O’zbekistonda gastronomiya turizmni shakllantirish


Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari



Download 131 Kb.
bet3/5
Sana17.07.2022
Hajmi131 Kb.
#810948
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdullayeva 100622023121.doc tug`risi

2.2 Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari
So’nggi yillarda turizm dunyosi keng rivojlanib bormoqda, chunki barcha sohalar o’sib bordi va malakaga ega bo’ldi. Shunday qilib, biz mehmonxonalar sanoati, turar joylarning xilma-xilligi, bir xil sayyohlik yo’nalishlari va gastronomiya, barchasi dunyodagi asosiy yo’nalishlarda sayyohlikni o’sishiga turtki bo’ldi
Gastronomik sayyoh, birinchi navbatda, madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan, milliy va anʼanaviy taomlarni, tayyorlash jarayoni, dasturxonga tortish usullari, ovqatlanish tartibi va pozitsiyalarini, ko‘rish va bilish barobarida, sayohat qilayotgan davlatining, tarixini, iqtisodiyotini, davlat siyosati hamda mahalliy aholining eʼtiqodlarini o‘rganadi. Gastronomik turizm yangi va rivojlanayotgan bozor sifatida ortib borayotgan qiziqish uyg'otmoqda. Bu mahalliy oshxonadan tatib ko'rmoqchi bo'lgan ko'plab sayyohlarni jalb qilmoqda va bu yangi va ekzotik joylarga sayohat qilishning asosiy sabablaridan biridir. Ham global, ham mahalliy miqyosda sayohat qilishga undaydigan kuchlardan biri bu mamlakatning mahalliy va qishloq taomlari haqida chuqur bilimga ega bo'lishdir. Ko'plab mahalliy taomlar ko'p asrlar davomida o'tib kelgan va mintaqa madaniyati va merosini o'rganishning muhim vositasiga aylangan an'anaviy retseptlar bo'yicha tayyorlangan.
Dunyo bo‘yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin, shunga qaramasdan ko‘p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma’lum bir ko‘rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko‘rsatiladi. Milliy oshxonaga ega bo‘lgan restoranlar ham mavjud bo‘lib, ular italyancha, xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi restoranlar bilan mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda
arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi. Odatda turistlar, qaysi mamlakatda bo‘lsalar, o‘sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda mezbon shaharning qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida ma’lumot berib o‘tadi, milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtai nazarda ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya’ni mashhur oq sosiskalar hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa turistni albatta «Xofbrayxaus»ga, ya’ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng mashhur bo‘lgan vencha shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa tushlik ovqatlanish pastasiz (makaronli taom) o‘tmaydi. AQSH da va barcha ko‘pgina mamlakatlarda afg‘oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. So‘nggi paytlarda vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bo‘la boshladi, yoki yahudiylar uchun maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlari ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Oʻzbekiston va Turkiyaning gastronomik turizmni rivojlantiruvchi uyushmalari oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo'mitasi ma'lum qildi. Ma'lumotga ko'ra, 13-sentyabr Oʻzbekiston va Turkiya Gastrokomik turizmi uyushmalari uchun muhim sana boʻldi. Oʻzbekistonning turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari Turkiya Gastronomik turizm uyushmasi (GTD)ga tashrif buyurdi. Tashrif Turk dunyosi Mahalliy hokimiyatlar birlashmasi hamkorligida tashkil etildi. Turkiya Gastronomik turizmi uyushmasi raisi Gurkan Boʻztepe bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv yakuniga koʻra, gastronomik turizmni rivojlantirishga doir ikki tomonlamali hamkorlik bitimi imzolandi.
Hujjat Turkiyada har yili oʻzbek oshxonasi haftaligini oʻtkazish va Turkiya mehmonxonalarida oʻzbek nonushtasini joriy qilishni koʻzda tutadi. 
Shuningdek, Turkiyaning 5 yulduzli mehmonxonalari bosh oshpazlari uchun Oʻzbekiston oshpazlari tomonidan “Oʻzbek nonushtasi” boʻyicha maxsus treninglar tashkil etiladi.
Mehmonxona restoranida haftaning bir kuni “Uzbek cuisine day” deb eʼlon qilinishi va o’sha kuni restoran menyusida faqat oʻzbek milliy taomlari joy egallashi kutilmoqda.
6 avgust kuni O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi anjumanlar zalida tegishli idoralar hamda OAV vakillari ishtirokida Gastronomik turizm assotsiatsiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yig‘ilganlarga assotsiatsiyaning maqsadi, faoliyati va a'zolik shartlari bo‘yicha taqdimot tashkil qilindi. 
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, assotsiatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan maqsad gastronomik turizm yo‘nalishida turli tadbirlar, jumladan ko‘rgazma, festival, forum, seminar, ilmiy anjuman, davra suhbati, tanlov va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkil etish, assotsiatsiya qoshida xalqaro grantlar homiyligida o‘zbek milliy kulinariyasi tarixi, buguni va kelajagi bo‘yicha gastronomik turizm taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi turli loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir. 
Mutasaddilarning ma'lum qilishicha, assotsiatsiya O‘zbekistonda sayyohlik mavsumini uzaytirish maqsadida har yilning noyabr oyida muntazam ravishda “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro milliy taomlar festivaliga mezbonlik qiladi, festivalga xalqaro turistik agentliklarini muntazam jalb etib boradi va tadbir doirasida O‘zbekiston bo‘ylab hududiy gastronomik turlarni tashkil etadi. 
Shuningdek, assotsiatsiyaga a'zo restoranlar va ularning xodimlari orasida “Xorijliklar e'tirofiga sazovor bo‘lgan yilning eng yaxshi restorani, “Yil ofitsianti”, “Yil restoran menejyeri”, “Yil bosh oshpazi” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlash marosimlari o‘tkaziladi. 

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish