2.4 O`zbekistonda gastronomiya turizmini shakllantirish xususiyatlari
Bilamizki, milliy taomlarning tayyorlanish jarayoni bilan o`sha taomlarning vatanida tanishish sayyohlar uchun doim qiziqarli bo`lib kelgan.
Shu bois “O`zbekiston oshxonasi” brendini jahon miqyosida ommalashtirishda jamoat tashkilotlari, xususan, O`zbekiston oshpazlar uyushmasining o`rni alohida.
O`zbek milliy taomlarini dunyoga tanitish, mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko`paytirish maqsadida, O`zbekiston oshpazlar uyushmasi 2010 yilda Butunjahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasiga, 2017 yilda Butunjahon Islom davlatlari pazandalar uyushmasiga a`zo bo`lgan.
Natijada, ko`plab xorijiy festival, sammit, musobaqa, o`zaro tajriba almashish va shu kabi boshqa tadbirlarda ishtirok etilib, yuksak marralarga erishilmoqda. Xususan, 2018 yilda “National Geographic” jurnali o`tkazgan “National Geographic Traveler” mukofotida “Gastronomik turizm” “” nominasiyasi bo`yicha O`zbekiston birinchi o`rinni egalladi.
Tanlovda ishtirok etgan respondentlar O`zbekiston uchun 34 foiz, Italiyaga 21 foiz, Ozarbayjonga 17 foiz, Frantsiyaga 13 foiz, Janubiy Koreyaga 5 foiz ovoz bergan.
– Ko`plab sayyohlar O`zbekistonga mamlakatning oshxonasi, an`analari va madaniyati bilan tanishish uchun ham kelmoqda, – deydi O`zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov.
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari faoliyatiga alohida e`tibor qaratmoqda. Xususan, o`tgan yili Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Uyushmamizning faoliyatini institutsional qo`llab-quvvatlab, amaliy yordam bermoqda. Jumladan, Qo`mita ko`magida mamlakatimiz gastronomik turizmini rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. O`tgan yili avgust oyida Turkiyada bo`lib o`tgan 33-Xalqaro “Mengen” festivalida, 13 ta davlat, jumladan, Germaniya, Niderlandiya, Kipr, Ozarbayjon, Malayziya, Ukraina, Egipit, Bosniya va Gertsegovina, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar qatorida “O`zbekiston” milliy oshxonasi stendi tashkil etildi va musobaqada 3-o`ringa sazovor bo`ldik. Ayni vaqtda uyushma O`zbekistonga tashrif buyurgan mehmonlarga o`zbek milliy taomlarini tayyorlash jarayonini namoyish etish va master-klasslar o`tkazishni yo`lga qo`ymoqda. Jumladan, yaqinda amerikadan kelgan bir guruh sayyohlarga o`zbek milliy taomlarini tayyorlash bo`yicha master-klass o`tkazildi. Shuningdek, Amerikalik mashhur bloger Sonni Sadga mahalliy baliqlarimizdan turli taomlar tayyorlash sirlari o`rgatildi. Germaniyalik ekspert Gans Karl Madelung O`zbekistonga tashrifi davomida Toshkent restoranlarida bo`lib, o`z mulohazalarini yozib qoldirdi.
– Sezishimcha, sizlarda oshxonaning jihozlanishidan ko`ra restoranning tashqi va ichki dizayniga ko`proq ahamiyat qaratishar ekan, – deydi sayyohlardan biri. – Faqat yaxshi sharoitdagina a`lo darajali, mazali taom pishirish mumkin. Shu jihatdan qaraganda, Toshkent restoranlari jahon andozalariga uncha mos kelmas ekan. Ammo aminmanki, vaqti bilan bu nuqsonlar bartaraf etiladi.
Bu kabi muammolar yillar davomida yig`ilib qolgan, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari, restoran, kafe va boshqalarni xalqaro standartlarga moslashtirish vaqti keldi, – deydi O`zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov. Biroq, sohada faoliyat yuritayotgan korxona rahbarlari jamoat tashkilotlarining rolini u qadar tushunib etgani yo`q. Shu maqsadda, uyushma o`z atrofida umumiy ovqatlanish korxonalarini birlashtirib, xorijdagi etakchi ekspertlar ishtirokida, O`zbekistondagi restoranlarni jahon andozalariga moslashtirmoqda. Bu jarayonda yurtimizning pazandachiligi tarixiga oid muzey tashkil kilish mening orzuim. Chunki o`zbek xalqini boshidagi toji, bu – pazandalik. Qolaversa, uyushmada muzey uchun juda ko`p materiallar bor.
Hozirgi iqtisodiy modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilayotgan bir paytda iqtisodiyotning asosiy qismini xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari egallamoqda. Ularning ulushi yalpi ichki mahsulotda, iqtisodiyotda band bo‘lganlarning tarkibida, davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlarda, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi eng muhim masalalarda muttasil oshib bormoqda va kelajakda ham bu jarayonning davom etishi huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan mustahkamlanmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan 2006-yilda e’lon qilingan, «O‘zbekiston Respublikasida 2006–2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish xizmat ko‘rsatish sohasi, jumladan, umumiy ovqatlanish sohasini, uning faoliyati, turizm sohasidagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, soha taraqqiyotining konseptual yo‘nalishlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji xalqimiz farovonligining oshishiga bevosita ta’sir qiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari turli xususiyatlariga ko‘ra tavsiflanadi va tasniflanadi
Xulosa
Xulosa o`rnida aytish joizki, turizmni jadal rivojlantirishga jamoat tashkilotlarini keng jalb qilinishi sayyohlik yo`nalishlarini ko`paytirish va ommalashtirishga katta hissa qo`shadi. Shunday ekan, bu yo`nalishda respublika miqyosida targ`ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish, qo`shimcha sarmoyalar jalb etish va investision salohiyatni kuchaytirish, yangi ish o`rinlarini yaratishda jamoat tashkilotlarini rolini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etaveradi. Yurtimizda turizmni rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida yangi turistik majmualar, mehmonxonalar, kempinglar, restoranlar, barlar, transport sohalari, qurilish uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda. Bunday sur’atda turizmni rivojlantirish albatta umumiy ovqatlanishni ham rivojlantirishini taqoza etadi, chunki barcha sayyohlar goh ichki sayyoh bo‘lsin, goh tashqaridan kelsin, ulardan qat’iy nazar restoran xo‘jaligiga yoki ovqatlanish tarmog‘idan foydalanishga majbur. Aks holda insonlar ovqatlanish uchun barcha mahsulotlarni o‘zlari bilan olib yurishi kerak yoki uy sharoitlarida tayyorlab, iste’mol qilishi kerak bo‘ladi. Biroq sayyohlarda bunday imkoniyatlar yo‘q, shuning sababli ham ular ovqatlanish xizmatidan foydalanishga majburdir va mana shu holatlarning mavjud bo‘lishi turizm umumiy ovqatlanishni uyg‘un holda rivojlantirishi uchun imkon beradi. Shuning uchun ham turizmda asosiy xizmat turlaridan birini ovqatlantirish xizmati tashkil etadi. Istanbul shahrida 18-Xalqaro gastronomik pazandachilik festivali bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi vakillari ishtirok etib, 4 kunlik festival yakuniga ko‘ra, 8 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali qo‘lga kiritildi. Festivalda dunyoning turli davlatlaridan oshpazlar, shuningdek, O‘zbekiston, Eron, Tunis, Qirg‘iziston, Germaniya, Xorvatiya, Serbiya, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa ko‘plab mamlakatlardan kelgan xalqaro darajadagi hakamlar ham ishtirok etdi. Yurtdoshlarimizning xalqaro musobaqalari va chempionatlarida faol ishtirok etishi gastronomik turizmni ommalashtirish va mamlakatimizga ko‘plab xorijiy gurmanlarni jalb etish hamda bu sayyohlik yo‘nalishidan qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi. Oshpazlik chempionatining birinchi kunidayoq O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi:
To‘laganova Umriniso – zamonaviy oshxona – oltin;
- desert – oltin;
- qora quti – kumush;
Abduqodirov Javoxir - zamonaviy oshxona – oltin;
- desert – oltin;
- qora quti – kumush;
Al-Zaben Alina - (yunior) baliq nominatsiyasida - oltin;
Qudratov Bilol - zamonaviy oshxona - bronza;
Xamidullaev Saida’zamxon go‘sht - bronza;
Orazbaeva Sarbinaz - (yunior) baliq nominatsiyasida - oltin;
Sultanov Davron - (yunior) baliq nominatsiyasida - kumush;
Usmanoliev Abdulaziz – desert - oltin;
Fatxulaev Firdavs – desert – oltin;
- qora quti – kumush.
Jahonning mashhur oshpazlaridan iborat hakamlar hay’atining kuchli talablaridan iborat nominatsiyalar bo‘yicha o‘zbekistonliklarning qo‘lga kiritgan yutuqlari O‘zbek oshxonasining yuksak yutuqlari, mamlakatimiz yosh avlodining salohiyati, yurtimiz an'analarini jahon hamjamiyatiga munosib darajada olib kirayotganligidan dalolatdir, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oshpazlar assotsiatsiyasi 2010-yildan buyon dunyo oshxonasining pazandalik standartlarini saqlash va takomillashtirishni maqsad qilgan mutaxassislardan iborat Butunjahon oshpazlar hamjamiyatining rasmiy a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi tashkil etilganidan buyon barcha umumiy ovqatlanish tashkilotlariga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, umumiy ovqatlanish punkti faoliyatining texnologik jarayonlarini joriy etish bo‘yicha axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib kelinyapti.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. www.sciencebox.uz Journal of Advanced Research and Stability ISSN: 2181-2608
2. Charles A. Goeldner, J.R. Brent Ritchie. Tourism PRINCIPLES, PRACTICES, PHILOSOPHIES, New Jersey, John Wiley & Sons, 2012.– 514p.
3. Kotler, Bowen & Makens (2006), Marketing for Hospitality and Tourism 4th ed, Pearson Education, Inc.
4. Makhmudova, A. (2020). Organizational and economic reasons preventing the development of ecological tourism in Uzbekistan. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(6), 1217-1220.
5. Umirzoqov, A. (2020). As A Road to Sustainability in Small Scale Mining. International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS).
6. Балабанов И.Т., Балабанов А.И. Экономика туризма. Учеб. пособие. – М.: Финансы и статистика, 2003
7. Kaбушкин Н.И. Менеджмент туризма. Учебник. 4-е изд., стереотип. – Мн.: Новое знание, 2004
8. Квартальнов В.А. Туризм: история и современность. –М.: Финансы и статистика, 2002
9. https://uz.wikipedia.org/wiki/Gastronomik_turizm
10. https://kun.uz/uz/news/2019/08/07/ozbekistonda-gastronomik-turizm-assotsiatsiyasi-ochildi
11. https://gastrotourism.uz/
12. https://www.uzbekistan.travel/uz/v/gastronomik-turizm/
13. https://vawilon.ru/gastronomicheskij-turizm/
14. https://yuz.uz/uz/news/gastronomik-turizm-istanbuldagi-festivalda-ozbekistonliklar-sovrinli-orinlarni-egalladi
15. https://ru.essays.club/Гуманитарные-науки/Иностранные-языки/Gastronomiya-turizmini-rivojlantirish-istiqbollari-171930.html
Do'stlaringiz bilan baham: |