15
Dizelning gaz traktida o’rnatilgan gazoturbinali kompressor yordamida
dizel havo bilan ta’minlanadi. Havo uzluksiz ishlaydigan ikki bosqichli,
vaqt-vaqti bilan, moyli vannada aylanib turadigan metall to’rdan yasalgan
kassetali (1-bosqich) va moylangan metall to’rli siljimas kassetali (2-
bosqich) havo tozalagichlar 25 orqali tozalanadi. Ular havoning 98%
tozalanish darajasini ta’minlaydilar. Noxush meteorologik sharoitlarda
havo dizel xonasidan olinadi.
Dizel suvi hamda havo sovutgichdagi havoni sovutadigan suvni, shu
bilan birga issiqlik almashtirgichdagi
moyni sovutish, teplovoz seksiyasi-
ning orqa qismida joylashgan, har biri 1356 mm uzunlikdagi 38 ta radiator
seksiyasi va to’rtta motor-ventilyatordan iborat bo’lgan sovutish qurilmasi
yordamida amalga oshiriladi. Moy issiqlik almashtirgichda 22 sovutiladi.
Suv va moy harorati avtomat tarzda, shu bilan birga qo’l yordamida motor-
ventilyatorlarning muayyan kombinatsiyasini yoqish hamda yonlama va
yuqori jalyuzilarni ochib-yopish bilan saqlab turilishi mumkin.
Sinxron generatorning o’zgaruvchan toki lavinasimon kremniyli
ventillarda ikki parallel “ko’prikcha” ko’rinishida ishlangan UVKT-5
tipidagi to’g’rilash uskunasi yordamida to’g’rilanadi. Har bir “ko’prikcha”
generatorning stator cho’lg’amlarining biridan ta’minlanadi. ED118A yoki
ED118B tortuv dvigatellari uskunaga oltita parallel zanjirlar orqali ulanadi.
Teplovoz tezligi bo’yicha dizel quvvatidan foydalanishning zarur
diapazoni qo’zg’alishning ikki bo’shatish bosqichi (36 va 60%) hisobiga
amalga oshiriladi.
Generator, to’g’rilash uskunasi va tortuv
elektr dvigatellari motor-
ventilyatorlar (1 va 25) yordamida sovutilib, ular havoni tom va kuzovning
yon qiya yuzalaridagi tirqishlar orqali tomdagi qutilarda joylashgan
moylangan to’rli filtr-kassetalar tortib oladilar. Havo kanallari 8 orqali
ventilyatorlarga kelib tushadi va shundan keyin elektr mashinalarga olib
kelinadi. Havoning tozalanish darajasi – 80%. Noxush ob-havo (meteoro-
logik) shart-sharoitlarida tomdagi maxsus lyuklarni yopib qo’yib, havoni
dizel xonasidan olishga o’tish mumkin.
Mashina xonasi kabinadan oraliq xona (tambur) bilan ajratilgan bo’lib,
unda elektr apparatiga ega bo’lgan uchta apparat (yuqori voltli) kameralari
20 joylashadi. Tamburning mavjudligi kabinadagi shovqin darajasini
pasaytiradi. Mashinist kabinasi sanoat
sanitariyasi va ergonomika
talablariga binoan lokomotiv brigadalarining qulay ish sharoitlarini
ta’minlab beradi. Teplovozning qum tizimi, qumni tejash maqsadidagi, har
bir aravacha g’ildiragi tagiga qum keltirilishini ko’zda tutgan, oddiy qum
keltirish tizimi bilan birga uni faqat oldingi g’ildirak juftligi tagiga uzatish
imkonini beradi.
16
Teplovoz yong’inga qarshi (o’t o’chirish) avtomat signalizatsiyasi,
shuningdek, teplovozni favqulodda to’xtatish sxemasi bilan jihozlangan
bo’lib, ya’ni “Favqulodda to’xtash” tugmachasi bosilganidan so’ng
lokomotiv brigadasi kabinani tark etishi mumkin – dizel avtomat tarzda
to’xtab, favqulodda
tormozlanish yuz beradi, g’ildirak juftliklari tagiga
qum uzatilib, tifonli tovush signali beriladi. Teplovozning elektr sxemasida
blokli va individual bajarilgan yarim o’tkazgichli texnika keng qo’llanilib,
buning hisobiga rele miqdori kamayib, sxema ishining ishonchliligi ortadi.
2TE116 teplovozlaridan foydalanishning ko’p yillik tajriba va
kuzatishlari natijalari, shuningdek alohida konstruktiv va texnologik
masalalar ustida olib borilgan eksperimental tadqiqotlar 1982 yildan bosh-
lab ishlab chiqarilayotgan ushbu teplovozning 2TE116A takomillashtiril-
gan variantida o’z aksini topdi.
Ushbu teplovozda, uskunalarni kompleks
ravishda takomillashtirishdan tashqari tubdan yangicha konstruktiv
yechimlari tatbiq etilgan. GS501 generatori, qo’zg’atgich va to’g’rilash
uskunasining o’rniga A-714 yagona tortuv agregati qo’llangan. Ko’makchi
mashinalarni
harakatga keltirish uchun
asinxron dvigatellar qo’llanilgan.
Ularni ta’minlash kuchlanishini barqarorlashtirish hisobiga ushbu
dvigatellarning ishlash sharoitlari yaxshilangan.
Teplovozda quyidagilar
ham qo’llangan: TE121 teplovozi kuzov bilan unifikatsiyalangan,
uskunalar komponovkasi yaxshilangan, yuk ko’tarish kuzovi; elektr
mashinalarini sovutish uchun markazlashtirilgan havo ta’minoti; nisbatan
mukammal avtomat kompleks qurilmalari. 1A-5D49 dizeli nisbatan
ishonchliroq qilib bajarilgan (ikkinchi ijrosi). Bunda cho’yan val po’lat
valga
almashtirilgan, tub vkladishlar qalinligi 4,91 dan 7,34 mm gacha,
shuningdek, ularning eni 80 dan 90 mm gacha orttirilgan. Tishli ulanma
o’rniga qo’llanilgan osmalarning yassi ulanmasi bo’lib, u dizel ostovi bilan
taraqqiy etgan ulanish yuzasiga ega. Ular ostovga qo’shimcha ravishda
to’rtta gorizontal boltlar yordamida mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: