O’zbekistonda gastronomiya turizmni shakllantirish



Download 131 Kb.
bet1/5
Sana17.07.2022
Hajmi131 Kb.
#810948
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdullayeva 100622023121.doc tug`risi


Mavzu: “O’zbekistonda gastronomiya turizmni shakllantirish.”

Reja:
Kirish


Asosiy qism
2.1 Gastronomiya turizmini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
2.2 Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari
2.3 O’zbekistonda gastronomiya turizmining rivojlanishi
2.4 O’zbekistonda gastronomiya turizmini shakllantirish xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish



Turizm o`zining ko`p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o`tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko`plab jabhalarini rivojlantirishga imkon tug’diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo`l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kammunal xo`jaligi, maishiy xizmat ko`rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Turizmni rivojlantirish bir vaqtning o`zida o`ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko`ngil ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o`z o`rnida sayyohlarga sifatli xizmat ko`rsatish bilan bog’liq bir qator sohalarni qamrab olgandir.
Turizm fransuzchada: our — sayr, sayohat; sayyohlik — sayohat safar qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda ya’ni mamlakatda haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi, sayohat qilishi tushuniladi.
Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab 1815-yilda Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan. Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyoxlik guruxlari AQShga joʻnatiddi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.
Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning "Buyuk Temurning hayoti va faoliyati" kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.
Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud: ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar.
Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni 27-iyul 1992-yilda tuzilgan "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.
"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Toshkent; Toshkent-Samarqand-Buxoro-Shahrisabz-Toshkent). Bu yoʻnalish eng qadimiy yodgorliklar va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gʻamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarqand hududdari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qadimiy topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstre mal turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); diniy turizm yoʻnalishi (Toshkent-Samarqand-Buxoro-Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq.
Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Turizm toʻgʻrisida"gi qonuni 1999-yil 20-avgustda kabul kilingan. Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni (15-aprel 1999) sohani rivojlantirishda muhim omil boʻldi.
Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va oʻrta turistik korxonalarning xizmat koʻrsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb kilish maqsadida 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "Xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib boradi. Oʻzbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping majmuasi mavjud boʻlib, ular "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda.
Oʻzbekiston 1993-yilda oʻz safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975-yilda tuzilgan)ga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham aʼzosidir. 2004-yil "Buyuk ipak yoʻli" loyihasi doirasida Samarqand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish koʻzda tutilgan. Oʻzbekistonda turizm sohasiga oid "Buyuk ipak yoʻli" xalqaro turistik reklama axborot gaz, (1994-yildan), "Biznes Gayd" JUR va boshqa ommaviy nashrlar chop etiladi.
2021-yil aprel oyida Dogʻistonda Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti oʻtkazildi. Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirigʻi bilan Dogʻistonda «Imomlar yurtiga sayohat» yoʻnalishidagi targʻibot ishlari boshlangan.
Turistik resurslar salohiyatiga qarab Respublikamizda turizmdagi quyidagi asosiy turlarni rivojlantirish mumkin va bu turlarni asosiy turlar deb qabul qilish lozim: sotib olishga yoki tanishishga qiziqish.
Diniy turizm - Islom dini olamidagi mashhur kishilarning qabrlarini ziyorat qilish. Makkaga, Madinaga haj va umra safarlari. Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz shaharlariga kelib masjidlarda «juma» namozlarini o`qish.
Tarixiy obidalar turizmi - Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent shaharlaridagi va Respublikamiz tumanlaridagi tarixiy obidalarni ko`rishga qiziqish.
Ekologik turizm - Vatanimizning go`zal tabiat mintaqalariga, noyob o`simliklar olami va hayvonot dunyosiga, to`rt faslning iqlimiy xususiyatlarini ko`rishga qiziqish.
Arxeologik turizm - Samarqand, Buxoro, Xorazm shaharlarining qoldiqlari, qadimiy qalalar harobalari, ko`hna qadimiy Markaziy Osiyo xalqlari hayoti haqidagi arxeologik topilmalarga qiziqish.
Sport turizmi - Xalqimizning hozirda jahon bo‘yicha ommaviylashib borayotgan milliy kurash, tennis, futbol, chang`i sporti, boks va boshqa musobaqalariga qiziqish.
Sog`lomlashtirish turizmi - Vatanimizning sog`lomlashtirish markazlarida, kurort va sanatoriyalarida, mineral, shifobaxsh suvlari maskanlarida, shifobaxsh qum- balchiqlarida, ma`danli suvlari manzillarida davolanishga qiziqish.
Rekreatsion turizm - Tabiat bag`ridagi mo`jizakor go`shalarda, tog` o`rmonlaridagi shifobaxsh daraxtlar ichida, tabiiy sharsharalar, zilol buloqlar yonida vaqtinchalik dam olishga qiziqish.
Ovchilik turizmi- Respublikamizda ov qilishning huquqiy-qonuniy me`yorlari yaratilganligi, ovchilik maydonlarining katta hududlarni egallashi, ovchilik obektlarining aniqligi, ovda harakatlanishning erkinligidan qurol va qurolsiz ovchilikka qiziqish.
Kasbiy faoliyat turizmi - kasbiy faoliyat yuzasidan chet davlatlarga borishga, chet elliklarning respublikamizga kelishiga, tijoratchilar, tadbirkorlar, savdogarlar, qo`shma korxonalar tuzuvchilarning mamlakatlardagi o`z kasbi faoliyati doirasida malakalar oshirish, mahsulotlar, asbob-uskunalar va zamonaviy texnologiyalarni
Ilmiy turizm - Vatanimizda va xorijda talim olish, xalqaro ilmiy markazlarda o‘qish, xalqaro yirik Universitetlarda ilmiy-amaliy malakalarini oshirish, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlarga qatnashish, xalqaro ilmiy grant loyihalarni bajarishga, magistratura, aspirantura va doktoranturani xorij mamlakatlarda , vatanimizda o‘tkazishga qiziqish.
Savdo turizmi - Vatanimizda va xorijda faqat savdogarchilik masalalariga, mol olib kelish va olib ketish, ayriboshlash, savdo markazlari ochish, narx-navo o‘zgarishiga, valyutalar bahosiga, yangi bozorlarga, haridor talab mollar savdosiga qiziqish.
Ijtimoiy turizm - Davlat tomonidan yoki shaxs ishlab turgan korxona hisobidan sayohatga chiqish, sog‘lomlashtirish, dam olish maskanlariga, kurort va sanatoriyalarga borishga qiziqish.O‘zbekistonda bunday imtiyozlarni O‘zbekiston kasabachilar uyushmasi federatsiyasi ishlab chiqadi.
Ekskursiya (tanishuv, ko‘rish) turizmi - bu tur asosan mamlakat ichkarisida ko‘proq rivojlanadi. Yakka shax syoki guruh bo‘lib tashabbuskor (o‘qituvchi, ekolog, injener, mutaxassis) boshliq rahbarligida qisqa muddatlarda o‘lkashunoslik, tarixiy, madaniyat muzeylarini botanika bog‘larini, zavod, fabrikalarning ish faoliyatlarini, yaqin masofalardagi oromgohlar, tabiiy landshaftlarni, hayvonot bog‘lari, suv va daryo havzalarini ko‘rishga qiziqish.
Shaharsozlik turizmi - O‘z vatanida va xorij davlatlaridagi zamonaviy shaharlarni ko‘rishga qiziqish. Toshkent, Samarkand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz shaharlaridagi yangi obidalar va yangi tipda kengaytirilgan shaharlar, ayniqsa cho‘llarimizda bunyod etilgan Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlariga qiziqish ichki turizmda ham xalqaro turizmda ham o‘zining turistik bozorini topishni taminlashimiz lozim.
Qayd qilingan 14 ta turizm turi Respublikamizda talablar darajasida rivojlanishi mumkin. Chunki bu turizm turlariga (ichki va tashqi turizmda) turistlarning qiziqishlari haqida batafsil malumotlar bor. Ikkinchidan, qayd qilingan turlarning turistik resurslari - obektlari xilma-xilligi, mazmundorligi, diqqatga sazovorligi, ulug‘vorligi, muqaddasligi, noyobligi, betakrorligi jihatlari, ko‘rinishlari tariflari shiddatli ravishda televideniye, internet axborotlar tizimida reklama qilinmoqda.
Shuningdek, turizm rivojlangan davlatlardagi tajribalardan malumki bu turlarga turistlarning oqimi juda katta masshtablarda bo‘ladi. Shuning uchun ham qayd qilingan turlar turizmdagi asosiy turlar deb kelinmoqda va shunday nomlash ham to`g`ri bo‘ladi.
Pandemiyadan eng koʻp ziyon koʻrgan sohalardan biri bu – turizm boʻldi. Mutaxassislarning BMT manbalariga tayanib berayotgan maʼlumotlariga koʻra, pandemiyaning halokatli taʼsiri oqibatida jahon iqtisodiyoti 2020-21 yillarda 4 trillion dollardan koʻproq zarar koʻrgan.
Oʻzbekistonda ham sayyohlik industriyasi eng tez rivojlanib kelayotgan yoʻnalishlardan biri edi. Misol uchun, 2016-yilda yurtimizga 1,3 million nafar xorijlik fuqaro tashrif buyurgan boʻlsa, 2019-yilga kelib bu koʻrsatkich 6,7 million nafarga yetgan. Natijada, turizm xizmatlarining eksporti 3 baravarga oshib, 1,3 mlrd. dollarni tashkil qildi. Biroq oʻtgan yili boshlangan pandemiya nafaqat Oʻzbekistonda, balki dunyoda bunday oʻsish tendentsiyalarini yoʻqqa chiqardi. Ishsizlik dunyo boʻyicha oʻrtacha 5,5 foizga, iqtisodi turizmga bogʻlangan mamlakatlarda esa 15 foizgacha ortgani aytilmoqda. Qayd etilgandek, zararlar trillionlar bilan oʻlchanadigan boʻldi...
Lekin hayot davom etayapti. Mamlakat uchun nihoyatda salohiyatli sohani qoʻllab-quvvatlash maqsadida 20 ga yaqin turli darajadagi hujjatlar qabul qilindi. Hamma gap ularning qanchalik ishlayotganida... Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 1-iyul holatiga turistik tashkilotlar soni 3 baravarga, oilaviy mehmon uylari qariyb 20 baravarga ortgan, oʻn minglab yangi ish oʻrinlari yaratilgan. 
Bugungi kunda ekstremal turizm, gastronomik turizm kabi yoʻnalishlarning rivojlanib borayotganiga qaramasdan, Oʻzbekistonning asosiy turistik salohiyati tarixiy yodgorliklar bilan bogʻliq. Koʻp asrlik meʼmoriy obidalar va xalqimizning boy tarixi koʻproq oʻrta va katta avlod vakillarini jalb etishi ham tabiiy holdir. Sohada oʻn yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib borayotgan suhbatdoshimizning fikriga koʻra, koʻngilochar turizmni xohlaydiganlar Tailand, Turkiya kabi davlatlarga, dengiz boʻyi mamlakatlariga boradi. Oʻzbekistonni tanlagan sayyohlarni esa, jumladan, rossiyaliklarni ham, birinchi navbatda, qadim yodgorliklar, Ipak yoʻli tarixi bilan bogʻliq maskanlar oʻziga jalb etadi. Demak, bundan toʻgʻri foydalana bilish, servis darajasini oshira borish lozim.



Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish