O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi


Taraqqiyotining ikkinchi davri



Download 0,71 Mb.
bet9/98
Sana06.08.2021
Hajmi0,71 Mb.
#140126
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bog'liq
КИЁСИЙ ПЕДАГОГИКА 2020 3 курс

Taraqqiyotining ikkinchi davri Texnika taraqqiyoti yuqori saviyali mutaxassis va ishchilarga bo’lgan etiyojni kuchaytirib yubordi. Rivojlangan mamlakatlarda 12-13 yoshgaha bo’lgan bolalami umumiy majburiy va bepul o’qitish joriy qilindi. Bu omil aholi savodxonligining oshishiga olib keldi, imtiyozli o’quv yurtlari tarmog’i kengaydi. Biroq xalqning asosiy qismi qashshoq yashaganligi, yomon uy-joy sharoitlari bolaligidan tirikchilik uchun pul topish zarurligi bir qator mamlakatlarda ko’plab bolalami o’qishni oxiriga yetkazmasdan maktabni tashlab kctishiga majbur qilardi. Ayni paytda, ta’lim sohasidagi salbiy jihatlarni ham ko’rmaslik mumkin emas edi. Chunonchi, ba’zi mamlakatlarda yoshlarni millatchilik, irqchilik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgandi. Xususan, AQShda xalq maorifi tizimi irqchilik ruhida edi. Negrlaming bolalari uchun alohida maktablarda oq tanliklarning bolalari uchun tashkil etilgan maktablardagiga qaraganda katta- hajmda bilim berilar edi. Mamlakatda hukm surayotgan irqchilikka qarshi kurash masalasi Garriyut Bicher- Stounning «Tom tog’aning kulbasi» asarida o’z ifodasini yaqqo topdi. Bu davrda Sharqda xalq ta’limi sohasida G’arbning yutuqlari tashviq qilina boshlandi. Yevropa ta’siri kuchavdi. XX asr boshlariga kelib, jamiyat taraqqiyoti uchun band bo’lgan tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi, texnikaning yanada ildam taraqqiyoti -diniy xurofotlardan holi bo’lgan ilmiy dunyoqarashning mavqyei mustahkamlanishi uchun sharoit yaratdi. Gumanitar fanlarni, birinchi navbatda, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, adabiyot va sosiologiyada realistik Voqelikni aks ettiruvchi asarlar yuzaga keladi. Bir qator olim va yozuvchilar insonlarning yaxshi yashashi uchun, demokratiya, tcnglikni ta’minlovchi jamiyatni barpo qilish maqsadida isha intiluvchi g’oyalarni ifodalovchi va ulug’lovchi asarlarni yuzaga keltirdilar. Lekin, qanday qilib bo’lsa ham boylik to’plashga harakat qilishni tasvirlovchi asarlar ham paydo bo’ldi. Bu davrda madaniyati, adabiyot va san’atning demokratik asosda rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Ayniqsa, bu narsa adabiyotda yaqqol o’z ifodasinri topdi, shu sababli tanqidiy realizm va naturalizm yuzaga keladi. Tarixchilar insoniyat taraqqiyotining turli davrlari haqida juda katta ashyoviy dalillar to’pladilar. Bu davrda ham azaliy kurash yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash mafkuraviy-g’oyaviy hayotning asosini tashkil qiladi. Gumanitar soha olimlari XX asr boshida ro’y berayotgan yangi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o’rganishni kuchaytirdilar. Bu davrda falsafa fani ham rivojlanib davrga moslashdi. Ilgari ma’rifatparvarlik kuchli bo’lsa, endi inson huquqlariga e’tibor kuchaydi. Fanning rivojlanishi bilan uning jamiyatdagi o’rni belgilash barcha ijtimoiy muammolarni xal etishda fanning ijobiy hodisa ekanligini asoslash kuchaydi. Bu davrning mashhur faylasuflaridan biri Fredrix Nitisshe (1844-1900)inson irodasi masalasiga katta e’tibor berdi. Inson borlig’ida mahluqlik va holiqlik birlashib ketganligini asoslashga harakat qildi. U Zardushtlik ta’siri ostida ,,Zardusht tavallosi” asarini yozdi. Bu asarda kuchli shaxslarni tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi.

Z.Freyd (1856-1939)psixoanaliz nazariyasining asoschisi, dunyoga tanilgan olim. Uning asarlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida yevropada adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Freyd qilgan buyuk inqilobining mohiyati shundaki, u Dekartning inson to’g’risidagi taassavurlarini inkor etib, fenomenalogik (favqulotda, nodir) yondashuv yordamida ongsizlikni tahlil qilish mumkinligini asoslab berdi. Psixoanaliz an’analariga muvofiq ongsizlik bilib bo’lmas jarayon deb tushuntiriladi.

Tarixiy taraqqiyotining davriy modeli, dunyo dinlari (buddaviylik, xristian, islomning) barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil ekanligi g’oyalari ilgari surildi. Shu tariqa cherkov vijdon erkinligi, diniy e’tiqod erkinligi, barcha dinlarining tamoyillariga toqat bilan ko’nika boshladi. Bu davrda jahon demokratik madaniyatining fondi Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari yozuvchilari ijodi bilan ham boyidi. Atoqli yapon yozuvchisi A. Ryuneske novellalarida parazid mulkdor ahloqining inqirozi, xalq ommasining umumiy kuchini anglash o’z aksini topdi. Xind gumanisti yozuvchi R.Tagor (1862-1941) falsafiy teranligi va badiiy barkamoligi bilan ajralib turuvchi romanlar, hikoya va she’rlar bilan butun dunyoga mashhur bo’ldi.

Fransuz adibi Viktor Gyugo (1802-1885) o’zining ,,Daxshatli yil”, ,,Dengiz zahmatkashlari, xo’rlanganlar”, ,,To’qson uchinchi yil” kabi asarlarda julmga, jaholat va adolatsizlikka qarshi norozilik bosqinchilikka nafrat kurashuvchan xalqqa hayrihohlik bildiradi va haqarotlangan menhnatkash insonning fojiyali hayoti va kurashini tasvirlaydi.

Bu davrda yaponiyalik mashhur yozuvchi Simmey Ftobateyning ,,suzayotgan bulutlar” Roka Toki Tomining ,,Krasivo”, ,,Yashamagan yaxshi” romanlari feodal qoldiqlariga qarshi, milliy qadriyatlarni asrashga xorijning ma’naviy tasviriga qaratilgan etilgan edi. Hindistonda Bengal yozuvchisi Shoratchandra Chatopandnoy, shoir Muhammad iqbol asarlari shahar va qishloq hayotini erkin tasvirladi, xalqni uygonishga undadi. Shunday qilib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida fan va madaniyat ancha yuksalib insonlarning yaxshi hayot kechirishlari uchun xizmat qila boshladi.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish