O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan


Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy sohalardagi yangilanishlar



Download 2,66 Mb.
bet72/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

3. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy sohalardagi yangilanishlar.
Ma‘lumki 1995 yildan boshlab mamlakatimizda ijtimoiy- siyosiy jarayonlarning, tub islohotlarning ikkinchi davri boshlandi. Bu bosqichning vazifalari va xususiyatlarini Birinchi Prezident I. Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 23 fevraldagi birinchi majlisida qilgan “O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolning asosiy tamoyillari” nomli ma‘ruzasida belgilab berdi.
Bu dasturiy ma‘ruzada jamiyatni demokratiyalashtirishning muhim shartlari ko`rsatilgan. Bu shartlar nimalarda iborat?
Demokratik jarayonlar ob‘ektiv qonuniyati asosida rivojlanadi. Tabiiyki, bu qonuniyatlarni o`rganib borish va ularga amal qilish talab etiladi.
Birinchidan, tub yangilanish davrida milliy an‘analarga, qolaversa, Sharqona demokratik jarayonlarning o`zigaxos xususiyatlariga tayanib ish tutish, ulardan yangi o`zgarishlarga mos holda oqilona foydalanish zarurdir. Jamiyatni demokratiyalashtirishning ikkinchi muhim sharti - bu odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o`zgarishlar darajasi va sur‘atlari bir-biriga qanchalik mutanosib ekanligini hisobga olishdir.
Tarixiy tajribalar shundan dalolat beradiki, demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib ko`r-ko`rona ko`chirish aslo samara bermaydi. Demokratiyaning o`z-o`zidan vujudga kelmasligini ham insoniyat bosib o`tgan taraqqiyot yo`li isbotlaydi. Birinchi Prezident I.Karimov bu xususda shunday ta‘kidladi: “Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib, ter to`kib, hayotning achchiq-chuchugini obdan totib, kiyin, aytish mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham boshdan o`tkazib, og’ir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin.
Demokratik jarayonlarning uchinchi sharti shuki, demokratik jarayonlar xalqimiz milliy madaniyatining o`zigaxos jihatlarini hisobga olib, uning tabiatini o`zida mujassam etmog’i kerak.
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi, tub isloxatlarni amalga oshirishdagi 1995 yildan boshlangan jarayonlar ikkinchi bosqichning bosh vazifasi demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishdan iborat edi.
O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining 1996 yil 26 avgustida bo`lib o`tgan VI sessiyasida nutq so`zlagan Birinchi Prezident I.Karimov ana shu yangi davrni ta‘rifladi va demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish tamoyillarini ko`rsatib berdi:
1) Jamiyatni tubdan yangilash va turmushimizning barcha sohalarida tub islohotlarni amalga oshirish, shu asosda demokratik tamoyillarni turmush tarziga aylantirish uzoq davom etadigan o`zluksiz jarayondir. Jamiyatda demokratiyani chuqurlashtirish izchillikni taqozo etadigan, sobit qadamlik bilan turli qarshiliklarni va tuskinlarni yengib, eskicha qoliplarni sindirib tashlab, yangicha tafakkur tarzini joriy qiladigan murakkab jarayondir;
2) Jamiyatni demokratlashtirish - bu bevosita iqtisodiy islohotlardan tortib huquqiy, siyosiy va ma‘naviy yangilanishlarga tayangan voqelik. Afsuski, “demokratiyalash jarayonining ayni ana shu huquqiy, siyosiy va ma‘naviy jarayonlari iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolmoqda” deb sessiyada ta‘kidlangan edi. navbatida bu holat hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tizimlari hamda jamoat tashkilotlarining faoliyatini kuchaytirish, ta‘sirchanligini va ish samaradorligini oshirish zarurligini ko`rsatadi. Aniqrog’i, ular faoliyatini inson huquqlari va erkinliklarini ximoya qilishning butun bir tizimini yaratishga, bu sohada uzoq muddatli pirovard maqsadlarni inobatga olgan strategik dasturlarni ishlab chiqishga, shu yo`l bilan odamlar tafakkurida o`zgarish yasab, jamiyat ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga safarbar etish lozimligini ko`rsatadi;
3) Qonun ustivorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta‘minlash lozim. Eng avvalo huquq-targ’ibot ishlarini, qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarni xalqaro mezon va andozalarga moslashtirish zarur. Ma‘lumki, hozirgi paytda jahonda mazkur masalaga doir yetmish xil andoza mavjud bo`lib, ularning barchasi jahon hamjamiyatida tan olingan tamoyillar hisoblanadi;
4) Aholining siyosiy faolligi bevosita uning jamiyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga qanchalik dahldorligi bilan belgilanadi. Agar fuqaro siyosiy va ijtimoiy jihatdan faol bo`lsa, u o`z-o`zini boshqarishga va shu orqali jamoa harakatini shakllantirishga, uning mazmunini chuqurlashtirishga qodir bo`ladi.Fuqaro o`zini erkin xis qilsa, erkin fikrlasa, oldin fikrining to`g’riligiga, jamiyat uchun foydaligiga ishonsa, so`ng uni hech qiynalmasdan bayon qilsa, ana shundagina demokratiya o`z-o`zidan jamiyatning tarkibiy qismiga aylanadi, unda mustahkam o`rnashib oladi;
5) Oliy Majlisning VI sessiyasida hokimiyat bo`linishi tamoyillariga qat‘iyan amal qilish demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning muhim omili sifatida ko`rsatildi. Bu ayniqsa, o`tish davrida jamiyat boshqaruvini takomillashtirishga, uning barqarorligini ta‘minlashga, fuqaro va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog’liklikni chuqurlashtirishga zamin yaratadi.
Ana shu tamoyillarning barchasiga rioya qilish huquqiy demokratik davlat ildizlarini chuqurlashtirishga, uni har jihatdan mustahkamlashga, davlatni qudratli mexanizmga aylantirishga yordam beradi.
Birinchi Prezident I.Karimov bosh islohotchi-davlatning istiqbol rejalari va strategik dasturlari xususida gapirar ekan, quyidagi xulosani o`rtaga tashladi:
“Shunday davlat va ijtimoiy tuzilma yaratish kerakki, unda kuchli markaziy hokimiyat sa‘y-harkatlarini mudofaa, davlat xavfsizligi va fuqarolarning xavfsizligi, tartib-intizom, tashqi siyosat, valyuta-moliya, soliq tizimini shakllantirish, qonunlar qabul qilish va jamiyatning boshqa strategik vazifalarni amalga oshirish singari asosiy umum milliy vazifalarga qaratmog’i zarur. Boshqa masalalarni xal etish esa asta-sekin markazdan joylarga, davlat hokimiyati organlaridan jamoat birlashmalari va fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlariga o`tkazilishi lozim”.
Ana shunday sharoitda jamiyatda demokratiya chuqrlashadi, fuqorolarning ijtimoiy faoliyati kuchayadi. Joylarda o`z-o`zini boshqarishganlari ishi bevosita barcha fuqarolarning ishtirokisosida takomillashib boraveradi.
Siyosiy va ijtimoiy hayotda demokratiyaning o`rni va mohiyati to`g’risidagi fikr va mulohazalarni Birinchi Prezident I.Karimov jahon “O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari” nomli kitobida yanada kengroq ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitdi (T.,“O`zbekiston”,1997). Xususan, kitobda demokratiya tushunchasiga qo`yidagicha ta‘rif berilgan:
“Umumiy tarzda demokratiya deganda hammaning manfaatlari yo`lidako`pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat qilish tushuniladi. Batafsil tahlil qilinganda esa demokratiya-xalqning erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, har bir shaxsning manfaatlari va huquqlarini o`zboshimchalik bilan cheklashlar va shu yusindagi harakatlardan ximoya qilish ham, fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish shakli ham ekanligi ayon bo`ladi”. Birinchi Prezident I.Karimov jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini aniqlaydigan kamida uchta mezon borligini ta‘kidlaydi.
Birinchisi - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardor ekanligi;
Ikkinchisi - Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi;
Uchinchisi – oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etish; “Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo`lmas ekan;-deb yozadi Birinchi Prezident I.Karimov - demokratiya haqidagi hamma gap-so`zlar yo halqqa xushomad qilish, yoki oddiy siyosiy o`yin bo`lib qolaveradi”.
O`zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov 1999 yil 14 apreldagi birinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida qilgan “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” nomli ma‘ruzasida XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohatlarni chuqrlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi ustivor yo`nalishlarini belgilab berdi. Shunday muhim ustivor yo`nalishlardan biri-mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishdir.
Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasi katta ahamiyat kasb etishini alohida qayd qilar ekan Birinchi Prezident I.Karimov shunday dedi: “Bu boradagi asosiy vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarni mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o`z-o`zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o`tkaza-borish, ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat”1.
1999 yildan mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida, iqtisodiy islohotlar sohasida yangi bosqich boshlandi. Bu bosqichda ya‘ni davlat ijtimoiy tuzilmalar va hokimlik idoralarning diqqat markazida jamiyatni yangilash va isloh etish bo`yicha turgan vazifalarni Birinchi Prezident I.Karimov ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi (2000 yil 22 yanvar) “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz” ma‘ruzasida belgilab berdi.
Xususan, siyosiy sohadagi vazifalar quyidagilardan iboratligi qayd etildi;
mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;
mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma‘nodagi ko`ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;
nodavlat tuzilmalar, hukumatga qarashli bo`lmagan va jamoat tashkilotlarning,fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish; odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi kuchayib borgani sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o`tkazib borishi zarur.
jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang- barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini yaratish;
inson huquqlari va erkinliklarini, odamlarimiz ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
Sessiyada davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi muhim vazifalridan biri-hokimiyat tizimlari bo`linishining konstitutsion printsipiga amal qilinishini ta‘minlashdan iborat deb ko`rsatildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis va joylardagi vakillik organlari bo`lgan viloyat, shahar va tuman kengashlarining Konstitutsiya hamda qonunlarda ularga berilgan vakolat va nazorat vazifalalrining so`zsiz amalga oshirilishiga erishish zarur.
Mustaqillikning o`tgan davrida davlat qurilishi va boshqaruvi tizimida anchagina ijobiy ishlar amalga oshirilganiga qaramay, markazda va joylarda amaldagi boshqaruv tizimining har bir bug’ini vazifasi, vakolatlari va mas‘uliyatini yaxshi va chuqr anglaydigan, uni yuqori malaka bilan bajaradigan yaxlit samarali mexanizm sifatida faoliyat ko`rsata olmayotganligi Birinchi Prezident o‘z I.Karimov ma‘ruzasida qayd etildi.
Shuning uchun “mamlakatda amaldagi Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat ko`rsatadigan, ishni barqaror va faol tashkil qiladigan, mohiyatiga ko`ra jamiyatimizning olga siljishiga halaqit berayotgan barcha illat va eski asoratlarga qarshi kurasha oladigan tizimni vujudga keltirish zarur”- deb ko`rsatdi Birinchi Prezident I.Karimov2.
O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo‘lib, davlat ramzlari belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabr VIII sessiyasida 13 moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Davlat bayrog‘i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yor­qin ramzi bo‘lib ­qoldi.
1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 8 moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Davlat gerbidagi h­ar bir belgi chuq­ur ma'noga ega. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Xumo qushi kumush rangda, q­uyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar ­havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq­ rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.
1990 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mad­hiyasi to‘g‘risida»gi (12 moddadan iborat) Qonun qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.
1991 yil 14 sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda XXIII s'ezdi bo‘lib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot — «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zbekiston XDP)»ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi. 1991 yil 1 noyabr Toshkentda bo‘lib o‘tgan I ta'sis qurultoyida O‘zbekiston XDP ga asos solingan. Bu qurultoyida partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.
O‘zbekiston XDPsining «O‘zbekiston ovozi», «Golos Uzbekistana» gazetalari va «Muloqot» jurnali nashr etilmoqda.
«Vatan taraqqiyoti» partiyasi (VTP)—1992 yil 24 mayda Toshkentda bo‘lib o‘tgan I ta'sis qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1992 yil 10 iyulda Vatan taraqqiyoti partiyasini ro‘yxatga olgan.
O‘zbekiston Vatan taraqqiyoti partiyasining nashri «Vatan» gazetasi ega edi. VTP 2000 yil 14 aprelda Fidokorlar milliy – demokratik partiyasi bilan birlashib Fidokorlar milliy demokratik partiyasi nomini oldi.
O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi («Adolat» SDP) — 1995 yil 18 fevralda Toshkentda bo‘lgan I ta'sis qurultoyida tuzildi, uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995 yil 18 fevralda «Adolat» SDPni ro‘yxatga olgan.
Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish