Semasiologiya; etimologiya; frazeologiya



Download 37,54 Kb.
bet1/5
Sana11.01.2022
Hajmi37,54 Kb.
#350195
  1   2   3   4   5
Bog'liq
15 (1)


15-MAVZU: Leksikologiya va uning bo‘limlari.
Reja:


    1. Kirish. Leksikologiyaning ta`rifi.

    2. Leksikologiyaning bo`limlari:

      1. semasiologiya;

      2. etimologiya;

      3. frazeologiya;

      4. leksikografiya;

      5. onomasiologiya;

      6. onomastika.

    3. Tilning lug`at sostavi.

    4. Mustahkamlash uchun savollar.

    5. Tayanch iboralar.

    6. Adabiyotlar.

Tilshunoslikning leksika, ya`ni uning so`z tomonini o`rganuvchi bo`limi, tilning lug`at sostavi haqidagi fan leksikologiya deb yuritiladi.



Tilning lug`at sostavi va uni tashkil etuvchi so`zlar bir qator umumiy xususiyatlarga egaligi bilan xarakterlanadi. Leksikologiya leksikani xuddi shu umumiy xususiyatlari nuqtayi nazaridan o`rganadi. Bu xususiyatlar quyidagilar:

  1. Avvalo, lug`at sostavini tashkil etuvchi har qanday so`z ma`noga ega bo`ladi. Ana shu ma`nosi nuqtayi nazaridan so`zlar o`ziga xosliklarga ega. So`zning ma`nosi (semantikasi) va u bilan bog`liq masalalar leksikologiyadagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Leksikaga oid bu masala bilan leksikologiyaning semasiologiya bo`limi shug`ullanadi.

  1. Har qanday tilning taraqqiyotida uning eng o`zgaruvchan, eng tez harakatdagi qismi leksikadir. Til taraqqiyoti prosessida lug`at sostavi yangi-yangi so`zlar hisobiga boyib borish bilan birga, undagi ayrim so`zlar eskiradi, shuningdek, iste`moldan chiqib boradi. Demak, lug`at sostavi avvaldan o`zlashib kelgan va hozirda iste`moldagi so`zlar bilan birga nisbatan yangi so`zlarga va eskirgan so`zlarga egaligi bilan ham xarakterlanadi. Leksikologiyada leksikaning ana shu tomoni ham o`rganiladi.

  2. Lug`at sostavidagi so`zlar iste`moldagi darajasi bu nuqtayi nazardan umumiylikka yoki chegaralanganlikka egaligi bilan ham o`zaro farqllanadi. Ma`lum so`zlar umumxalq iste`molida bo`lsa (masalan, non, suv, katta, yugurmoq va b.), ayrim so`zlarning iste`mol doirasi ma`lum jihatdan chegaralangan bo`ladi. Masalan, dialektal so`zlar territorial jihatdan chegaralangan bo`ladi. (Sas-tovush, istamoq-qidirmoq, bolish-yostiq, eshik-hovli, uy va b.) terminlar sosial nuqtayi nazardan chegaralangan, ya`ni ma`lum kasb-hunar sohasidagi kishilar nutqida qo`llanish bilan chegaralangan bo`ladi. (Masalan, urg`u, leksika, affiks - tilshunoslikka oid terminlar; konus, piramida, kvadrat - geometriyaga oid terminlar; kulptivasiya, barona - qishloq xo`jaligiga oid terminlar; basketbol, gol, nokaut - sportga oid terminlar va hokozo). Leksikologiya lug`at sostavini shu nuqtayi nazardan ham o`rganadi.

  3. Lug`at sostavidagi so`zlar nutqda, uslubga bo`lgan munosabatlariga ko`ra ham o`zaro farqllanadilar. Ma`lum so`zlar nutq turlariga, uslubga (stilga) betaraf (neytral) munosabatda bo`lsa (quchoq, bechora, osmon, ichmoq va b.), ayrim so`zlar nutq uslubining ma`lum turiga xos bo`ladi (og`ush - badiiy uslubga xos, boyoqish - oddiy nutqha xos, samo - poetik uslubga xos, adib - kitobiy uslubga xos va b.). leksikologiyada so`zlarning ana shu xususiyatlari ham o`rganiladi.

  4. Har bir tovush qiyofasi va ma`nosiga ega, ya`ni shakl va mazmunga ega. Lug`at sostavidagi so`zlar ana shu shakl va mazmuni jihatidan turlicha munosabatga ega bo`lishi mumkin. Masalan, chaqqon, epchil, chechan, abjir, chapdast so`zlarining shakli har xil, ma`nosi bir xil (sinonim); ko`k (rang), ko`k (osmon), ko`k (maysa, ko`kat) so`zlarining shakli bir xil, ma`nosi har xil (omonim) va hokozo. Leksikologiyada so`zlar o`zaro ana shunday munosabatlari nuqtayi nazaridan ham o`rganiladi.

So`zlar haqida aytib o`tilgan xususiyatlar tildagi barcha so`zlar uchun taalluqli. Leksikologiyada ham asosan ana shu tipdagi so`zlar o`rganiladi.

Tildagi so`zlar bir qator umumiy xususiyatlari bilan xaraktyerlanadi. Bu xususiyatlar quyidagilar:



  1. Avvalo har qanday tildagi har bir so`z biror ma`noga ega bo`ladi.

  1. Har qanday tilning taraqqiyotida uning eng o`zgaruvchan, eng tez harakatdagi qismi leksikadir.

  2. Lug`at sostavidagi so`zlar aktiv yoki passivligi bilan farqllanadi.

  3. Lug`at sostavidagi so`zlar nutqda biror uslubga xosligi bilan ham o`zaro farqllanadi.

  4. Har bir so`z o`zinig tovush tomoni va ma`no mundarijasiga ega. Tildagi so`zlar ana shu shakl va ma`no jihatdan turlicha munosabatga ega bo`lishi mumkin.

Leksikologiyada so`zlar quyidagi xususiyatlari bo`yicha o`rganiladi.

  1. So`zning semantik strukturasi.

  1. So`zlarning shakl va ma`no munosabati.

  2. Leksikadagi o`z yoki o`zlashgan qatlam.

  3. Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi.

  4. So`zlarning emosional va ekspressiv bo`yoq va uslubga munosabati.


Download 37,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish