Tayanch tushunchalar: Iqtisodiy taraqqiyot, bozor munosabatlari, «o`zbek modeli» ning ishlab chiqilishi, bozor munosabatlarining huquqiy jihatdan ta‘minlovchi qonunlar, davlat mulkini xususiylashtirish, ko`pukladli iqtisodiyot, mulkdorlar sinfining shakllanishi, Agrar islohotlar, Dehqon - fermer xo`ligining vujudga kelishi, bozor infra tuzilmasi, g’alla mustaqilligi. Ma‘naviy meros, madaniy taraqqiyot, buyuk allomalar, buyuk siymolarning tavalludini nishonlash, Milliy qadriyatlarning tiklanishi, Ta‘lim islohotlari, Milliy istiqlol mafko`rasi, Milliy g’oya. Ma‘naviy meros, madaniy taraqqiyot, buyuk allomalar, buyuk siymolarning tavalludini nishonlash, Milliy qadriyatlarning tiklanishi, Ta‘lim islohotlari, Milliy istiqlol mafkurasi, Milliy g’oya.
1. O`zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirish yo`li. Iqtisodiy islohotlar, uning strategiyasi, ustuvor yo`nalishlari va bosqichlari.
O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin umumbashariy jahon sivilizatsiyasining katta yo‘liga tushib oldi. Turli mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xox Amerika yoki Germaniyada bo`lsin, xox Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo`lsin, baribir umumiy qonunlar bo`yicha rivojlanib borgan holda har biri jahon o`zigaxos xususiyatlariga ham ega bo`lgan. Bu xususiyatlar xo`jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqlimi, milliy rasm-rusumlari, an‘analari va milliy harakteri orqali belgilanadi.
O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tishning yo`li ishlab chiqildi Bu yo`lning asosiy qoidalari Birinchi Prezident I.Karimovning “O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`zigaxos yo`li” nomli asarida, respublika parlamentida qilgan ma‘ruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo`lga , birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi.
Ikkinchidan, respublikaning xo`jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, yakka hokimlik tizimidan meros bo`lib qolgan muammolar hisobga olindi. Bizga sobiq Ittifoqdan murt, zaif, bir yoqlama rivojlangan, paxta yakka hokimligi va boy mineral-xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot meros bo`lib qolgan edi.
Iqtisodiy rivojlanishning xom ashyoviy yo`nalishini, xom ashyoni oddiy-sodda qayta ishlash quvvatlarining ibtidoiy darajasini ishlab chiqarishning chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskuna va butluvchi qismlarga butkul qaramligini hisobga olsak, bu og’ir merosning noqobil jihatlari yanada yorqin namoyon bo`ladi. Bu og’ir merosning yana bir xususiyati - respublikaning yoqilg’i va g’alla masalasida markazga qaramligida, un, shakar, gusht, sut mahsulotlari kabi eng muhim oziq-ovqat mollarining, boshqa xalq iste‘moli tovarlarining, tayyor mahsulotlarning chetdan olib kelishlarida yaqqol ko`rinadi.
Mamlakatimizdan katta miqdordagi yetishtirilgan paxta xosilining aksariyat hajmi moddiy boylik suv-tekinga tashib ketilar edi. Oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida o`ta haridorgir bo`lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O`zbekiston xazinasiga tushmas edi.
Bunday vaziyat respublikada o`tkir ijtimoiy, ekologik muammolar hal etilmayotgan, nufo`zi jadal sur‘atda o`sib borayotgan, aholi turmush darajasi jihatidan sobiq SSSRda eng oxirgi o`rinlardan birida turgan paytda ro`y berayotgani ayniqsa, achinarli edi. Masalan, 1990 yilda Rossiya va Ukrainada 30 foiz aholining daromadi tirikchilik o`tkazish uchun zarur bo`lgan eng qo`yi darajadan kam bo`lgan bo`lsa, O`zbekistonda aholining 70 foizi shunday ahvolda yashardi.
Shunday ulkan salohiyatga ega bo`lgan mamlakatni kamsitadigan og’ir axvolga solib qo`yib, u qonuniy xaqli ravishda o`zigaqarashli bo`lgan mablag’ni markazdan dotatsiya sifatida so`rab, aytishi mumkin-ki, yolvorib olishga majbur bo`lgan edi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda ana shunday vaziyat inobatga olindi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`lini belgilashda mamlakatimizning tarixan tarkib topgan milliy qadriyatlari, xususiyatlari, an‘analari va manfaatlari hisobga olindi.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, davlatchiligini qo`lgakiritish, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qaerda yengil va osonlikcha bo`lmagan. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat taraqqiyot yo`lini izlaydi. Yangi jamiyat barpo etishda andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o`rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e‘tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etadi. Dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yo`lining turli variantlari mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya modellari va boshqalar bunga misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning tajribasi ham shuni ko`rsatadi. Ikkinchi jahon urushdan keyin Yevropa mamlakatlari va Yaponiya xalq xo`ligini qayta tiklash ham buning amaliy namunasidir.
O`zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to`plangan va respublika sharoitiga tadbiq qilsa bo`ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan samarali foydalandi. Gap biron bir modelni, Hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham ko`r-ko`rona ko`chirib olish to`g’risida borayotgani yo`q. Aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo`ljallangan bo`lsa, o`shamamlakatning o`ziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |