O’zbekistonda gastronomiya turizmni shakllantirish


O’zbekistonda gastronomiya turizmining rivojlanishi



Download 131 Kb.
bet4/5
Sana17.07.2022
Hajmi131 Kb.
#810948
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdullayeva 100622023121.doc tug`risi

2.3 O’zbekistonda gastronomiya turizmining rivojlanishi
O‘zbekistonda ham turbiznesning bu yo‘nalishi bo‘yicha afzalliklarini tushunayotgan turfirmalar soni tobora ko‘paymoqda. Bizda asosan «yashil gastroturizm keng rivojlanadi», degan fikrdamiz, chunki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktyabrda «Umumiy ovqatlanish tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha» Qaroriga asosan O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi qoshida milliy oshpazlik san’ati xalqaro Markazi tashkil etildi. Ushbu qaror bilan uning vakolati kengaytirildi hamda mustahkamlandi. Uzoq tarixga ega an’analarning borligi va milliy taomlarning turli-tumanligi o‘zbek oshpazchiligining xorijiy mamlakatlarda keng ommalashishiga olib kelishi ushbu hujjatda o‘z aksini topgan. Buning uchun bizda mavjud qadimdan shakllangan, ekologik toza va inson organizmini tetik qiladigan milliy taomlarimiz degustatsiyasini tashkil qilish lozim bo‘lmoqda. Bunda antiqa milliy taomlarimiz orqali gastronomiya turizmini qishloq turizmi bilan bog‘lash imkoniyati yaratilmoqda. Darhaqiqat, viloyatlarda joylashgan qishloqlarda faqat shu joyga xos bo‘lgan tayyorlanadigan taomlar mavjud bo‘lib, uning mazasi va tarkibi boshqa viloyat qishloqlarida takrorlanmaydi. Aynan shu jihati bilan bunday taomlar xorijiy turistlar va mahalliy aholi uchun ham mazali hisoblanadi.
Pazandachilikda har bir xalqning urf-odatlari, tarixiy an’analari va o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. Mana shu o‘ziga xoslik milliy oshxonalarda ajoyib taomlarning yuzaga kelishi va turli-tuman bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Barcha taomlarimizning mazzali va xushta’mlilik darajasiga ko‘tarilishida quyoshli o‘lkamiz zaminida etishtiriladigan dexqonchilik mahsulotlarining xilma-xilligi muhim ahamiyat kasb etadi. Dasturxonimizning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘la namoyon etadigan omillardan biri – taomlarimizning turli-tumanligidir. Chunonchi, chorvachilik bilangina shug‘ullanadigan joylarda go‘sht-yog‘, sut-qatiq ko‘proq iste’mol qilinsa, dexqonchilik rivojlangan hududlarda esa sabzavotli, don-dukkakli ovqatlar asosiy o‘rin oladi. Shunday taomlar borki, bularni kundalik iste’mol uchun emas, balki bayram dasturxonlariga mo‘ljallab, aziz mehmonlar uchun tayyorlanadi. Qazi-qarta, po‘stdumba o‘ramasi, tandir kabob, norin, xasip kabi tansiq taomlar shular jumlasiga kiradi.
Bir xududda yashayotgan turli millatlar va elatlarning taomlari bir-biriga o‘xshashi tabiiy holdir. Masalan, agar o‘zbek taomnomasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda rus, tojik, ukrain, kavkaz, tatar, qozoq, uyg‘ur va boshqa xalqlar taomlarining o‘nlab xillari uyg‘unlashib, tobora takomillashib borayotganligining guvohi bo‘lamiz. O‘z navbatida, palovlarimiz, suyuq oshlarimiz, hamir taomlarimiz qardosh xalqlarning dasturxonini ham bezab turibdi.
Xalqimiz pazandachiligida yilning ma’lum fasllaridagina dasturxonga tortiladigan taomlar ham bor. Masalan, bahorda qaymoq qo‘shilgan rediskali gazak, shovul sho‘rva, sumalak, halim, ko‘k chuchvara, ko‘k somsa, kovatok palov (tok oshi), qovurma gulkaram, yalpizli moshxo‘rda iste’mol qilinadi. Yozda esa pomidor kabob, karam do‘lma, dumbil sho‘rva, qalampir do‘lma, lag‘mon, qatiqli ugra oshi, suzmali gazak, chalop, go‘ja oshi, bug‘lama kabob, go‘shtli dimlama, sabzavotli dimlamalar, ayron, yaxna choy, meva kompotlari va hokazolar xush keladi. Kuzda qovurma baliq, laqqa kabob, barra go‘sht, kalla sho‘rva, bedana kabob, behili palov, kartoshkali manti, asalli behi, kesma lag‘mon, oshqovoq somsa kabilar ko‘proq dasturxonlardan arimaydi. Ayozli kunlarda qazi-qarta, po‘stdumba, qo‘y yog‘li palov, kart dumba palov, qazili palov, barra kabob, turpli salat, qovurma sho‘rva, moshkichiri, qishga saqlanadigan mevalar, ularning murabbo, kompot, qoqilari, sirkalangan va tuzlangan sabzavotlar iste’mol qilinadi.

O`zbekiston sharoitida gastronomiya turizmini shakllantirishdagi milliy


taomlarning turlari




TAOM NOMI

TAYYORLASH HUDUDLARI

IZOH

1

Atala

Yurtimizning barcha joylarida, turli usullarda tayyorlanadi.
(Sut atala, un atala, ko‘k atala)

Atala - yurtimizdagi eng qadimiy taomlardan biri hisoblanadi. Qadimdan ota bobolarimiz atalani quvvat bag‘ishlovchi darivor taom sifatida iste’mol qilishgan. Bu taom to‘yimliligi bilan bir qatorda, oshqozon kasalliklariga davo hisoblanadi.

2

Qurtoba

Navoiy, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro viloyatlarida tayyorlanadi.

Qurtoba - eng qadimiy taomlarimizdan biri hisoblanadi. Bu taom deyarli barcha xonadonlarda tayyorlangan. Chunki qurtoba inson organizmiga nihoyatda foydali, tanani qizdiruvchi va qo‘shimcha quvvat beruvchi taom.

3

Shirchoy

Bu taom ham yurtimizning barcha viloyatlari dasturxoniga nonushtasiga
tayyorlanadi.

Shirchoy – ham qadimdan xalqimiz orasida eng mashhur taomlardan biridir. Chunki bu taom oson tayyorlanishi bilan birga engil xazm bo‘luvchi taom hisoblanadi. Oshqozon, buyrak va yurak kasalliklariga davo hisoblanadi. U o‘zining badanga tez singishi, ko‘p quvvatliligi bilan mashhur.

4

G‘ilmindi

Surxandaryo va Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Qo‘shrabot tumanlarida, Jizzax viloyatining G‘allaorol, Baxmal, Zomin tumanlarida maromiga etkazib tayyorlanadi.

G’ilmindi - Qadimdan ota-bobolarimiz dalada ishlab xoldan toyganlarda shuningdek, mo‘tabar mehmonlarga tayyorlab berilgan. Chunki xalqimiz orasida juda kuchli taom hisoblanadi. Bu taomni faqatgina ustasigina maromiga etkazib tayyorlashi mumkin. Tayyorlash usuli murakkabligi bois xalqimizning barcha xonadonlarida ham tayyorlanmaydi. Taom kam quvvatlilarga tavsiya etiladi. Ishtahani ochuvchi, kishini uzoq muddat to‘q tutish xususiyatiga ega.

5

Yupqa

Surxandaryo va Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Qo‘shrabot tumanlarida, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanlarida maromiga etkazib tayyorlanadi.

Yupqa - xalqimizda qadimda asosan qish oylari juda sovuq kelganda, oiladagilardan biri qattiq shamollaganda tayyorlangan. Janglarda askarlarga ham aynan shu taom ko‘pincha tayyorlab berilgan. Bu taom nihoyatda kuchli taom hisoblanadi. Hammaning organizmi ham bu taomni ko‘tara olmaydi. Faqat kuchli organizmli insonlargina bu taomni ist’emol qila oladi.

6

Go‘ja

Yurtimizning tog‘ oldi tumanlarining barchasida tayyorlanadi.

Go‘ja - xalqimizning yozning issiq oylarida chanqoqbosdi taom sifatida iste’mol qilinadigan taomi hisoblanadi. Sutli go‘ja Toshkent va Farg‘ona vodiy tomonlarda tayyorlanadi. SHuning uchun ham bu taom juxori, makkajuxori va bug‘doy etishtiriladigan joylarda ko‘proq tayyorlanadi. Ushbu taom holsizlikning oldini oladi.

7

Tandir kabob

Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatining tog‘li tumanlarida tayyorlanadi.

Tandir kabob - O‘zbekistoning barcha viloyatlari aholisining eng sevimli taomlari sifatida iste’mol qilinadi.

8

Kulchatoy

Yurtimizning barcha tumanlarida tayyorlanadi.

Kulchatoy - O‘zbekistoning barcha viloyatlari aholisining eng sevimli taomlari sifatida iste’mol qilinadi. Ko‘pincha mehmonlar taomi deb yuritiladi.

9

Mosh kichiri

Yurtimizning barcha tumanlarida ayniqsa Toshkent viloyatida tayyorlanadi.

Mosh kichiri - O‘zbekistoning barcha viloyatlari aholisining eng sevimli taomlari sifatida iste’mol qilinadi, parhez taomlari turiga kiradi.

10

Moshxo‘rda

Yurtimizning barcha tumanlarida ayniqsa Toshkent viloyatida tayyorlanadi.

Moshxo’rda - O‘zbekistoning barcha viloyatlari aholisining eng sevimli taomlari sifatida iste’mol qilinadi. Ayniqsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatlari aholisi sevib iste’mol qiladigan taom hisoblanadi.

11

Ugra palov

Samarqand viloyati va unga yaqin joylarda tayyorlanadi.

Ugra palov - Samarqand viloyati va unga yaqin joylar aholisining eng sevimli taomlari sifatida iste’mol qilinadi.

12

Sumalak

Yurtimizning barcha tumanlarida tayyorlanadi.

Sumalak - O‘zbekistoning barcha viloyatlari aholisi bahor faslida pishiradigan milliy taomi sifatida qadrlanadi. Bu taom insonlarga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Musulmon dunyosida Navruz taomi deb yuritiladi.

13

Nisholda

Yurtimizning barcha joylarida, turli usullarda tayyorlanadi

Nisholda - ota-bobolarimizdan qolib kelayotgan, to‘y va marakalarda tortiladigan shirinliklardan biri bo‘lib, hozir ham iste’mol qilinadi. Nisholda oppoq piyolaga solib qo‘yilsa dasturxonni bezatadi, hazm qilish xususiyatlari kuchli.

14

Xolvaytar

Yurtimizning barcha joylarida, turli usullarda tayyorlanadi.

Xolvaytar - O‘zbekistoning barcha viloyatlari aholisining sevimli shirinliklari sifatida iste’mol qilinadi. Aholi orasida mashhur shirinlik bo‘lib, ko‘pincha to‘y va marakalarda pishiriladi.

15

Qatlama

Yurtimizning barcha joylarida, turli usullarda tayyorlanadi.

Qatlama - O‘zbekistoning barcha viloyatlari aholisining sevimli non mahsulotlari sifatida iste’mol qilinadi. Aholi orasida mashhur non mahsuloti bo‘lib, ko‘pincha to‘y va marakalarda pishiriladi.

16

Norin

Yurtimizning Toshkent shahri va Toshkent viloyatlari xududlarida tayyorlanadi.

Norin – sumalak va xalimdan keyin eng uzoq tayyorlanadigan taomlardan biri, taomdagi turli tuman maza-ta’m hozirgacha norinning dovrug‘ini, sirliligini saqlab kelmoqda.

17

Xasip

Yurtimizning barcha joylarida, turli usullarda tayyorlanadi.

Xasip - bu taom ham xalqimizning eng sevimli taomlaridan bo‘lib, asosan so‘yilgan molning kalla oyoqlari, oshxozon va ichaklaridan tayyorlanadi hamda to‘yimli, quvvat bag‘ishlovchi taom hisoblanadi.

18

Qiyma kabob

Yurtimizning barcha joylarida, turli usullarda tayyorlanadi.

Qiyma kabob - bu taomning dovro‘g‘i butun mamlakat va hattoki xorijlik mehmonlarga ham etib borgan. O‘zining pishirilish jarayoni, ta’mi, ko‘rinishi har qanday kishining ishtahasini ochadi.

19

Chalop

Yurtimizning barcha joylarida, turli usullarda tayyorlanadi.

Chalop - yurtimizning hamma viloyatlarida ayniqsa yoz mavsumida tayyorlanib iste’mol qiladigan asosiy suyuq taom hisoblanadi. Chalop issiq kunlarda ishtaha ochuvchi va tez hazm qiluvchi taomdir.

20

Tuxum barak

Yurtimizning Xorazm, Buxoro va Navoyi viloyatlarida tayyorlanadi.

Tuxum barak - asosan Xorazm, Buxoro va Navoyi viloyatlarida tayyorlanadigan taom bo‘lib, milliy oshxonamizda qadimiyligiga va muhlisiga ega bo‘lgan quvvat bag‘ishlovchi mazali taomlardan hisoblanadi.

2019 yil 6 avgust kuni O‘zbekiston Gastronomik turizm uyushmasi tashkil etildi. Uyushma faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan maqsad gastronomik turizm yo‘nalishida turli tadbirlar, jumladan ko‘rgazma, festival, forum, seminar, ilmiy anjuman, davra suhbati, tanlov va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkil etish, assotsiatsiya qoshida xalqaro grantlar homiyligida o‘zbek milliy kulinariyasi tarixi, buguni va kelajagi bo‘yicha gastronomik turizm tarqaqqiyoti uchun xizmat qiluvchi turli loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir.


Uyushma O‘zbekistonda sayyohlik mavsumini uzaytirish maqsadida har yilning noyabr oyida muntazam ravishda “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro milliy taomlar festivaliga mezbonlik qiladi, festivalga xalqaro turistik agentliklarini muntazam jalb etib boradi va tadbir doirasida O‘zbekiston bo‘ylab hududiy gastronomik turlarni tashkil etadi.
Keyingi yillarda xorijiy mamlakatlarda o‘zbek restoranlarining soni oshib bormoqda. Birgina Moskva shahrida 300 ortiq restoranda o‘zbek oshxonasi mavjud. Nyu-York, Berlin, Frankfurt, London, Los-Anjelos, Dubay, Pekin, Seul, Sankt-Peterburg, Riga, Istanbul va boshqa yirik shaharlarda ham faoliyat yuritishi milliy taomlarimizga qiziqish katta ekanidan dalolat.
“O`zbek palovi” YUNESKOning ro‘yxatidan joy olgani, 2018 yili “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivalida 8 tonnalik o‘zbek palovining Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi ham millionlab odamlarning O‘zbekistonga sayohat qilish va taomlarga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.
Turizmni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida 2019 yil 9-11 avgust kunlari Toshkent shahrida “Gastro Bazar-2019” 1-Xalqaro gastronomik festivali o‘tkazildi. Unda yurtimizning mashhur restoranlari, qahvaxonalari, tamaddixonalari bilan bir qatorda xorijiy davlat oshpazlari ham ishtirok etishdi.
National Geographic Traveler jurnali tomonidan 2018 yilda Rossiya hududida tashkil qilingan tanlovda O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi.
“Gastronomik turizm” yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida jami ovozlarning 34 % O‘zbekistonga berildi, Italiya – 21 % ovoz jamlab ikkinchi o‘rinni egalladi, Ozarbayjon 17% ovoz bilan uchinchi o‘rinni, Fransiya
13 % ovoz bilan to‘rtinchi.
Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston o‘z raqiblaridan bir necha barobar o‘zib ketgan. Ikkinchidan aynan Rossiyada O‘zbekiston gastronomik sayyohlik yo‘nalishi sifatida yuqori qadrlanadi.



Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish