Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish kerak. Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma‘nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
Ikkinchidan, murakkab o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi bo`lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lishi , iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi yo`nalishlarini belgiilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o`zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak.
Uchinchidan, qonun ustivorligiga erishish, qonunlarga rioya qilish lozim. Buning ma‘nosi shuki, demokratik yo`l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim.
To`rtinchidan, demografiya sohasidagi real ahvolni, aholining mavjud turmushi darajasini hisobga olgan holda bozor munosabatlariga o`tish bilan bir qatorda kuchli ijtimiy siyosatni o`tkazish. Ijtimiy ximoyalash va kafolatlarning kuchli, ta‘sirchan mexanizmi mavjud bo`lgandagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlagan holda bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishni ta‘minlash mumkin.
Beshinchidan, yangi iqtisodiy bozor munosabatlarini puxta uylab, bosqich ma-bosqich , ya‘ni evolyutsion yo`l bilan qaror toptirish mumkin.
Demokratik jarayonlarni va iqtisodiy o`zgarishlarni muvaffaqiyatli isloh qilish uchun barcha tamoyillar birday muhim belgilovchi ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov mustaqillikning bir yilligi arafasida jahon “O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li” nomli asarida yangilangan jamiyatda yashovchi har bir kishining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo`llarinin ko`rsatib bergan bo`lsa, ”O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga doir beshta tamoyilning ahamiyatiga yana bir bor to`xtaldi. Xususan, bozor munosabatlariga bosqich ma-bosqich o`tishning O`zbekiston uchun naqadar afzalliklariga alohida e‘tibor berildi.
Birinchi Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki kunidan boshlab yangi jamiyatga mos siyosiy islohotlar o`tkazish yo`llarinin oqilona ko`rsatibgina qolmay, ayni paytda jamiyatning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish tamoyillarini ishlab chikdi, uni izchil amalga oshirish chora-tadbirlarini ko`rdi. Jahon tajribasi, O`zbekistonniing milliy xususiyatlari, imkoniyatlari va shart-sharoitlari asosida taraqqiyotning “ O`zbek modeli” ishlab chiqildi
Shunday qilib, XX asr 90-yillarning boshlariga kelib O`zbekiston xalqlari tarixida misli ko`rilmagan tarixiy voqea yuz berdi. O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lgakiritdi. Dunyo haritsida 1991 yil 1 sentyabrdan boshlab yana bitta mustaqil, to`la huquqli suveren davlat - O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi.
Yangi O`zbekiston o`ziga xos istiqlol va tarqqiyot yo`lini tanladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridayoq Birinchi Prezident Islom Karimov huquqiy demokratik davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasini dolzarb vazifa qilib o`rtaga tashladi. Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo`q. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek, dunyoda bir-biriga o`xshagan ikkita inson bo`lmaganidek, bir-biriga aynan o`shagan ikkita davlat ham yo`q.
Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosida e‘tirof etilgan bir qator tamoyillari bor: insonning xoxish-irodasini erkin bildirish va uni amalga oshirish; ozchilikning ko`pchilikka bo`ysinishi; dalat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab qo`yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. Ayni ana shu tamoyillar asosida jahon davlatchiligi eng ilg’or tajribalarga mos keladigan, uni dunyo tan oladigan, inson huquqlari har jihatdan kafolatlanadigan jamiyatni barpo etish mumkin.
O`zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o`tgan ana shu tamoyillarga asoslandi. Shu bilan birga O`zbekiston demokratik,fuqarolik jamiyat qurilishida xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma‘naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, ma‘naviy merosimiz ildizlariga, milliy xususiyatlarimiz va boy an‘analarimizga tayanish yo`lini tutdi. Ma‘lumki, Markaziy Osiyo xalqlari o’zlarining ming yilliklar mobaynida shakllangan olamshumul siyosatlari, ma‘naviy barkamol davlatchilik an‘analari bilan jahon davlatchiligi va siyosati taraqqiyotiga katta ta‘sir ko`rsatgan. Ulug’ bobolarimiz Somoniylar, Mahmud G’aznaviy va Xorazmshohlarning adolat va insonparvarlikka tayangan saltanatlari, Sohibqiron Amir Temurning turkiy ulusni birlashtirib, markazlashgan davlat barpo etishi, millat iftixori uchun kurashishi va buyuk Temuriylar saltanatiga asos solishi va boshqa tarixiy haqiqatnilar jahon siyosatdonlari tomnidan yuqori baholangan. Birinchi Prezident I.Karimov siyosati ana shunday qadimiy va boy tajribaga tayandi.
Mustaqilikka erishgan har bir xalq davlat qurilishining u yoki bu turini aniq siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlariga, tarixiy an‘analari va ma‘naviy-ahloqiy qadriyatlariga qarab o`zi tanlaydi. Shuning uchun ham har bir mamlakat va xalqning davlat qurilishi o`ziga xos va farqli xususiyatlarga ega bo`ladi. Shunga qaramasdan, xalqaro tan olingan bir qancha muhim tamoyillar borki, ular insoniyat tarixiy taraqqiyotining Hozirgi bosqichida madaniy demokratik davlatning asosiy quyidagi xususiyatlarni ifodalaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |