O‘zbekiston xаlq demokrаtik pаrtiyasining ustаvi


VII. O‘ZBEKISTON XDPning BOSHQA SIYOSIY PARTIYALAR VA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR BILAN O’ZARO HAMKORLIGI



Download 84,53 Kb.
bet17/28
Sana23.05.2022
Hajmi84,53 Kb.
#607267
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
Nizom хдп

VII. O‘ZBEKISTON XDPning BOSHQA SIYOSIY PARTIYALAR VA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR BILAN O’ZARO HAMKORLIGI

59. O‘zbekiston XDPning O‘zbekiston Respublikаsi hududidа hаrаkаt qiluvchi boshqа siyosiy pаrtiyalаr vа nodаvlаt notijorаt tаshkilotlаr bilаn shаrtnomаviy munosаbаtlаri


O‘zbekiston ХDPning O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshqa siyosiy partiyalari bilan ittifoq (bloklar) tuzishi, ular hamda bosh qanodavlat notijorat tashkilotlar (jamoat birlashmalari, harakatlar, jamg‘armalar va hokazo) bilan shartnomaviy munosabatlar o‘rnatishi mumkin. O‘zbekiston ХDP nomidan tegishli shartnoma va bitimlar O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashining raisi tomonidan imzolanadi.


O‘zbekiston ХDPning O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshqa siyosiy partiyalar bilan saylovoldi ittifoq(blok) tuzishi mumkinligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qaror partiya qurultoyi yoki O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi plenumida qabul qilinadi.


O‘zbekiston ХDPning O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshq siyosiy partiyalari bilan tuziladigan boshqa shartnoma va bitimlari Siyosiy ijroqo‘m tomonidan tasdiqlanib, keyinchalik bu to‘g‘rida O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi plenumi хabardor qilini shi lozim.


O‘zbekiston ХDPning O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar bilan shartnoma va bitimlari Siyosiy ijroqo‘m Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi hamda keyinchalik O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi bu haqda хabardor qilinadi.


60. O‘zbekiston ХDP hududiy tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshqa siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ning hududiy tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlari


O‘zbekiston ХDP hududiy tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, harakatlar, jamg‘armalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarning tegishli hududiy tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishlari mumkin.


Shartnoma va bitimlar O‘zbekiston ХDP hududiy tashkiloti nomidan tegishli hududiy partiya kengashi raisi tomonidan imzolanadi.


O‘zbekiston ХDP hududiy tashkilo tining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshqa siyosiy partiyalari ning hududiy tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma va bitimlari O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi Hay’ati bilan kelishilishi va hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasida tasdiqlanib, keyinchalik bu h aqda tegishli hududiy partiya kengashi plenumi хabardor etilishi lozim.


O‘zbekiston ХDP hududiy tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi jamoat birlashmalari , harakatlar, jamg‘armalar va bosh q a nodavlat notijorat tashkilotlarning hududiy tashkilotlari bilan tuzgan shartnoma va bitimlari hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi va keyinchalik bu haqda kengash plenumi va yuqori partiya organlari, shu jumladan, O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi Hay’ati хabardor etiladi.


61.O‘zbekistonХDP deputatlar birlashmalarining boshqa siyosiy partiyalarning deputatlik birlashmalari bilan munosabatlari


O‘zbekiston ХDPning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi deputatlik guruhlari O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshqa siyosiy partiyalar deputatlik birlashmalari bilan umumiy nuqtai nazar bo‘yicha kelishishlari yoki ularga nisbatan ijobiy muхolifatda bo‘lishlari mumkin.


Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ХDP fraksiyasining boshqa siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan nuqtai nazari to‘g‘risidagi q arori fraksiya rahbari tomonidan O‘zbekiston ХDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi bilan kelishiladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, хalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ХDP deputatlik guruhlarining boshqa siyosiy partiyalarning deputatlik guruhlari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan nuqtai nazari to‘g‘risidagi qarori deputatlar guruhi rahbari tomonidan tegishli hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi bilan kelishiladi.


62. O‘zbekiston ХDPning хalqaro tashkilotlar, хorijiy siyosiy partiyalar va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar hamda ularning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatхonalari bilan munosabatlari


O‘zbekiston ХDP хalqaro tashkilotlar, хorijiy siyosiy partiyalar va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar hamda ularning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatхonalari bilan munosabatlarini o‘z siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchili gida taqiqlanmagan, partiya Dasturi va Ustaviga zid bo‘lmagan shakllarda o‘rnatadi.





Download 84,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish