«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma


 Tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

2. Tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi 
 
Mustaqillikning 
dastlabki 
kunlaridanoq 
O’zbekistonning 
milliy 
manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo’lni belgilash, jahon ham 
jamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o’rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida 
ko’ndalang bo’lib turar edi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi. 
Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki Ittifoq davrida tashqi siyosat 
yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, 
Markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan. 
O’zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qila 
olmaydigan yopiq mamlakat edi. 
O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko’p tomonlama faol 
tashqi siyosatni amalga oshirish-davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash 


135 
iqtisodiy qiynchiliklarni brtaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur 
sharti va g’oyat muhim vositasidir
194
.
O’zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish-davlat 
faoliyatining 
yangi va amalda qo’llanilmagan yo’nalishlaridan biridir. 
Yakkahokmilik tizimi sharoitida O’zbekiston xalqaro maydonga to’g’ridan-to’g’ri 
va ochiq chiqish imkoniyatidan mahrum etilgan bo’lib, o’zining tashqi siyosiy 
davlat idoralariga, yetarlicha diplomatlarga va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi 
mutaxassislarga ega emas edi. So’nggi vaqtlargacha respublikada shunday kadrlar 
tayyorlaydigan bironta ham institut yo’q edi
195
. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy 
va tashqi iqtisodiy aloqalarini shakllantirishni talab qilmoqda edi. 
Prezident I.A.Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot 
yo’li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalari nazariy va 
amaliy 
jihatdan 
puxta 
asoslab 
berildi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 14-moddasida tashqi siyosat qoidalari qonunlashtirildi va u 
jahondagi ko’plab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlarining huquqiy kafolati 
bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekistonni xalqaro huquq subyekti sifatida 
belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga 
soladigan qonunlar qabul qilindi. «O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy 
faoliyatining asosiy prinsiplari, to’g’risida»gi, «Chet el investisiyalari va xorijiy 
investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat 
to’g’risida»gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar shular jumlasidandir. 
Bular faol va keng ko’lamli hamokrlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib 
berdi. 
Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. 
Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat 
Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon 
iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi va boshqa universitetlarda 
trashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar 
tayyorlash yo’lga qo’- yildi. 
Tashqi siyosatda tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib olindi. 
Prezident I.A.Karimov tomonidan qo’- yilgan qo’yidagi asosiy qoidalar 
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining bosh mezoni qilib belgilandi. 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish