O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi


Qiyosiy pedagogika o’quv predmeti sifatida



Download 0,71 Mb.
bet4/98
Sana06.08.2021
Hajmi0,71 Mb.
#140126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
КИЁСИЙ ПЕДАГОГИКА 2020 3 курс

Qiyosiy pedagogika o’quv predmeti sifatida

Qiyosiy pedagogika oliy pedagogika o’quv yurtlari va universitetlar tizimida o’quv predmeti sifatida o’z tarixiga ega. Ko’pgina mamlakatlarda qiyosiy pedagogika kursiga qiziqishning oshishi ayniqsa dunyoda yagona sosialistik mamlakat yuzaga kelish davrida - Ulug’ Oktyabr sosialistik inqilobidan so’ng va jaxon sosialistik tizimi vujudga kelgan yillarda – Ikkinchi jahon urushidan keyin yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu davrda siyosiy vaziyat, imperializm ideologlarining fikricha, ko’pchilik jamiyatdagn mavjud tuzumini mustaxkamlash va siyosatini aktivlashtirishi mumkin bo’lgan barcha ma’naviy kuchlarni zo’r berish ishga solishni taqozo etadi. Bunday sharoitda qiyosiy-pedagogik tadqikotlar va qiyosiy pedagogika o’quv kursi sosial buyurtma oldi: «G’arbiy Yevropa madaniyatlari»ni integrasiyalashga, «madaniy birlikni oshirish maqsadida Yevropadagi turli millatlar maktablari va xalq maorifi tizimining tashqi va ichki tuzilishini bir xillashtirish»ga qarshi kurashni kuchaytirishga ko’maklashishi lozim edi. V.Brikman (AKSh) «Pedagogika tarixi va qiyosiy pedagogik bo’yicha umumiy kurslarga Sharq va G’arb o’rtasidagi o’zaro munosabatga xavolalarni ko’prok kiritish lozim», deb bejiz yozmagan edi.

Bir qator mamlakatlarda (Belgniya, Angliya, Yaponiya, Shvesiya, AQSh, GFR va boshqalar) qiyosiy pedagogikaga o’quv predmeti sifatida ilmiy xodimlar. Pedagogika o’qituvchilari va ayniksa chet elda ishlashga pedagogik tayyorlashning maxsus va zarur qismi deb qaraladi. Kursning hajmi, mamzuni va xar bir o’quv yurtida o’ta har xil (10 dan 100 o’quv soatigacha), biroq ko’pchilik hollarda 30-40 soat leksiyadan va mamlakatlar guruhida ta’limning ahvoli batafsil o’rganiladigan seminar mashg’uloti, musobaqa, chet elga sayohat, tanlangan mavzu ustida mustaqil ishlash va yakunida doklad yoki yozma imtihondan iboratdir.

Ba’zan qiyosiy pedagogika muammolari yoki «Qiyosiy pedagogika masalalarining qo’yilashiga kirish» bo’limi pedagogika. Pedagogika tarixi, ta’lim falsafasi, ta’limning qiyosiy sosiologiyasi va boshqa o’quv predmetlari mazmuniga kiritiladi. Bir qator universitet va oliy pedagogika maktablarida porpedevtika kursi o’rganiladi. Bu kursning maqsadi studentlarni qiyosiy pedagogikaning predmeti, vazifalari va tadqikot metodlari bilan, shuningdek, boshqa mamlakatlarda maktab va pedagogikaning ayrim muammolarining hal qilinishi bilan tanishtiradi. Chet eldagi maktab va pedagogikaning muammoalari maxsus kursda chuqurrok o’rganiladi.

Mutaxassis kadrlarni tayerlash qiyosiy pedagogika kursini o’rganish samaradorligini oshirish, qiyosiy pedagogikaning nazariy asoslarini, o’quv programmalarini, darsliklar va o’quv-metodik materiallarini ishlab chiqish maqsadida ko’pgina universitetlarda, xususan AQSh ning bir qator universitetlarida, London, Gamburg, Xirosima, Kioto, Tokio va boshqalarda maxsus qiyosiy pedagogika kafedrasi tashkil qilindi.

Keyingi yillarda chet el maorif tizimini keng miqiyosda olib qarash asta-syokin ayrim muammolarni mufassal o’rganish bilan almashmokda. Mavzu tanlashda avvalo uning ijtimoiy aktualligi va o’rganilayotgan mamlakat hukmron doiralarining maktab siyosatini yaxshirok tushunish uchun ahamiyati hal qiluvchi, asosiy omil bo’lmokda.

Ko’pgina mamlakatlar oliy o’quv yurtlarining qiyosiy pedagogika kurslari programmasini taqqoslab, ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan muammoalarni ko’rsatish mumkin, qiyosiy pedagogika predmeti. Taraqqiyot tarixi, vazifalari va tadqiqot metodlari, bir mamlakat yoki mamlakatlar gruppasidagi maorif tizimi, ta’lim-tarbiyaning ayrim muammolari, milliy pedagogik tizimga ta’sir qiladigan ijtimoiy –iqtisodiy kuchlar, chet el maorif tizimlari va ularni uz mamlakatining maorif tizimi bilan qiyoslash, xalq maorifini boshqarish tizimi, maktab reformalari, ta’lim metodlari, o’qituvchilar tayyorlash, shuningdek YuNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning pedagogika va maorif sohasidagi faoliyati va boshqalar .

Qiyosiy pedagogika o’quv kursi mazmuni masalasi regional va xalqaro kengashlarda qayta-qayta muhokama qilingan. Xususan, Yevropa qiyosiy pedagogikasi jamiyatining ikkinchi yig’ilishida (1965 y) xalqaro qiyosiy pedagogika jamiyatining kongressida (1970 y Ottava, Kanada) muhokama etilib, quyidagi masalalar ko’rildi; pedagogika o’quv yurtlarida qiyosiy pedagogika kursining vazifalari. Mazmuni va tashkiliy formalari, ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanish va b.

Qiyosiy pedagogika kursini o’rganish studentlarning pedagogik bilim doriasini kengaytiradi, sosialistik va rivojlanayotgan mamlakatlardagi pedagogik nazariya hamda tarbiya va ta’lim amaliyoti taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari va milliy xususiyatlarini to’g’ri tushunish va baholashda ularga yordam beradi, studentlarni amaliy faoliyatda o’quv-tarbiya ishlarining eng samarali forma va metodlarini tanlab olish malakasi bilan qurollantiradi, studentlarning adabiyotlar ustida mustaqil ishlash malakasining oshishiga va ilmiy tadqiqotning oddiy ko’nikmalarini egallashlariga imkon beradi.

Gumbolt nomidagi universitetning (Berlin, GDR) pedagogika kafedrasi qiyosiy pedagogika bo’limi boshlig’i G.Garskiyning ta’kidlashicha, qiyosiy pedagogik kursi studentlarga chet el xalq maorifi taraqqiyoti qonunlari, rivojlangan sosialistik jamiyat qurish sharoitida sosialistik mamlakatlar xalq maorifi va pedagogikasi taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari va milliy xususiyatlari haqida bilim beradi, kapitalistik mamlakatlardagi maorif tizimi inkirozining antagonistik ziddiyatlari va mohiyatini, maktab siyosati va pedagogik nazariyalarining paydo bo’lishi va bu mamlakatlardagi ta’lim-tarbiya amaliyotiga ta’sirini ochib beradi, bo’lajak o’qituvchilarni ko’pgina pedagogik hodisalarni ilmiy tahlil qilish va baholash, chet elda yoshlarga ta’lim berish va tarbiyalash pedagogikasi va amaliyotining ilg’or yutuqlarini oqilona tanlash va ularni o’z mamlakati o’quv-tarbiya muassasalarida qo’llash mumkinlishini ilmiy asoslash malakasi bilan qurollantiradi, o’qituvchilarni o’quvchilarni g’oyaviy–siyosiy tarbiyalash ishini muvaffaqiyatli olib borishga tayyorlashda yordam beradi.

Qiyosiy pedagogika bo’yicha maxsus kurs va maxsus seminarlarning maqsadi ko’p qirrali, studentlarni qiyosiy pedagogika tarixi va nazariyasi masalalari bilan. Uning taraqqiyot bosqichlari. Predmeti va vazifalari, pedagogika fanlari tizimidagi o’rni bilan tanishtirish.

Qiyosiy pedagogika yuzasidagi maxsus kurslarning farqlanadigan o’ziga xos xususiyati pedagogika institutlarida o’qish jarayonida studentlar olgan keng bilimlardanit foydalanish mumkinligidir. Studentlar psixologik-pedagogik va ijtimoif fanlarga oid bilimlariga tayanib, hozirgi zamonda murakkab pedagogik hodisalarni ilmiy-qiyosiy tahlil qilish malakasini egallaydilar. Bunda qiyosiy pedagogika sintezlovchi o’quv predmeti bo’lib, bir qator pedagogik va ijtimoiy –siyosiy bilimlar umumlashmasi xarakterini kasb etadi.

Davrimizga xos bo’lgan axborotlar sonining ko’payishi va xar bir fan doirasida tadqikot obyektlarining kengayishi uning asta-syokin tarmoklanishiga, mustaqil bo’limlar ajralib chiqishiga va yangi tadqiqot sohalarining paydo bo’lishiga olib kelmokda. Ayni chog’da yondosh fanlarning ma’lum bo’limlari kushilib, uyg’unlashib, bilimlarning yangi tarmoqlari (biofizika, bioximiya, astrofizika, ijtimoiy psixologik va x.k.) yuzaga kelmokda.

Pedagogika fan sifatida shakllangandan buyon asta-syokin tarmoqlanib bormoqda. Pedagogika fanlarining hozirgi zamon tizimida umumiy pedagogika, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogika, surdo, tiflo, oligofrenopedagogikalar, xususiy metodikalar, pedagogika tarixi singari mustaqil sohalar vujudga keldi. Hozirgi vaqtda pedagogikaning yangi sohalari: bolalar va o’smirlar xarakati pedagogikasi, kattalarni tarbiyalash va o’kitish nazariyasi, oliy maktab pedagogikasi va boshqalar rivojlanmokda. Pedagogika fanlari tizimidagi yangi sohalarga qiyosiy pedagogika ham kiradi.




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish