Mustaqil ishi mavzu: Rasmiy uslubga xos xususiyatlar. Toshkent 2022



Download 41,2 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2022
Hajmi41,2 Kb.
#677393
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbek tili.Sobirova


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

“Matematika va informatika” bakalavriat ta’lim yo’nalishi


202-guruh talabasi Sobirova Dilnavozning

O`zbek tilining sohada qo`llanilishi” fanidan




MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Rasmiy uslubga xos xususiyatlar.

TOSHKENT 2022
REJA:
Kirish
Asosiy qism.
1. Rasmiy idoraviy uslubi haqida ma’lumot
2. Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda tinish belgilarining qo’llanilishi
3. Rasmiy uslubga xos xususiyatlar.
4. Rasmiy biznes uslubi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga erishish, tom ma’noda huquqiy ongni yuksaltirish davr talabiga aylandi. Fuqarolarda yuksak huquqiy tafakkur shakllanmas ekan, turli xil nomutanosibliklar kelib chiqaveradi. Huquqiy madaniyatni shakllantirish va shu orqali qonun ustuvorligiga erishish nafaqat jamiyatning, balki o‘sib kelayotgan yoshlar uchun ham qimmatlidir. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zarur sharti qonunlarga so‘zsiz itoat etishdir.
Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shuningdek, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash ham muhim vazifalar sirasiga kiradi. Huquqiy demokratik davlat qurishda o‘sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy bilimlarni mukammal egallaganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mukammal ta’lim-tarbiya olgan avlod hech qanday huquqbuzarlik yoki jinoyatlar ko‘chasiga kirmaydi. Shuningdek, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushmaydi. 
Yurtimizda huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan yana biri ‒ qonun ustuvorligini ta’minlash va yuksak darajadagi huquqiy ong va madaniyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash mazkur islohotlarning o‘zagini tashkil etadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, mamlakatimiz axolisi va yoshlari ongida qonunlarga hurmat ruhini singdirish masalalari juda muhim. Inson o‘zini huquqiy jihatdan yetuk, bilimli deb hisoblashi uchun birinchi navbatda unda jamiyatda o‘rnatilgan huquq normalariga nisbatan hurmat ruhi shakllangan bo‘lishi lozim. O‘tgan yillar mobaynida o‘tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamiri yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlandi. 
Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda madaniyati darajasiga bog‘liq. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir.
Hukumatimiz tomonidan chiqarilgan, qarorlar, qonunlar, ustavlar, xalqaro hujjatlar rasmiy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, adres, tavsifnoma, hisobot kabi hujjatlar ham rasmiy uslubda bo‘ladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib tuzuladi. Rasmiy uslubning ham o‘ziga xos leksik va grammatik xususiyatlari mavjud : so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llaniladi, ko‘pchillikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy uslubda ko‘pincha darak gaplardan ; qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Shuningdek, bu uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qiladi. Rasmiy uslub rasmiy ish qog‘ozlari – hujjatlari yuritish yo‘llarini o‘rgatuvchi nutq uslubidir. Hujjatshunoslik davlatchilik bilan bog‘liq bo‘lib, uning ildizi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Har bir davlatning hujjatlari uning davlat tilida yoziladi. Hujjatlarni to‘g‘ri va benuqson yozishish insonning yozma nutq madaniyati va savodxonligining ko‘rsatkichidir. Har qanday hujjat o‘z yozilish shakli va zaruriy qismlariga ega. Umumta’lim maktablarini tugatgan o‘quvchilar ish qog‘ozlarini to‘g‘ri yozish va rasmiylashtirishni bilishlari kerak.
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi.
Bu uslub davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yurutish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladi.
Rasmiy uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda ixcham bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llaniladi, ko‘pchilikka ma’lum, ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi.
Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrozlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi – axborot uzatish va da’vat etish buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o‘z aksini topgan bo‘ladi. Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o‘ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe’llar orqali ifodalanadi. Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi.
Rasmiy-idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qiladi. Gaplar ixcham va aniq bo‘ladi.
Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi. Masalan, “ushbu ma’lumotnomani ko‘rsatuvchi G‘.Mo‘minov haqiqatdan ham O‘zbekiston Milliy universtitetining matematika fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlaydi”.

Download 41,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish