K. Binoiymng ,,Shayboniynoma“ asari Dashti Qipchoq va Mova- rounnahming XV asr o‘rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo‘lgan davr voqealarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, shayboniylar bilan Eron safaviylari o‘rtasidagi munosabatlar haqida muhim maTumotlar beradi.
Muhammad Solihamg ,,Shayboniynoma“si esa o‘zbek tilida yo- zilgan asar bo'lib, u Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag‘ish- langan.
,,Abdullanoma“ asari muallifi mazkur asarini Chingizxonning Mo- varounnaJu istilosi, chingiziylar hukmronligining o'rnatilishi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil etilishi, Shayboniyxonaing harbiy yurishlari, uning o‘limidan so‘ng Movarounnahrda vujudga kelgaa ahvol, Abdullaxon II ning mamlakatni siyosiy jihatdan bir- lashtirish yo‘lida olib borgan kurashi tarixiga bag'ishlagan.
XVII-XVIII asming birinchi yarmida ham Buxoroda tarix fani sohasida qator tarixiy asarlar yozildi. Xususan, Muhammad Yusuf Munshiyamg „Tarixi Muqimxoniy“, Muhammad Amin Buxoriymng „Ubaydullanoma“ va Abdurahmon 7b/ening „Abulfayzxon tarixi“ kabi asarlari shular jumlasidandir.
Adabiyot
Bu davr adabiyotida Muhammad Shayboniyxon, uning jiyani Ubaydullaxon, Kamoliddin Binoiy, Muhammad Solih va boshqalar alohida o‘rin tutadi.
Umrining asosiy qismini jang-u jadallarda o‘tkazgan Muhammad Shayboniyxon, ayni paytda, she’riyat bilan ham shug‘ullandi. U o‘zi- dan yuqori saviyali badiiy asarni meros qilib qoldirdi. Uning asarlari dunyoning turli mamlakatlariga olib ketilgan. Masalan, uning yagona she’rlari to‘plami - ,JDcvon“i Istanbul shahri kutubxonasida saqlab kelinmoqda.
Muhammad Shayboniyxon she’rlarida, ayniqsa, Samarqand va Buxoro shaharlarini eng ko‘p madh etdi. Chunonchi, bir she’rida Samarqandni jannatga qiyoslaydi. U she’rlarining birida bunday deb kuylaydi:
Ketmadi ko'ngildan hech diydori Samarqandmng, Ко ‘zimdin uchar har dam gulzori Samarqandmng. Har negaki shahd о 'Isa dunyoda latif, ammo Barchadin erur yaxshi bemori Samarqandmng.
Buxoro shahrini esa Ka’ba darajasida ulug‘ladi.
Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon o‘zining g‘azal, ruboiy, qit’a va tuyuqlari bilan she’riyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. U ,,Ubaydiy“, „Ubaydullo“ va „Qul Ubaydiy“ taxalluslari bilan ijod qildi:
Muhtojga qayishish — asli karomat shuldir,
Bir ishki, yo‘q ortida malomat - shuldir.
Har ikki jahonda, soliko, iymonni Qutqaruvchi chin ruhi salomai shuldir.
U fors va arab tillarini yaxshi bilganligi uchun shu tillarda ham ijod etdi. 0‘zbek, fors va arab tillaridagi she’rlarini uch devonda to‘pladi. Keyinchalik ular bitta muqova ichiga jamlandi va u ,,Kulliyot“ deb nomlandi.
Ruboiynavislikning Bobur Mirzodan keyingi taraqqiyoti Ubay- dullaxon nomi bilan bog‘liq. U ayni paytda Ahmad Yassaviy asos solgan liikmatnavislik an’anasini rivojlantirdi. Undan 220 dan ortiq hikmat meros qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |