1 - Modul. Bola nutqi ilmiy tadqiqot predmeti sifatida
1. Fanning predmeti va vazifalari. Me`yor va patologiya tushunchasi
Reja:
1. Ontolingvistika bola tomonidan tilni egallash jarayonidagi nutqiy faoliyat ontogenezi haqidagi fan sifatida.
2. «Nutqiy faoliyat ontogenezi» predmeti, maqsadi va vazifalari. Uning boshqa fanlar tizimidagi o‘rni: psixofiziologiya, neyropsixologiya, psixolingvistika.
3. Me’yorda bolaning nutqiy va psixologik rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlarning zarurati.
4. Me’yorda nutqiy rivojlanish shartlari. Ijtimoiy omil. Fiziologik omil. Psixologik omil.
5. Til qobiliyati haqida tushuncha.
6. Zamonaviy logopediya uchun bolalar nutqini nazariy va eksperimental tadqiq qilishning ahamiyati.
Tayanch tushunchalar:
Ontogenez - jonli yoki o‘simlik organizmining tug‘ilganidan to hayotining oxirigacha individual rivojlanishi. Ontogenezda har bir organizm bosqichma- bosqich rivojlanish davrlarini bosib o‘tadi. Individum rivojlanishining perinatal, postnatal rivojlanish davrlari farqlanadi. Postnatal rivojlanish davri chaqaloqlik va ko‘krak yoshi davri, bolalik va kichik maktab yoshigacha, pubertat davri, yoshlik, qarilik davrlarini qamrab oladi.
Dizontogenez - organizmni individual rivojlanishining chetga chiqishi, buzilishi.
Norma - ma’lum, qat’iy belgilangan me’yor.
Patologiya - organizmdagi kasallik jarayonlari va organizmni normal holatdan chetga chiqishini o‘rganuvchi fan.
Bundan 130 yil oldin rossiyalik ko‘zga ko‘ringan lingvist A.A.Potebnya bir bolaning elektrolampochkaga qarab uni “tarvuzcha” deb ataganiga e’tibor qaratadi. Mana shu fakt olimni “Til va taffakur” kitobini jiddiy muhokama qilishiga sabab bo‘ldi. Sirtdan qaraganda bu yerda hech qanday muhim narsa yo‘q, bola yangi, o‘zi uchun yangilik bo‘lgan predmetni tashqi ko‘rinishiga qarab, undagi o‘xshashlik bilan o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan so‘z orqali yangi predmetni nomlagan. Ammo, hamma bochqichga mustaqil o‘tish lozim, bu haqida esa hali hech kim hech qayerda yozmagan. Axir bitta mana shu holatning o‘zida ko‘pgina qonuniyatlar jamlangan bo‘lib, ulardan bittasi - so‘zning yangi mazmunini topishga qiziqish, ko‘p ma’noli so‘zlarning rivojlanish hodisasi sodir bo‘ladi.
Yuz yil o‘tganidan keyingina psixolingvistika fani shakllandi va bolalar nutqi uning birinchi o‘rganish ob’ekti bo‘ldi. Hozirgi vaqtgacha nutqiy ontogenez muammolarini qamrab oluvchi soha alohida, mustaqil tadqiqot fani – psixolingvistikani ajralib chiqishiga talabgorlik qiladi (u yana ontolingvistika yoki bolalar nutqining lingvistikasi ham deb ataladi).
Nutqiy ontogenez – shaxsning tug‘ilganidan to umrining oxirigacha nutqiy shakllanishi va rivojlanishi majmuidir («ontogenez» atamasini nemis biologi Gekkel fanga kiritgan. 1866 y.).
Nutqiy ontogenez atamasi (grekcha “ontos” (mazmun, mohiyat) + “genez“ (rivojlanish) qat’iy ma’noda insoniyat nutqining butun hayoti davomida rivojlanishiga tegishli bo‘lib, ammo amalda bu atama bolalar nutqining rivojlanishiga nisbatan qo‘llaniladi.
Asosiy nutqiy ontogenezga odatda quyidagilar kiradi: a) erta, nutqgacha bo‘lgan davr deb nomlanuvchi, bolani tug‘ilganidan to bir yoshigacha davri; b) bir yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yosh davri, shuningdek, bolani maktab yoshidagi nutqiy rivojlanishini tadqiq qilish ham kiradi. Nutqgacha bo‘lgan davrdan nutqiy rivojlanish davriga o‘tish me’yordagi va sog‘lom bolalarda bir xil emas, ular rivojlanishning kalit vaqti – bolada birinchi so‘zlarning paydo bo‘lishi bilan farqlanadi.
Nutqiy ontogenez mavzusi ikkita aspektda ahamiyatli. Birinchidan, bolalar nutqini rivojlanishini tavsiflovchi, bolalar tarbiyasi monitoringi bilan bog‘liq faktlarni olish mustaqil sohada amaliy bilimlarni kengaytirish uchun ahamiyatga ega, shuningdek, rivojlanishida u yoki bu shakldagi buzilishlarga ega bolalarga yordam ko‘rsatish yo‘llarini ishlab chiqishda ham ahamiyatlidir. Ikkinchidan , bolalikda til–nutq qobiliyati tabiatiga to‘liq kirib borish uchun katta imkoniyatlar ochiladi.
Hozirgi vaqtda nutqni o‘rganish uchun turli fanlar o‘z e’tiborini qaratgan: psixologiya, logopediya, fiziologiya, psixoakustika, medisina, pedagogika. Bu qatordagi psixologiya qayd etib o‘tilgan bir qancha sohalar bilan tizimli aloqadorlikda va fanning bu muammosida asosiy fan sifatida ajralib turadi. Chunki u bolalar nutqi bilan bog‘liq muammolar majmuiga, nutq–til qobiliyati tabiatini tushunishga, uni rivojlanishi va faoliyatiga javobgar hisoblanadi.
Bolalarning ilk nutqi mavzusi hozirgi kunda jahon psixologiyasida katta o‘rin egallagan. Ko‘pgina mamlakatlarda bolalar nutqining rivojlanishini o‘rganadigan kuchli tadqiqot jamoalari mavjud, mutaxassislarning xalqaro o‘zaro hamkorligi ortib bormoqda, turli mamlakatlar (AQSh, Germaniya, Italiya, Finlandiya, Rossiya) psixologlarining hamkorligidagi kitoblar va jurnallar chop etilmoqda, muammo bo‘yicha yangi ishlanmalar taklif etilmoqda.
Yosh davrlar psixolingvistikasi – kompleks fan bo‘lib, insonning nutqiy qobiliyatini, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishni tadqiq qiladi. Yosh davrlar psixolingvistikasi psixologiya, logopediya, fiziologiya, psixoakustika, medisina, pedagogika kabi qator fanlar bilan uzviy bog‘liq.
Yosh davrlar psixolingvistikasining asosiy nazariyalaridan biri, nutq rivojlanishida nasliy va ijtimoiy omillarning munosabati haqidagi muammodir. Bu muammo doirasida nutq va tilga nasliy omillar qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash vazifasi turadi, chunki nutq ijtimoiy ta’sir mahsuli hisoblanadi. Bu muammoni hal etish nafaqat nazary, balki amaliy tomondan ham juda muhim. XX asrda “ijtimoiy model” deb nomlangan bolalar nutqining rivojlanishi haqidagi nazariya paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra, bolaning nutqi atrofdagilarning tilini o‘zlashtirilishi hisobiga, shuningdek, jamiyatning jamoaviy xatti harakatlari yo‘li bilan amalga oshadi. Uning asosiy qarashlaridan biri shundaki, bola atrofida eshitadigan tilda gapirishni boshlaydi. Ammo, yosh davrlar psixolingvistikasida ijtimoiy model ko‘pgina yechilmagan muammolar mavjud. Agar til ijtimoiy hodisa bo‘lsa, unda uni o‘zlashtirishda bolaning psixologik va psixofiziologik mexanizmlarining roli qanday? Tilni o‘zlashtirish qanday qonuniyat asosida amalga oshirilayapti? Nega mutaxassilarning nutqiy rivojlanishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlari yengib o‘tib bo‘lmas to‘siqlarga uchrayapti? Nutqiy ontogenezda nutqgacha bo‘lgan davrning ahamiyati nimada? Nima uchun bu davr dunyodagi barcha bolalar uchun bir xil?
Hozigi kunda inson nutqining rivojlanishiga nasliy omillarni ta’sir etishi to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Bunday xulosa qilishga ikkita omil sabab bo‘ladi. Bu – insonlarning nutqiy til qobiliyatlarini tadqiq qilishdagi psiogenetik tadqiqotlar natijalari va nutqiy ontogenezni o‘rganish jarayoni.
Psixogenetik tadqiqotlar bizga qator nutqiy belgilarni nasldan naslga o‘tishi haqidagi ma’lumotlarni keltiradi (Ushakova, 2004 b). Demak, tilning genetik komponentlarini o‘rganish uchun asrab olingan bolalarning lingvistik qobiliyatlari ularning biologik va asrab olgan ota-onalariniki bilan solishtirilib o‘rganildi. Bunda genetik omillar, muhitga nisbatan ancha kuchli namoyon bo‘lishi aniqlangan.( Cardon L., Fulker J., DeFries J., Cypher L., Fulker D., Plomin R.). Turli xil til buzilishidagi mexanizmalar nasldan naslga o‘tadi. (Hammer D., Copeland P.). Masalan, oilada buvi o‘zining nutqiy muammosini o‘zining beshta farzandidan to‘rttasiga bergan, o‘z navbatida 23 ta nabirasidan 11 tasida ham xuddi shu nuqson qayd etilgan.(S. Pinker). Bunda dizleksiyani kechishi kuzatilgan. U shu bilan xarakterlanadiki, psixik sog‘lom odamlar ham yozilgan so‘zlarni o‘qishda qiynalishadi, shuningdek, dizleksika turli shaklda insoniyat populyatsiyasining 5-30% oralig‘ida tebranib turadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, dizleksika oilaviy xarakterga ega: hech bo‘lmaganda oila a’zolaridan biri odatda dizleksik bo‘ladi (Hammer D., Copeland P.). Odamlardagi nutqiy faoliyatlarning boshqa shaklarida ham genetik omillar aniqlangan.(Plomin R., Emde R., Braungart J. et al. Reznick J.R., Corley R., and Robinson J. Ganger J., Stromswold K.).
Genetik omillar ta’sirlarini nutqiy ontogenezni o‘rganishda ham uchratish mumkin. Ular bolaning nutqgacha bo‘lgan davrida faoliyatlarning spontanligi va nutqgacha bo‘lgan ba’zi hodisalarni o‘zicha rivojlanishida namoyon bo‘ladi. (Beltyukov, 1977, 1988, 1997; Lyakso i dr., 2002; Ushakova, 2004a; 2004b ; Kuhl & Meltzoff, 1995 i mn.dr.).
Spontan qobiliyatini bola ovozlar yordamida dunyoga kelgan zahotiyoq o‘zining ichki psixologik holatini namoyon qilib aks ettiradi. Bu qobiliyat chaqaloqning yig‘isida, qiyqiriqlarida namoyon bo‘lib, u o‘z ichki kechinmalarini shu tarzda namoyon qiladi. Kattalar nutqi ham shunday tizmiga ega: ovoz yoki harakatlar yordamida u psixologik mazmunni aks ettiradi (emotsiyalar, xohish, istaklar). Bolaning birinchi qichqirig‘i – bu bo‘lajak nutqning psixologik tug‘ilishi bo‘lib, o‘zida eng asosiy sifat ichki psixologik holatni tashqi tovushli namoyon qilinishini qamrab oladi. Boshqa bolada paydo bo‘ladigan ovozli hodisalar (qichqiriq, yig‘lash, gugulash) ham spontanlik sifatini ko‘rsatadi. Ular ijtimoiylikka bog‘liq bo‘lmagan holda dunyodagi barcha bolalarga, eshitadigan va tug‘ma kar bolalarda ham bir xilda kechadi. Keyinchalik bola o‘zining rivojlanish qobiliyati asosida nutqiy tovushlar va so‘zlarni idrok etadi va farqlaydi, shu tariqa bolaning nutqiy tovushlarni ayta olish qobiliyati ham rivojlanib boradi. (Beltyukov, 1977, 1988, 1997; Lyakso i dr., 2002; Kuhl & Meltzoff, 1995; Cutler et Mehler, 1993; DeCasper, Fifer, 1980; DeSasper, Spence, 1986; Jusczyk, Frederici, 1993; Kuhl, 1994; Moon, Cooper, Fifer, 1993 va boshq.).
Ushakova tomonidan tovushli o‘zini namoyon qilish sababini tushuntiruvchi farazlar ilgari surilgan.(Ushakova, 2004b). U insonning nutqiy tizmini ishlashini reaktivligi haqidagi tasavvurlarga tayanadi. Inson miyasi tananing boshqa a’zolariga nisbatan ko‘ra boshqacharoq, ichki faol holatlarni aks ettiruvchi qobiliyati bilan ajralib turadi. Barcha faoliyatlar avval miyada aks etadi. Nutqiy ekspressiya turli harakat organlari orqali amalga oshiriladi. Artikulatsion apparat – ta’sir ko‘rsatuvchi kanallardan birigina xolos. Erta ontogenezda bolaning psixologik ta’sirlanishi nafaqat tovush hosil bo‘luvchi, balki boshqa organlarga ham tarqaladi: muskullar, qo‘l, oyoq, yuz. “Gapiruvchi” odamlarda mimika, pantomimika, umumiy hatti harakatlar bo‘ladi. Sub’ektiv nuqtai nazardan nutqiy faollik o‘zida gapirishni aks ettiradi, uning namoyon bo‘lishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda butun dunyoda o‘zlashtiradigan tilidan qat’iy nazar bir xil shaklda bo‘ladi. (Ushakova, 2004 a; Bates, Tomasello, 2002).
Nutqiy rivojlanishning yangi davri bola hayotining 1 yoshiga yaqin boshlanadi. Me’yorda rivojlanadigan bolalar atrofdagilar nutqini tushunishni, birinchi so‘zlarini qo‘llashni boshlaydi. Bularning hammasi bola atrofdagi tovushlarni idrok eta boshlaganida, atrofdagi odamlarning nutqiy elementlarini eshitib farqlay boshlaganida, unga ba’zi nutqiy tovushlarni talaffuz qila oladigan bo‘lganida, o‘zini ichki holatini aks ettira oladigan ba’zi so‘zlarni qo‘llay boshlaganidan keyin sodir bo‘ladi.
Birinchi bolalar so‘zlari sust tuzilgan tovushlar kompleksidan iborat bo‘lib, bolalarning gugulab gapirishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. O‘zining akustik shakliga ko‘ra ular odatda guvranishga (ma-ma, pa-pa, bo-bo shaklida) yaqin bo‘ladi va “gugulab” gapirish deb ataladi. Ularning ohangi butun dunyo bolalarida bir-birinikiga o‘xshaydi. Bolalarning birinchi so‘zlari faqat yaqinlarigagina tushunarli bo‘ladi. Bolalardagi birinchi so‘zlar, odatda, aniq mazmunga ega bo‘lmaydi, ular aniq predmetlar yoki hodisalarni nomlay olmaydi. Ularning semantikasi o‘ziga xos bo‘lib, ular bir so‘zli gaplar sifatida guruhlanadi. Bu o‘ziga xoslik shundaki, bola bir so‘z bilan butun bir vaziyatni bildiradi, shuningdek, bir so‘z bilan bir qancha vaziyatlar tavsiflanadi, bu esa adabiyotlarda ko‘p marta yoritilgan.(Gvozdev, 1961, 1981; Kolsova, 1979 va boshq..). Bolalalarning birinchi so‘zlari alohida, ketma-ketlikka ega emas va so‘z o‘zgartirish shakllarisiz qo‘llaniladi.
Shnuday savol tug‘iladi: nima uchun bolalar aynan shu yoshda so‘zlardan foydalanishni boshlaydi? An’anaviy nuqtai nazarga ko‘ra, so‘z va predmet o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatganidan keyin paydo bo‘ladi. Bu nuqtayi nazar tadqiqotlarda tekshirilib, bunda bolalarni tovushlarni ma’lum ko‘ruv tasavvurlari moslashtirish qobiliyatlari o‘rganilgan.(Haith, 1994). Tadqiqotlar bularni hali so‘z sifatida namoyon bo‘lishi uchun, uni to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi.
Bola nutqida so‘zni paydo bo‘lishi haqidagi savolga javob - uning nutqini psixologik faoliyatini qayd etuvchi – uni intensialligini ko‘zda tutadi. So‘z bola ntimanidir xohlashini tushunishni boshlaganida, uni tushunishini xohlaganidan, u yoki bu taassurot qoldirishni xohlaganida paydo bo‘ladi. Mana shu esa nutqning intensial tomonini tushunish bo‘ladi.(Bates and Tomasello, 2002; Ushakova, 2004 a). Bola so‘zlardan foydalana boshlaganda, u so‘zlar bilan o‘z istaklarini bildiradi, uning birinchi so‘zlari butun bir yashirin gaplarni aks ettiradi. To‘p – to‘p olishni xohlayman deganini bildiradi.(Bates, Tomasello, 2002); sandiq so‘zi bilan sandiqni orqasiga qulab tushganini bildirishadi (A.N. Gvozdev, 1961) va hokazo.
Bola nutqida so‘zlarning paydo bo‘lishi uni intellektual va nutqiy rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Keyingi ancha muhim bosqich - so‘zlarni ketma-ket , gaplarda qo‘llanilishi bosiqichi. Ularning paydo bo‘lishi yosh bolaning psixikasida grammatik operatsiyalarning rivojlanishidan dalolat beradi. Bola tomonidan tuzilgan gaplar, hatto eng soddalari ham butun bir grammatik munosabatlar va tizimni ochishni ko‘zda tutadi. Kognitiv planda bu turdagi operatsiyalar kategorial tizim doirasida, verbal jarayon kechadigan tizimlarni qayta ishlashda namoyon bo‘ladi.
Bolaning kognitiv sohasidagi grammatik jarayonlarini tushuntirish uchun juda ko‘p nazariy farazlar mavjud. Farazlarning mazmni ham turlicha: N.Xomskiyning nativistik tushuntirishi, J.Piajening konstruktivistik, A.N.Gvozdeva, D. Slobina, Dj.Bruneralarning kognitivistik tushuntirishlari (Ushakova, 2004 b).
Bolalarning so‘z borasidagi ijodkorligini tadqiq qilish bu hodisani 3-7 yoshli bolalar o‘rtasida keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Bolalar tomonidan orginal so‘zlarni (neologizmlarni) hosil qilinishi bolalar grammatikasini shakllanishining debochasi bo‘lib xizmat qiladi (Ushakova, 1979; 2004a). Bolalar so‘zli ijodkorligi materiallarida tadqiqotchi quyidagi qonuniyatlarni aniqlaydi: qabul qilinadigan so‘zli signallarni tahlil qilish va keyin hosil bo‘lgan elementlarni sintezlaydi. Bu operatsiyalarning ketma-ketligi natijasida orginal so‘zlar (bolalar neologizmlari) paydo bo‘ladi, shuningdek, mantiqiy va grammatik so‘zli kategoriyalar yashirish shakllanadi.
Bolalar so‘zli ijodkorligi o‘zida grammatik tizimni shakllantirish yo‘llarini ochadi va bola tomonidan atrofidagi tilni tez va muvaffaqiyatli egallashini tushuntiradi. Bu bola psixikasida tilning grammatik tuzilishini shakllanishini tushuntirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Tavsiflangan analitik va sintetik jarayonlar bolaning kognitiv sohasida avtomatik, ongsiz kechadi va tug‘ma dasturlar faoliyati natijasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |