Devonbegi, ayni paytda, davlatning moliya va xo‘jalik ishlarini ham boshqarardi. Biroq shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega emasdi. Bunga dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi.
Yana bir katta davlat mansabi - otaliq edi. Xon siyosatining viloyatlardagi ta’siri otaliq mansabiga tayinlanganlaming nufuzi bilan belgilangan. Xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga ustoz, rahnamo etib o‘z nazoratchisini, ishongan kishisini ta- yinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. Bu nom otaliq qiluvchi, otasining o‘mini bosuvchi ma’nolarini anglatgan.
Yana bir davlat mansabi - parvonachi deb atalgan. Uning vazifasi xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazishdan iborat bo‘lgan.
Dodxoh mansabida ishlagan amaldor esa dargohga tushgan ari- zalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek, dodxoh mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini ham nazorat qilib borgan.
Eng muhim davlat mansablaridan yana bin - ko'kaldosh mansa- bi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina ta- yinlangan. Ko‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o‘r- gangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan.
Bugungi kun voqeligi bilan aytganda, ko'kaldosh davlat xavfsizlik xizmati idorasi rahhari bo‘lgan. U nafaqat oddiy kishilarning, balki davlat amaldorlarining va hatto valiahdlarning ham hukmdorga nis- batan qiladigan munosabatiga javobgar bo‘lgan.
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasi bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug‘ullangan.
Xonlikda eshikog'dboshi lavozimi ham muhim sanalgan. Chunki bu mansabga tayinlangan shaxs dargoh xavfsizligi va unda o‘rnatilgan tartibga rioya qilinishi uchun javobgar edi.
Katta mavqega ega bo'lgan shayxulislom lavozimini egallagan shaxs shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Qozikalon (Bosh qozi) esa barcha bosqichlardagi sudlov ishlariga boshchilik qilgan.
Muhtasib (rais) lavozimni egallagan shaxs esa mamlakatda jamoat tartibining saqlanishi, diniy marosim va amallarga rioya etilishi, bo- zorlarda narx-navo va tarozilaming to‘g‘riligi uchun mas’ul bo'lgan.
Mehtar lavozimiga tayinlangan mansabdor esa zakot va boshqa tushumlaming zarur o‘rinlarda ishlatilishini nazorat qilardi.
Xonlikda davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, naqib un- voniga sazovor bo‘lgan shaxsning xon saroyida nufuzi baland edi. Chunonchi, u xonning yaqin va ishonchli kishisi sanalgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning mas- lahatchisi ham hisoblangan. Zarur bo‘lganda elchilik vazifasini ham bajargan.
Avvalgi mavzularda aytilganidek, shayboniylarning davlat boshqa- ruvida dastlab an’anaviylik saqlandi. Oliy hukmdorlik, ya’ni xonlik otadan bolaga emas, balki sulolaning yoshi eng katta vakiliga o‘t- gan. Xususan, Muhammad Shayboniyxondan keyin taxtga o'tirgan
Ko‘chkunchixon Shayboniyxonning farzandi emas, amakisi bo‘lgan- ligini bilib olgan edingiz. U shayboniylarning yoshi eng kattasi bcfIganligi uchun taxtni egalladi. Ikkinchi yoshi katta - shayboniy Ko‘chkunchixonning ukasi Suyunchxo‘ja valiahd etib tayinlandi. Biro q u Ko‘cbkunchixondan avval vafot etganligi uchun xonlik taxtini egallash unga nasib etmadi. Biroq XVI asming 40-yillaridan boshlab o‘zaro nizolar oqibatida bu an’ana buzildi. Endi taxt otadan bolaga meros bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.
Mahalliy boshqaruv
Yuqorida ta’kidlanganidek, shayboniylar davri- da xonlik viloyat va tumanlarga bo‘lingan. Viloyatlar, asosan, sulola namoyandalari orasidan tayinlangan hokimlar tomonidan boshqarilgan. Hokimlar ham markazdagidek o4zlarinmg boshqaruv mahkamasini tuzishgan.
Keyinchalik, markaziy hokimiyat zaiflashgach, ayrim qudratli qa- bila boshliqlari - amirlar ham shu mansabga tayinlangan. Tumanlarni tuman hokimlaxi boshqargan. Boshqaruvning eng quyi tizimi amlok deb atalgan (ya’ni bir nechta katta-kichik qishloqdan iborat boshqaruv tuzilmasi). Amloklarni tuman hokimi tomonidan tayinlangan shaxs - amlokdor boshqargan,
Amlok boshqaruvi ma’muriyati amlokdor, mirzo (kotib), mirob
(suv taqsimlovchi), amin (soliq yig‘uvchi) va oqsoqol (har bir qish-
loqning boshlig‘i)dan iborat bo‘lgan.
. l t ., Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi
Ashtarxoniylar davrida , , , . . . ... , . ' .
, , . , u . о z tuzilishi, mohiyati iihatidan shayboniy-
davlat boshqaruvidagi ■> j j j j
ayrim o‘zgarishlar lar davridagidan deyarli farq qilgan bo‘l- sa-da, ayrim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Chunonchi, shayboniylar davrida otaliq lavozimidagi shaxs xondan keyingi o‘rinda turuvchi devonbegi lavozimidagi shaxs martabasiga tenglashtirildi. Bora-bora u amirlar amiriga aylandi. Shuningdck, ashtarxoniylar davrida saroy qutvoli davlat lavozimi joriy etildi. U davlat mablag'i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, qal’a devorlari va imoratlarni ta’mirlash, shuningdek, obodonchilik ishlarini boshqarardi.
Shuningdek, ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘ldi. Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qoldi. Natija- da, devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Bu esa, o‘z navbatida, viloyatlarda butun hokimiyat viloyat
hokimlari va ularoi qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo'lida to‘p- lanib qolishiga olib keldi. Bu omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi.
3.
4.
„Davlat va huquq asoslari“ fanidan olgan bilimlaringizga tayanib davlat tushunchasiga izoh bering.
Xonliklarda markaziy hokimiyatning zaiflashuviga yo‘l ochilmasligi uchun nimalar qiliamasligi kerak edi?
Bnxoro xonligida mavjud bo'lgan asosiy davlat lavozimlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
Sizningoha, bobolarimiz davlat boshqaruvida joriy etgan davlat la- vozimlarining qaysi biridan hozir ham foydalanish mumkin?
Buguagi kunda O'zbekistonda davlat boshqaruvming eng quyi or- gani qanday nom bilan atalishini va qanday shakllantirilishini aniq- lab keling.
§. Buxoro xonligida harbiy ish
Xonlik qo‘shinining
tuzilishi
Ma’lumki, har qaysi davlatning siyosiy ou- fuzi ko‘p jihatdan qo‘shinining qudratiga bog‘liq ekanligi tarix isbotlagan haqiqatlardan biridir. Shuning uchun shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga mu- vaffaq bo‘lganlar. Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol- yarog‘laming barcha turidan mohirona foydalana olgan.
Qo‘shin tarkibiga ko!ra, asosan, otliq va piyoda askarlardan iborat edi. Tuzilishiga ko‘ra, qalb, o‘ng va chap qanot, manglay (avangard), ilg'or, manglay qorovul, tug‘chi, hirovul kabi qismlarga bo'lingan. Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan. Qo‘shinning asosini o‘ng qanot (barong’or) va chap qanot (Javong'or), hamda hirovul (orqa qism) bo‘linmalaridan iborat qalb, ya’ni markaziy qism tashkil etgan. Qo‘shin harbiy yu- rish boshlagan vaqtda uning oldida ilg‘or deb ataluvchi qism borgan. Uning vazifasi yo‘lning xavfsizligini, pistirma qo‘yilgan-qo‘yilmagan- ligini aniqlash edi. Ilg‘ordan so‘ng manglay (avangard) borgan. Unga qalbni dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash yukla- tilgan. Qo!shinning qorovul qismi umumiy qo‘shinni qo'riqlab borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |