«O’zbekiston tarixi» fanidan chor rossiyaSI, sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/79
Sana20.03.2022
Hajmi1,16 Mb.
#501815
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79
Bog'liq
chor rossiyasi sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol

Birinchi
. O’zini milliy davlat manfaatlarini ustun qo’yishda o’zaro 
manfaatlarni har tomonlama hisobga olim. «Bizning mustaqil davlatimiz, deydi 
I.A.Karimov, - biron – bir buyuk davlatning ta’sir doirasiga tushib qolish niyatida 
emas. O’zbekiston yana kimgadir buysunish uchun mustaqil bo’lgani yo’q». 
Ikkinchi
. Xalqlar va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda umuminsoniy 
qadriyatlarni birinchi o’ringa qo’yar ekan, respublika xalqaro doirada tenglik va 
xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo’l bilan tartibga solish uchun 
194
Karimov I.A. O’zbеkistоn Buyuk kеlаjаk sаri. Тоshkеnt., 1999, -B. 22. 
195
O’shа mаnbа. -B. 22 


136 
kurashadi. O’zbekiston yadrosiz zona bo’lib qoladi va agressiv bloklar va 
ittifoqlarga kirish niyatida emas. 
Uchinchi
. Respublikaning tashqi siyosati teng huquqlilik va o’zaro 
manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga 
asoslangan. 
To’rtinchi
. Tashqi siyosatda ideologik qarashlarga bog’liq bo’lmagan 
oshkoralik qoidasini amalga oshirish barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng 
tashqi aloqalar o’rnatishga yordam beradi. 
Beshinchi
. O’zining milliy huqquiy tizimini yaratayotgan yosh mustaqil 
O’zbekiston Respublikasi halqaro huquq normalarining davlat siyosatida 
birinchiligini tan oladi. 
Oltinchi
. O’zbekiston xalqaro tashkilotlar doirasida hamokrlikni 
chuqurlashtirish uchun to’la ishonch prinsiplariga asoslangan ikki tomonlama va 
shuningdek, ko’p tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish uchun 
kurashadi
196

O’zbekiston respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamo- yillari 
qo’yidagilardan iborat. 
- Mafkuraviy qurashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, 
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 
- Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahisizligini hurmat qilish; 
- Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 
- Nizolarni tinch yo’l blan hal etish; 
- Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 
- Inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish; 
- Ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum 
e’tirof etilgan qoidalari va normalarining usutvorligi; 
- Davlatning xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini 
ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdustlikka kirish va ulardan ajralib 
chiqish; 
- Tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 
- Davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o’zaro manfaatdorlik, davlat 
milliy manfaatlarining ustunligi; 
- Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar 
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan 
uzoqlashmaslik. 
Prezident I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining birinchi sessiyasi, 2000 - yil, 22 yanvardagi ma’ruzasida O’zbekiston 
tashqi siyosatining yaqin kelgusidagi ustuvor yo’nalishlari haqida gapirib shunday 
degan edi: «Biz shunga aminmizki, mamlakatimizda rivojlangan bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan farovon demokratik davlat barpo etishdek oliy maqsadga 
196
Тyurikоv В., Shоg’ulоmоv R. O’zbеkistоn Rеspublikаsi 100 sаvоl, 100 jаvоb. Тоshkеnt. 1998, -B. 162-163. 


137 
erishmog’imiz uchun O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga keng miqyosda 
integrasiyalashuvini ta’minlash zarur»
197

Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo’lib 
tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda 
olinishni ta’minladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini dunyodagi 
nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatining 
elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga, AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk 
Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek 
O’zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta 
hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat 
yuritmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSh, Turkiya, Germaniya, 
Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari va 
konsulliklari ishlab turibdi. 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish