«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

talabaning faoliyati
: o‘tilgan mavzuni tahlil qilish, dars jarayonida yo‘l 
qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish mustaqil ish mavzusini yozib olish; 

uslublar, shakllar, usullar
: guruhlarda ishlash, topshiriq kartochkalari.
1.3. O’quv-uslubiy materiallar 
1.3.1. Ma’ruza matni 
 
Mavzu: O’zbekiston va jahon hamjamiyati 
Reja: 
1. XXI asr busag’asida dunyo. Xalqaro vaziyat va kuchlar nisbatining 
tubdan o’zgarishi 
2. Tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslarini ishlab chiqilishi 
3. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi 
4. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi 
Tayanch iboralar
: Xalqaro ahvol, tinchlikka xavf soluvchi tahdidlar, ikki 
qutbli dunyo, ko’p qutbli dunyo, O’zbekistonning geosiyosiy o’rni, yangi mustaqil 
davlatlar, tashqi siyosat tamo- yillari, mintaqaviy majarolar, ta’sir doiralar, BMT, 
YuNESKO, xalqaro hamjamiyat MDH mamlakatlari bilan hamkorlik, Osiyo, 
AQSh, Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik
 


131 
1. XXI asr bo’sag’asida dunyo. Xalqaro vaziyat va kuchlar nisbatining 
tubdan o’zgarish 
XXI asr bo’sag’asida jahon taraqqiyotining mazmuni tubdan o’zgardi. Ilgari 
bir-biriga qarama – qarshi bo’lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki harbiy-
siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki 
tizimning blokning o’zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda 
«Sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi 
ostida yashardi.
XX-asrning 90 - yillariga kelib, sosialistik dunyoning yetakchisi bo’lgan 
ulkan imperiya – SSSR parokanda bo’ldi, sosialistik tizim halokatga uchradi. 
Varshava shartnomasi bloki tarqab ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar 
vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, 
jumladan O’zbekiston davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi.
Ikki mafkuraviy tuzumning kurashi va bu kurashning xalqaro hayotning 
hamma sohalariga soya tashlashi ostida o’tgan kuchli qarama-qarshilik barham 
topdi. Ammo shundan keyin ham bizni qurshab turgan dunyo, ko’plari kutganidek 
osoyishtaroq bo’lgani yo’q. Unda majarolar kamaymadi. Dunyoda yangi tartiblarni 
shakllantirish jarayoni mintaqalar ichidagi eskidan saqlanib kelayotgan, zimdan 
tutab yotgan, har xil tarixiy, etnik, siyosiy, diniy va boshqa sabablarga ega bo’lgan 
mojalarning keskinlashuvi bilan birga yuz berdi. Bu majarolar ilgari ikki 
tuzumning dunyo miqyosidagi qarama-qarshiligi doirasida ko’pincha u yoki bu 
kuchlar qutbining manfaatlari yo’lida «bostirib kelingan» edi. Bundan tashqari 
yangi mintaqaviy majarolarning vujudga kelishi va ularga turli tashqi kuchlar o’z 
jo’g’rofiy strategik intilishlari doirasida jalb etilishidan iborat xavflar ham 
mavjud
188

«Sovuq urush» davri tugashining asosiy yakuni shu bo’ldiki, insoniyat 
uchinchi jahon urushidan qutulib qolishga muvaffaq bo’ldi. Mintaqaviy 
majoralarning, shular qatori Afg’onistondagi mojaralarning va Tojikistondagi 
qarama-qarshilikning dunyo miqyosida kelib chiqish mumkin bo’lgan oqibatlarini 
cheklashga va tarqatmaslikka bugungi kunda hammamizning ham aql-idrokimiz, 
tajribamiz va qat’iyatimiz yetadimi?
189
Xalqaro vaziyatda tub o’zgarishlar sodir bo’lsada, dunyo tinchligiga tahdid 
qiluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu qo’yidagilarda namoyon 
bo’lmoqda: 
Turli darajada rivojlangan mamlakatlar ular o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy 
notenglik va ziddiyatlar yanada o’sdi. Mamlakatlar o’rtasida ilmiy-texnikaviy 
bilimlar, ilg’or texnologiya, erkin sarmoyalarni to’plash va joylashtirishda hamon 
tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq 
yashayotgan mamlakatlar mavjud. 
188
Karimov I.A. O’zbеkistоn Buyuk kеlаjаk sаri. Тоshkеnt. 1999, - B. 428.
189
O’shа mаnbа. B. 439.


132 
- Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o’rtasida milliy-etnik 
va diniy nizolar kelib chiqib majorolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. 
Mintaqaviy mojoralar tufayli 30 millionga yaqin odam o’zi yashaydigan joylarni 
tashlab boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo’lgan. 
- Umumii, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va 
diniy ekstremizm tahdid solmoqda. Xalqaro terroristlar dinni siyosiylashtirish 
natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari 
odamlar o’rtasida «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo’yicha qarama-
qarshilik, chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom sivilizasiyasi bilan boshqa 
sivilizasiyalar o’rtasida yangi qarama-qarshiliklar mojorolar keltiririb chiqarishga 
urinmoqdalar. Bu xususda Prezident I.A.Karimov shunday degan edi. 
«Odamlarning diniy e’tiqodlari bilan bog’liq har qanday muammo g’oyat nozik 
ekanligiga ularning ma’naviy qadriyatlari bilan shiarlardan, xususan, islomni qayta 
tiklash ishoridan foydalanayotgan muayyan kuchlar ko’zlayotgan, dinga aloqasi 
bo’lmagan siyosiy va boshqa tajovuzkor miqsadlar o’rtasidagi farqni tushunib 
olishlariga erishish zarurligiga qaratishni istardim»
190
. Xalqaro terroristlarning 
O’zbekiston, AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik 
urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda. 
- «Sovuq urush» siyosatiga chek qo’- yilishi natijasida yalpi yadro urushi 
havfi kamaygan bo’lsada, bu turdagi ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda 
saqlanayotganligi yadro quroliga ega bo’lgan davlatlar sonining ko’payib 
borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy 
tahdid bo’lib kelmoqda. 
- Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog’lom ekologik 
vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar
insoniyat boshiga xavf solib turibdi. 
- Toboro kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik 
giyohvandlik, yashirin qurol oldisotdisi insoniyatni tashvishlashtirmoqda. 
Bularning barchasi dunyo hali ilgarigidek mo’rt bo’lib turganligidan dalolat 
beradi. Bizni qurshab turgan olam g’oyat murakkab va muammoli bo’lib keldi, 
hozir xalm shunday bo’lib qolmoqda. 
Bundan tashqari, olimlar XX-asrning ikkinchi yarimda insoniyat 
sog’salomatligi va kelajak avlodlar uchun to’rt jiddiy xavfga alohida urg’u 
berilmoqda. Ularga qarshi kurash jahon bo’ylab barcha davlatlarning va xalqaro 
tashkilotlarning birga hatti-harakatini talab qiladi. 
Bular: SPID
191
, termoyadro qirg’ini xavfi, ekologiya va narkomaniya, BMT, 
turli xalqaro tashkilotlar va uyushmalar, ilg’or mamlakatlar, barcha insonparvar 
kuchlar bu to’rt xavfga qarshi o’z imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar. Bu 
190
O’shа mаnbа. - B. 441. 
191
Оrttirilgаn immunitеt tаnqisligi sindrоmi. 


133 
masalalarni hal qilishda O’zbekiston faol insonparvar davlat sifatida 
qatnashmoqda
192

Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari 
xalqaro munosabatlarga bog’liq bo’lib qoldi. Xalqaro maydonlagi har bir siyosiy 
tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga dahldor bo’lib qoldi. 
Hatto, ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarini, urushlarni 
bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi. 
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab ehtiyojlarining g’oyat darajada 
o’sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning 
aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat 
uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy texnikaviy 
hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo’lib qoldi. 
Xorijiy mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalarni kuchaytirishning asosiy 
sharti xavfsizlikni ta’minlash ekanligi xususida Prezident I.A.Karimov shunday 
degan edi: «Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirish, 
ma’naviy taraqqiyotga erishish, shuningdek, O’zbekistonning jahon hamjamiyati 
bilan hamkorligini kuchaytirishning asosiy sharti va garovi – mamlakatimizning 
xavfsizligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik barqarorlik, millatlar va fuqarolar 
o’rtasida totuvlikni saqlash va ko’z qorachig’idan asrashdir»
193

Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan O’zbekiston 
Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan xudud emas. Sayyoramiz yaxlit va 
bo’linmasdir. Shu boisdan, barcha mamlakatlar xalqlar bir-biri bilan bog’langan, 
o’zaro aloqadadir. 
O’zbekiston xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yishi nuqtai-nazaridan va o’z 
taraqqiyot istiqbollari jihatdan qulay jug’rofiy-strategik imkoniyatga ega 
Jumladan: 
- Qadim zamonlardan Sharq va G’arbiy bog’lab turgan Buyuk ipak yo’li 
O’zbekiston hududi orqali o’tgan. Bu yerda savdo yo’llari tutashgan, tashqi 
aloqalar hamda turli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham 
Yevropa va Osiyoni bog’laydigan yo’llar. Markaziy Osiyodan, uning o’rtasida 
joylashgan O’zbekistondan o’tmoqda. Markaziy Osiyoda jo’g’rofiy – siyosiy 
jihatdan markaziy o’rin tutgan O’zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va 
muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamokrlikni mustahkamlash 
imkoniyatlarga ega. 
- O’zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi 
markazida joylashgan. 
- Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatdan mintaqada 
yetakchi o’rinda turadi. 
192
Мustаqillik: Izоhli ilmiy-оmmаbоp lug’аt. А.Jаlоlоv vа Q.Хоnnаzаrоv umumiy tаhriridа, ikkinchi nаshri. Т.: 
Sharq, 2000. B. 173. 
193
Karimov I.A. Оzоd vа Оbоd Ваtаn, erkin vа fаrоvоn hаyot pirоvаrd mаqsаdimiz. Тоshkеnt. 2000. -B. 28.


134 
- Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zahiralari va strategik 
materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o’zini 
ta’minlashga qodir. 
- O’zbekiston sanoatini bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o’zini neft, 
gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga 
ega. 
- Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli 
insoniyat sivilizasiyasida salmoqli o’rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy 
jarayonlariga ta’sir o’tkazish salohiyatiga ega. 
Jo’g’rofiy siyosiy jihatdan O’zbekistonda qiynchiliklar to’g’diruvchi omillar 
ham mavjud. Jumladan:
- O’zbekiston Fors kurfazi, Kaspiy dengizi havzasining neft va gazga juda 
boy konlari joylashgan yarim xalqining strategik markazida joylashgan. Shu 
boisdan, bu xududda dunyoda energiya taqchiligi sharoitida, ko’pgina yirik 
davlatlarning manfaatlari bir birlari bilan kelishmasligi kuzatilmoqda. 
- Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O’zbekistonni etnik, demografik, 
iqtisodiy va boshqa muammolar yukki ostida qolgan mamlakatlar qurshib turibdi.
- Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham 
mamlakatimiz uchun noqulay omildir. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida o’z milliy armiyasini 
shakllantirdi. 1992 – yil.yu 2-iyuolda «Mudofaa to’g’risida» qonun qabul qilindi. 
1993-yildan boshlab, «Milliy gvardiya» tashkil etilgan. 14-yanvar-Vatan 
himoyachilari 
kuni 
tsifatida 
bayram 
qilinmoqda. 
Milliy 
xavfsizlikni 
mustahkamlash maqsadida 1997-yil, 29-avgustda «O’zbekiston Respublikasi 
milliy xavfsizlik konsepsiyasi to’g’risida» Qonun qabul qilindi.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish