Sharof Rashidovning 100 yillik tavalludini nishonlash to’g’risidagi Prezident qarori



Download 26,97 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi26,97 Kb.
#786027
  1   2
Bog'liq
Sharof Rashidovning 100 yillik tavalludini nishonlash to


Sharof Rashidovning 100 yillik tavalludini nishonlash to’g’risidagi Prezident qarori
Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Respublikamizni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining100-yilligini munosib nishonlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va jamoatchilik vakillarining xalqimizning otashqalb farzandi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga muvofiq Jizzax viloyati Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash bo‘yicha tegishli choratadbirlar rejasini ishlab chiqsin. Ushbu rejada: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida uning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasini barpo etish va haykalini o‘rnatish; xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni atoqli davlat arbobi va adib Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jizzax shahrida uning memorial uy-muzeyini tashkil etish va muzey hududini obodonlashtirish; O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan adibning “Saylanma” kitobini; Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish; Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish; O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish; mamlakatimizdagi oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida xotira tadbirlari tashkil etish; O‘zbekiston Milliy axborot agentligi 13.10.2017 O‘zA - Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov-tavalludini 2017-yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax va Toshkent shaharlarida Sharof Rashidov tavalludining 100- yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasini o‘tkazish tadbirlari nazarda tutilsin. 5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV Toshkent shahri, 2017-yil 27-mart

Download 26,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish