38
kengaydi. Ammo, Markaziy Osiyo Kushon davri
madaniyati qay darajada
bo’lgan edi?
Markaziy Osiyoning janubi va Shimoliy Afg’onistondagi arxeologik
tadqiqotlar
Yunon-Baqtriya
va
Kushon-Baqtriya
madaniyati
gullab
yashnaganidan dalolat beradi. Dastlabki yodgorliklar Ayritom va Ko’hna
Termizda 30-yillarda ochilib, 60-yillarda davom ettirildi. Keyinchalik ko’hna
Termiz yaqinidagi Qoratepa buddiylik ibodatxonasi, Fayoztepa, Holchayon va
Dalvarzin ko’hna o’aharlari ochilib nihoyat darajada yuksak bo’lgan kushon
madaniyati butun dunyoga mashhur bo’ldi.
Ayritom ko’hna shahridan topilgan uylarning peshtog’ig’a
ishlangan tosh
tasvirlar (sharafa) asrimizning 30-40 yillaridayoq ma’lum edi. Bu peshtoqlarda
gullarga burkangan, musiqaasboblari chalib turgan qizlar va do’mbira chalib
turgan bolalarning tasviri tushirilgan. Qazishmalar natijasida ibodatxona va
inshootlarning me’moriy jihatdan nihoyatda mohirlik bilan barpo etilganini
ko’ramiz. Surxandaryo viloyatining Devon nohiyasi paxta dalalarining birida
qachonlardir yirik shahar bo’lgan Holchayon
yodgorligining qoldiqlarini
saqlanib qolgan. Shaharning paydo bo’lishi mil. av. I ming yillikning
o’rtalariga to’g’ri keladi. Rivojlanish jarayoni Kushon davriga to’g’ri kelib, bu
davlat inqirozga yuz tutish bilan shahar ham yemirila boshlaydi. Qazib olinga
bino ichida I asrda qurilgan, unchalik katta bo’lmagan saroy alohida qiziqish
uyg’otadi. Saroyda devoriy rasmlar yaxshi saqlanib qolmagan. Insonning yuzi
va yomon saqlangan qomati, gullar tasviri bor holos.
Lekin saroydagi badiiy madaniyat namunalari ko’plab topilgan. Haykalllar
loydan ishlanib ustki qismi bo’yalgan. Haykallardan eng kattasi 2 metrga yaqin
bo’lib, kichik haykallardan o’nlab topilgan. Bu san’at asarlarida podsho geray
avlodlari tasvirlangan (haykallar tangalardagi tasvirlar bilan solishtirilgan).
Markazda taxtlarda o’tirgan podsho va uning xotini, ularning o’ng
va chap
tomonlarida podsho oilasi a’zalari, xotinlar va erkaklar, shuningdek mahalliy
zodagorlar va Gerakl hamdaAfisha haykallari joylashgan.
Termiz-Dushanba katta yo’lining o’ng tomonidan katta maydon bo’lib u
yerga tabiat va vaqt ta’sirida yemirilib ttepalikkaaylangan qo’rg’on bor.
SHaharning mustahkam devorlar, hokim saroyining xarobalari, imoratlar
qoldiqlari-bular yirik Kushon shahri qoldiqlaridir. Bu Dalvarzin ko’hna shahari
bo’lib, u Kushon davlatining dastlabki poytaxti bo’lgan
degan fikrlar ham
mavjud.
1972 yilgi qazishmalar paytida bu yerdan umumiy og’irligi 30 kg. dan
ortiq tilla buyumlar xazinasi topilgan. Bu xazinada hammasi bo’lib 115 ta
bilakuzuk, xalqalar, to’g’alar, bo’yin taqinchoqlari, oltin qo’ymalan bor edi.
Dalvarzin ko’hna shahidan uncha uzoq bo’lmagan joydan juda qiziq va
o’ziga xos qabr topildi. Bu qabrdagi ko’mish an’analari buddiylardan farq
qilgan holda, ba’zi hollarda Markaziy Osiyo an’analariga ham o’xshamaydi.
Sag’analarda uch xildagi dafn mavjud bo’lib, ulardan ohirgisi mil. av. I- III
asrlardagi zardushtiylarning dafn an’analariga to’g’ri keladi. Dalvarzin
39
sag’anasi qabrlari o’ziga xos go’zalligi bilan, dafn marosimi inshootining
barcha me’morlik o’xshashliklari bilan zardushtiylik
dafn marosimlariga
mo’ljallangan bo’lib, “zardushtiylik dunyosi” maydonidagi eng qadimgi dafn
etish joyidir. To’g’ri, Xorazmda ham bu davrga oid ehtimol bu davrdan ham
ilgarirooq davrlarga oid qabrlar topilgan, lekin ular dahmalar emas, ularda inson
suyaklari sopol astodonlarda ko’milgan. Milodning I asrlariga oid astodon
qo’yilgan sag’analar Mavr va Marg’iyonadan topilgan, Xuddi shu tarzdagi
qabrlar Eron arxeologlari topilmalarida ham uchrab, ular ham mil. av I asrlarga
oiddir. Dalvarzin dahmasi noyob me’morlik inshooti, o’ziga xos bo’lib, gumbaz
shaklidagi hujra, nafis terilgan peshtoqli kirish
joyi bilan kushon davri
SHimoliy Baqtriya me’morlik san’atini aks ettiruvchi inshootdir.
Do'stlaringiz bilan baham: