ladi.
Davlat budjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat hokimiyati iqtisodiy imkoniyatlarining moliyaviy asoslarini yaratadi.
Budjet- murakkab iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Chunki uning moddiy asosini kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tashkil qiladi.
Budjet munosabatlari davlat bilan xo‘jalik subyektlari hamda aholi o‘rtasidagi qiymat taqsimlanish jarayonida paydo bo‘luvchi moliyaviy munosabalardir. Bunday moliyaviy munosabatlarning o‘ziga hos xususiyati shundan iboratki, birinchidan, yuqorida ta’kidlaganimizdek ijtimoiy ishlab chiqarishning taqsimlash boskichida vujudga keladi, ikkinchidan, markazlashtirilgan moliyaviy mabla\larni shakllantirish va undan davlat manfaatlari yuzasidan foydalanishga yunaltiriladi. Davlat manfaatlari esa- bu ijtimoiy manfaatlar hisoblanadi. Zero, taniqli iqtisodchi J.M.Keyns ta’kidlaganidek, “Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy manfaatlar faqatgina davlatlardagina o‘z ifodasini topadi”. Budjet davlatning asosiy markazlashtirilgan moliyaviy mabla\lar fondi sifatida o‘ziga hos ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Budjet munosabatlari obyektiv harakter kasb etadi. Chunki budjet davlat va unga tegishli funksiyalarni amalga oshirish uchun zaruriy moddiy- moliyaviy baza shakllantirilishi uchun obyektiv zarurdir. Shu bilan birgalikda budjet munosabatlari bazis elementi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida budjet munosabatlari ularga muvofiq keluvchi moddiy shaklni oladi.
Budjet munosabatlari- jamiyat iqtisodiy tizimining elementidir. Iqtisodiy kategoriya sifatida budjet munosabatlari moliviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Budjetning moliyaga hos sifat belgilari birinchidan, ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida aniqrogi qayta taqsimlanishi jarayonida vujudga kelib, pul munosabatlarining o‘ziga hos shakli hisoblanadi. Ikkinchidan, budjet markazlashtirilgan moliyaviy mabla\larni shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanishga yunaltirilgan fond hisoblanadi..
Do'stlaringiz bilan baham: |