O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi


-Mavzu: Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari



Download 0,71 Mb.
bet3/98
Sana06.08.2021
Hajmi0,71 Mb.
#140126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
КИЁСИЙ ПЕДАГОГИКА 2020 3 курс

2-Mavzu: Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari

Reja:

1. Qiyosiy pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari

2. Tavsiflash metodi, statistik metod, tarixiy metod, sosiologik va analitik metod.

Qiyosiy pedagogikasida tadqiqot metodlari va pedagogik hodisalarni talqin etishga yondashish yagona ilmiy asosga ega emas, ular ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot qonuniyatlarining obyektivligini va demak, xalq maorifi tizimining, ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotining taraqqiyotini analizdan tushirib qoldirish maqsadini ko’zlaydilar.

Qiyosiy pedagogikaning tadqiqot metodlari va pedagogik obyektlarni talqin qilish barcha ijtimoiy hodisalarni o’rganishga umumiy yondashish jihatidan ich-ichidan birikkan bo’lib, dialektik va tarixiy materializmning eng muhim konsepsiyalariga asoslangan .

Qiyosiy pedagogika quydagi tadqiqot metodlarini qo’llaydi: tavsiflash, statistik, tarixiy, sosiologik, induktiv-deduktiv, qiyoslash va b. Tadqiqot jarayonida bu metodlar bir-biriga o’zaro ta’sir qilib, chatishib ketadi. Faqat tahlil qulay bo’lsin uchungina ular ajratiladi.



TAVSIFLASh METODI bir qator mamlakatlardagi keyingi tahlil, qiyeslash va xulosalar chiqarish uchun zarur axborotni jamlashga imkon beradigan xilma-xil pedagogik hodisalarning tashqi belgilarini tavsiflashda qo’llanadi. Bu metod nihoyatda aniqlik va obyektivlikni talab etadi. Tavsiflash metodi xalq maorifini boshqarish va mablag’ bilan ta’minlash. O’quv-tarbiya muassasalarining tipi va strukturasi turli tip va darajadagi o’quv yurtlarining o’quv plani va programmalari, o’qituvchilar tayyorlash va ularning moddiy ahvoli, maktabdan tashqari tarbiya tizimi, bolalar va yoshlar tashkilotlari faoliyati va boshqalarni analiz qilishda qo’llanadi.

STATISTIK METOD tavsiflash metodi bilan uzviy bog’langan. U statistik axborot berish bilan cheklanmaydi, balki maorif tizimiga va quyidagi kabi pedagogik hodisalarga dahldor raqamlar va ma’lumotlarni tahlil, talqin qilish va baholashni ko’zda tutadi, savodsizlik foizi, ta’lim darajasi bo’yicha o’quv yurtlari soni, o’quvchilar soni hamda tegishli yoshdagi bolalar va yoshlarning o’qishga jalb etilishi, o’qitish bosqichlari bo’yicha o’quvchilarning qolib borishi, sinflarning o’rtacha to’liqligi, o’quvchilarning ijtimoiy sostavi, davlat va shaxsiy o’quv yurtlari va ulardagi o’quvchilar sonining nisbati, maktab yoshdagi bolalarning maktabdan tashqari tashkilotlarga jalb etilishi va boshqalar.

TADQIQOTNING TARIXIY METODI qiyosiy pedagogikada deyarli barcha pedagogik hodisalarga nisbatan qo’llanishi mumkin: milliy maorif tizimining paydo bo’lishi va shakllanishi, maorif va madaniyatning rivojlanishidagi asosiy an’analar, xalq maorifi silsilasining tuzilishi va uning ma’lum tarixiy davrda o’zgarishi, mamlakatda davlatning maktab siyosatiga, maktab va dinning o’zaro munosabatiga xarakteristika, maorif taraqqiyotidagi ananalar, eng muhim muammoalar va tendensiyalarni aniqlash. Pedagogik g’oyalar, nazariyalar va maorifning ayrim muammolarini tadqiq etish va hokazo. Xar kanday pedagogik muammoga oid xulosalari va taraqqiyot xususiyatlarining tahliliga asoslangandagina ilmiy xarakter olishi mumkin. Tarixiy metod tahlil qilinaetgan pedagogik hodisaning hozirgi xolatini ancha chuqur tushunishga yordam beradi.

SOSIOLOGIK METOD tadqiqotning boshqa metodlari bilan uzviy bog’lik. U xalq maorifi tizimlarining ijtimoiy xarakterini baholashni, tarbiya va ta’lim maqsadlari va vazifalarini, mazmuni va metodlarini jamiyatning sinfiy strukturasi nuqtai nazaridan analiz qilish, maktab tashkil etilishining iqtisodiy va siyosiy extiyojlariga mosligini baholash va boshqalarni nazarda tutadi.

ANALITIK METOD larga analiz, sintez, mavhumlashtirish umumlashtirish, induksiya, deduksiya kabi mantiqiy metodlar kiradi. Qiyosiy pedagogikada analiz, sintez va umumlashtirishdek mantiqiy jarayonlar ko’proq ahamiyatga ega. Barcha pedagogik hodisalarni tadqiq etishda tarixiy, tavsifiy, statistik va sosiologik metodlar yordamida va ular asosida analiz va sintezning qo’llanishini umumiy baho berish va qiyosiy tahlil uchun zarur bo’lgan umumlashmalar chiqarishga imkon beradi. Xususan, taraqqiyot darajasi taxminan bir xil bo’lgan mamlakatlar gruppasidagi xalq maorifi tizimining asosiy xususiyatlarini siyosiy va ijtimoiy-siyosiy baholash, pedagogik nazariyalarga ijtimoiy-siyosiy xarakteristika berish va ularning tarbiya va ta’lim tizimiga ta’sirini baholash, xalq maorifi tizimi tuzilishiga asos bo’ladigan umumiy prinsiplarini belgilash, ta’limning mazmunini va uning fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy darajasi talablariga mosligini umumiy baholash. Tarbiya va ta’limning ijtimoiy-siyosiy jihatdan yo’nalganligini va davlat maktab siyosatini analiz qilish, mamlakatlar gruppasida maorif taraqqiyotining asosiy tendensiyalarini aniqlash va hokazo.

Falsafa, sosiologik va siyosiy iqtisod tadqiqotchiga pedagogik nazariyalar va amaliyotni alohida mamlakatlar va mamlakatlar gruppasidagi xalq maorifi tizimi taraqqiyotining prinsiplari va tendensiyalarini to’g’ri baholashga yordam beradi.

Qiyoslanayotgan ma’lumotilarni taqqoslash, turli ijtimoiy tuzumga ega bo’lgan mamlakatlardagi pedagogik hodisalarni qarama-qarshi qo’yish va qiyosiy metod yordamida xalq maorifi tizimining ijtimoiy-iqtisodiy tuzum belgilagan tuzilish prinsiplari, alohida mamlakatlar hamda mamlakatlar gruppasida maorif taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari, tendensiyalari va milliy xususiyatlari aniqlanadi.

Maktab va maorifning ahvoli haqidagi mikdor va sifat ma’lumotlarini qiyoslash va solishtirish uchun umumiy surat - qiyoslash ko’ratkichlari bo’lishi kerak. Bunda shuni esdan chiqarmaslik lozimki, qiyoslash va solishtirishda quyidagilar hisobga olinadi: ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, tarbiya va ta’lim sohasidagi tarixiy an’analar, mamlakat fan-texnikasi va madaniyatining rivojlanish darajasi, pedagogik nazariyalar va ularning ta’lim-tarbiya amaliyotida aks etishi. Qiyoslash metodi ko’pincha pedagogikada keng qo’llanadigan eksperiment o’rnida foydalaniladi.

Tadqiqot metodlari tahlil etilayotgan materialning vazifasi va mazmuniga bog’lik bo’lib, hamkorlikda qo’llanishi mumkin va shart. Pedagogik hodisalar, muammolar, metod va ko’rsatkichlar klassifikasiyasi esa shartli, hali yetarli mukammal emas va yanada ishlab chiqishni talab qiladi.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish