Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Qayta ishlangan va to‘ldiriLgan 4-nashri О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta ’limi vazirligi
tomonidan nashrga tccvsiya etilgan
,,0‘QITUVCHr1 NASHRIYOT-MATBAAIJODIY UYI
TO SHKENT — 2019 UO‘K: 94(575.1)(075.3) КВК 63.3(50‘) и 73 Respubllka ta’lim markazi tarix fanlari ihniy-metodik kengashming 2019-yil 4-martdagi
birinchi sonli yig‘ilishida nashrga tavsiya etilgan. Mualliflar: Usmon Jo'raycv, Qamar Usmonov,
Taqrizchilar: Y. Boltaboyev- Namangan davlat universiteti ,,Tarix“ kafedrasi katta o‘qituvchisi; N. Hakimov - Respublika ta’lim markazi metodisti; Z. Mirzayeva - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 295- maktab tarix fani o'qituvchisi; M. Majidova— Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 254-maktab tarix fani o‘qituvchisi;
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
kirish „Виуикtarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi.“ Shavkat Mirziyoyev Aziz o‘quvchilar! VIII sinf ,,0‘zbekiston tarixi“ darsligi Sizga Vatanimizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha boTgan tarixi haqida bilim beradi. Tarixchi olimlar Vatanimiz tarixining bu davriga „So‘nggi o‘rta asrlar“ yoki „Uch xonliklar davri“ deb nom berishgan. Bu davr ta- riximizning eng murakkab, ziddiyatlarga to‘la davridir. Chunki bir vaqtlar dunyoda mashhur boTgan, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to‘la barham topdi. Siz buning sabablarini VII sinf ,,0‘zbekiston tarixi“ darsligidan bilib olgansiz. VIII sinfda ularni yana bir bor esga tushirasiz. Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shay- boniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqa- rish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davrida erishilgan ulkan yutuqlarni saqlab qola olmadilar. Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt (udel) qilib bo Tib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning zaiflashuviga, yurt hokimlari hokimiyatining kuchayishiga, siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga olib kcldi. Natijada, XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi ikkiga boTinib ketdi. Xonliklarda yuz bergan kuchli siyosiy tarqoqlik va markaziy hokimiyatning nihoyatda zaif- lashuvi oxir-oqibatda dastlab shayboniylar, so‘ng ashtarxoniylar, Xiva xonligida esa arabshohiylar sulolasi hukmronligining barham topishiga olib keldi. Ulaming o'rnida urug‘-qabila (Buxoro xonligida o‘zbek- larning mangTtlar qabilasi, Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar qabilasi va Qo‘qon xonligida minglar urug‘i) sulolalari hukmronligi qaror topdi. Bu hodisa bir tomondan urug‘-qabila sulolalariga markazdan qo- chuvchi mahalliy hukmdor laming qarshiligini s indirib markaziy ho- kimiyatni kuchaytirishga imkon berdi. Ikkinchi tomondan esa bir xalqning uch davlatga bo'linib yashashiga olib keldi. Ya’ni bu uch
o‘zbek davlati aholisining katta qismini tashkil etuvchi o‘zbeklar o'z-
larioing yagona o‘zbek xalqiga maosubligini to‘la his eta olmadi. Biroq yuqorida aytilgan fikrlardan XVI-XIX asr birinchi yarmigacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi 350 yillik tariximiz faqat qoron- g‘ilikdan iborat bo‘lgan ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz lozim. Zero, o‘zbek davlatlarining taraqqiyotda orqada qolishi sabablarini faqat hukmdorlar yuritgan siyosatdangina izlash adolatsizlik bo‘ladi. Chunki bu davrda faqat 0‘rta Osiyo emas, balki butun islom olami tushkunlik davrini boshdan kechirayotgan edi. Siz darslikdan bular- ning sabablarini bilib olasiz.
Shunday qiyinchiliklarga qaramay, ajdodlarimiz Yevroosiyo karvon savdosini rivojlantirdilar. Ayni paytda, dunyo ahlini hayratga soladigan darajada me’morchilik obidalarini bunyod etdilar. Qo‘lingizdagi darslik Sizni yuqorida qayd etilgan fikrlarning sa- bablari bilan tanishtiradi va Sizga XVI-XIX asr birinchi yarmida kechgan tariximizni puxta o‘rganib olishga yordam beradi.
tarixiy
;anishda
I BOB.XV ASRNING OXIRI - XVI ASRNING BOSHLARIDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDAGI SIYOSIY VAZIYAT §. Dashti Qipchoqdagi siyosiy vaziyat
Dashti Qipchoq baqida XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida
„Dashti Qipchoq“ deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyan- shanning g‘arbiy yonbag4ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho‘zilgan dashtlarga nisbatan ishiatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga ajratib turgan.
Bu hududlar rus manbalarida „Poloveslar yeri“ nomi bilan yuritilgan. Chunki ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida ular „kumanlarsharq manbalarida esa „qipchoqlar"nomlari bilan qayd etilgan.
Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o‘zbeklar deb atalgan. (,,0‘zbek“ atamasining ma’nosini siz VII sinf ,,0‘zbekiston tarixi“ darsligidan bilib olgansiz.)
1240-yilda Chingizxonning nabirasi, Jo‘jixonning (Chingizxonning katta o‘g‘li) o‘g‘li Botuxon Oltin O'rda xonligiga asos soldi. Bu davlat Jo‘ji ulusi deb ham ataladi. U Xorazm, Shimoliy Kavkaz, Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim va G‘arbiy Sibir hu- dudlarini o‘z ichiga olgan. Rus esa unga o‘lpon to‘lab turgan. Oltin 0‘rda Jo‘jixonning o‘g‘illari o‘rtasida uluslarga bo‘linishi natijasida, Dashti Qipchoqning sharqiy qismi Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shay- bonga tegdi.
Sharqiy Dashti Qipchoqda
o'zbek daviatining
tashkil topishi Vaqtlar o‘tishi bilan o‘zaro ichki nizolar natijasida Shaybon ulusida markaziy hoki- miyat zaiflasha bordi. Oxir-oqibat ulus mayda-mayda qismlarga bo4linib ketdi. Ayni paytda, toj-u taxt uchun o‘zaro kurash kuchaydi. Bu kurash, ayniqsa, ulusning Shaybon naslidan bo‘lgan hukmdori Davlatshayx 1425-yilda vafot etgach yanada avj oldi. Ana shunday og‘ir vaziyatda Davlatshayxning o‘g:li Abulxayrxon siyosat maydoniga chiqdi. Abul-
xayrxon yosh bo'lishiga qaramay kuchli sarkardalik qobiliyatiga ega edi. Taxt uchun kurashda uni ulusdagi doimiy nizolardan aziyat che- kayotgan boshqa o‘zbek qabilalari hamda ruhoniylar qo‘llab-quvvat- ladilar. Natijada, Abulxayrxon 1428-yilda ,,0‘zbek ulusi“ deb atal- gan davlatga asos soldi. Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Tura shahri bu davlatning poytaxti deb e’lon qilindi. 1431-yilda esa o‘z davlatini Oltin 0‘rdadan mustaqil deb e’lon qildi. 1446-yilda esa Sirdaryo- ning o‘rta oqimida joylashgan Sig'noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, 0‘zgan va Suzoq shaharlarini bosib oldi. Davlat poytaxtini esa Sig‘noqqa ko‘chirdi. Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga qarshi kurashga kirishganligini anglatar edi. Temuriylar o‘rtasida Samarqand tax- ti uchun kurash kuchaygan bir paytda Abulxayrxon vaziyatdan foy- dalanishga harakat qildi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan temu- riyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami evaziga kattadan katta sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytdi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga nikohlab berdi. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etgach, u tuzgan davlat parchalanib ketdi. Uning dushmanlari tomonidan Abulxayrxonning qarindoshlari va tarafdorlari qirg‘in qilindi. Faqat nabiralari - aka-uka Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton, o‘g‘illari Ko‘chkunchixon va Suyunch- xo'jaxon kabi juda ozchilik omon qoldi. „ , , „.V J . Muhammad Shayboniy va uning ukasi Muhammad ShayBomy Mahmud Sultonlar Abulxayrxonning o‘g‘li Shohbudog4 Sultonning o‘g‘illari edi. Mu- maydonida hammad Shayboniy 1451-yilda lugSIgan. Otasi yosh vafot etgan edi. Shuning uchun ham bobosi Abulxayrxon ularning tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaradi. Uyg‘ur qavmidan bo‘lgan, Shohbudog1 Sultonga otaliq qilgan amir Boyshayxni bu ikki shahzodalarga ham otaliq etib tayinladi. Shahzodalar o‘z davrining yetuk shaxslari bo"lib yetishdilar. Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi. Shayboniy Buxoroda ilm olishdan tashqari nufuzli davlat va din arboblari bilan yaqinlashib ham oldi. Uning ko‘nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tiklash orzusi jo‘sh ura boshladi va Dashti Qipchoqqa yo‘l oldi. Bu davrda Dashti Qipchoqda toj-u taxt uchun ayovsiz kurash davom etardi. Aholining turli tabaqalari ulusda tinchlik o‘rnatilishini xohlamoqda edi. Bu omil yaxshi harbiy ta'lim olgan, mustahkam intizomli yollanma qo‘shin tuza olgan Shayboniyga juda qo‘l keldi. Biroq qo‘shinni saqlash katta xarajat talab qilar edi.
Shayboniyxon
Shuning uchun to‘lov evaziga Movarounnahr va Xuroson temuriyzodalariga hamda Mo‘g‘u- liston hukmdorlariga ichki raqiblariga qarshi kurashda harbiy yordam ko‘rsata boshladi. Bu harbiy yurishlarda Shayboniy o‘zining mo- hir lashkarboshilik qobiliyatini namoyon etdi.
Turli temuriy hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yanada yaxshi bilib olishga imkon berdi. Shayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda bo‘- lib ketgan qabilalami birlashtirdi va beayov kurashlar natijasida XV asrning 80-yillarida bobosi bunyod etgan 0‘zbek ulusi davla- tini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi hamda xonlik taxtiga o‘tiidi. Vaqtlar o‘tib, Shayboniyxon Sirdaryo bo‘ylaridagi qo‘rg‘onlarni ham egalladi. Bu qo‘rg‘onlar kelgusida unga Movarounnahrni istilo qilish uchun tayanch vazifasini o‘tadi. 1428-yil — Sharqiy Dashti Qipchoqda 0‘zbek ulusi davlati tuzildi.
1451-yil — Muhammad Shayboniyxon tug'ildi.
1468-yil — 0‘zbek ulusi davlati parchalandi.
1480-yil - Muhammad Shayboniyxon bobosi bunyod etgan 0‘zbek ulusi davlatini qayta tikladi.
Dashti Qipchoq deyilganda qaysi geografik hudud tushuniladi?
Abulxayrxon qachon, qayerda va qanday davlatga asos soldi?
Abulxayrxonning temuriy hukmdorlar bilan siyosiy aloqasi haqida nimalarni bilib oldingiz?
Qanday omillar Muhammad Shayboniyga Temuriylar davlatidagi ichki vaziyatni yaxshi bilib olishiga imkon berdi?
Mulohaza ynriting! Nega Chingizxon avlodlari bora-bora turkiylashib ketgan? §. Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat
Movarounnahrda temuriylar
o'rtasidagi o‘zaro кurash Sizga VII sinf ,,0‘zbckiston tarixi“ dars- ligidan ma’lumki, Amir Temur vafotidan so‘ng toj-u taxt uchun olib borilgan ku- rashlarda oxir-oqibat uning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzo g‘olib chiqdi.
Shohrux Mirzo davrida Temuriylar saltaoati amalda ikki mustaqil davlatga boTib boshqarildi. Ularning biri Xuroson (poytaxti Hirot), ikkinchisi esa Movarounnahr (poytaxti Samarqand) davlatlari edi. Xu- rosonda Shohrux Mirzo, Movarounnahrda esa o‘g‘li Mirzo Ulug:bck hukmronlik qildi. Mirzo Ulug'bek oTimidan so‘ng Movarounnahrda toj-u taxt uchun o‘zaro kurash kuchaydi. Bu kurashda oxir-oqibat 1451-yilda Mi- ronshohning nabirasi Sulton Abu Said Mirzo Abulxayrxon yordamida g‘alaba qozondi. 1458-yilda Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur vafot etgach Xurosonni ham egalladi. 1469-yilda Abu Said Mirzo avval temuriylar tasarrufida boTgan Eronning g‘arbiy qismini egallab olgan oq qo‘yun- lilarga qarshi kurashda halok bo‘ldi. Bu halokatdan so‘ng Movarounnahr uning o‘g‘illari hukmdor bo‘lgan amalda uch mustaqil davlatga boTinib ketdi. Chunonchi, Samarqandda Sulton Ahmad, Far- g‘onada Umarshayx Mirzo, Hisor, Xuttalon va Badaxshonda Sulton Mahmud Mirzo hukmronlik qildilar. Shunday bo'lsa-da, Sulton Ahmad rasman Movarounnahr hukmdori hisoblanardi. Uning davrida aholi tinchlik va osoyishtalikda yashadi. Uning vafotidan so‘ng Movarounnahr taxtini ukasi Sulton Mahmud Mirzo, 1495-yilda esa o‘g‘li Boysung'ur Mirzo egalladi. Tez orada Movarounnahr taxti uchun kurashga Farg‘ona hokimi Bobur Mirzo ham qo‘shildi. U 1497-yilda Boysung‘urni qaTaga yashirinishga maj- bur etdi. Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi vujudga kel- ganligi tufayli Boysung‘ur askarlari orasida parokandalik ro‘y berdi. Qamalga bardosh berishga ko‘zi yetmagan Boysung‘ur Turkistonda (Yassida) turgan Shayboniyxondan yordam so‘radi. Shayboniyxon qulay fursatdan foydalanib, tez orada Samarqandga kelib, Bobumi sarosimaga solib qo‘ydi. Buning ustiga Boburning askarlari sovuq tufayli tevarak-atrofdagi qishloqlarga tarqalib ketgan edi. Oz sonli askar bilan Shayboniyxonga yuzma-yuz kelish xatarli edi. Lekin bundan boshqa yo‘1 ham yo‘q edi. Bobur bor askari bilan dushmanga qarshi chiqishga majbur bo‘ldi. Biroq kutilmaganda Shayboniyxon shahar ichkarisiga qarab yurdi. lekin Boys ling4 ur uni shaharga kiritmadi. Chunki Boysung‘ur uni shahar tashqarisida bo'ladigan jangda itti- foqchi bo‘lishga taklif qilgan edi. Bundan ranjigan Shayboniyxon Turkistonga qaytib ketdi. Samarqand qamali 7 oydan ziyod davom etdi. Shayboniyxondan yordam ololmagan Boysung'ur qochib ketishga majbur bo!ldi. Bobur esa Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo‘ldi. U bobosi Amir Temur taxtining sohibi deb e’lon qilindi. Biroq sohiblik uzoqqa cho‘zilmadi. Bunga Bobuming dushmanlari Farg‘ona taxtiga ukasi Jahongirni o‘tqazish uchun ko‘targan isyon sabab bo‘ldi. Yujudga kelgan harbiy-siyosiy tanglikni tushungan Bobur qanday bo'lmasin Farg‘onada hokimiyatini saqlab qolishga qaror qildi va Samarqandga o‘z beklaridan birini qo‘yib Andijonga qaytishga majbur bo‘ldi. Bobuming yo‘qligidan Boysung‘urning ukasi Sulton Ali Mirzo foydalanib qoldi va 1498-yilda Movarounnahr taxtini egalladi. 1500-yilda aka- uka Bobur va Jahongir Mirzolar o‘rtasida sulh tuzildi. Unga ko‘ra, Sirdaryoning shimoliy tarafl Axsi shahri bilan Jahongirda va daryoning janubiy tomoni Andijon shahri bilan Boburda qoldi.
Xurosondagi siyosiy ahvol Amir Temuming to‘rtinchi o‘g‘li, Xuroson hukm- dori Shohrux Mirzo 1447-у ili vafot etgach, toj-u taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Natijada, Xuroson davlati o‘n bir qismga bo‘linib ketdi. Ularning har biri amalda mustaqil davlatlar edi. Va nihoyat, 1458-yilda Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshohning nabirasi Sulton Abu Said Mirzo te- muriylar davlatini bir qadar birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 1469-yili Abu Said Mirzo halok bo‘lgach, Amir Temurning ikkinchi o4g4li Umarshayxning nabirasi Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi. Salkam 40 yil hukmronlik qilgan Sulton Husayn Boyqaro davrida ham mamlakatda to‘la osoyishtalik o'rnatilmadi. Shunday bo‘lsa-da, Xuroson davlatining xo‘jalik va madaniy hayoti ancha yuk- saldi. Mamlakat obodonchiligi yoTida katta ishlar amalga oshirildi. Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik ta’minlandi. Bunda Husayn Boyqaroning hukmdorlik salohiyati muhim o‘rin tutdi. Vazir Alisher Navoiyning xizmatlari ham benihoya katta bo‘ldi. Biroq Husayn Boyqaro bilan o‘g‘li Badiuzzamon o4rtasidagi munosabatlarda keskinlik vujudga keldi. Bu holat ota va o‘g‘il o‘rtasiga nizo urug‘ini sochgan qora kuchlarning Badiuzzamonning 11 yoshli begunoh o‘g‘li,
komil nabira, Alisher Navoiy chuqur e’tiqod qo‘ygan Mo'min Mir- zoning qatl etilishiga erishganlaridan so‘ng yanada kuchaydi. Qora kuchlarning maqsadi taxtga Boysung‘urni emas, uning o‘gay ukasi Muzaffar Husaynni o‘tqazish edi. Badiuzzamon oqil va tadbirkor, harbiy salohiyati yuqori, adolatpe- sha shahzoda edi. U o‘z saroyida olimlar, shoirlar, ulamolar, san’at- korlarni yig‘ib anjumanlar o‘tkazardi. 0‘zi ham go‘zal g!azallar bitardi. Ulug‘ Alisher Navoiy uning bu fazilatlariga juda yuqori baho bergan. Otasi Sulton Husayn Boyqaroning Muzaffar Husayn Mirzoga no- haq yon bosishi, o‘g‘li Mo‘min Mirzoning qatl etilishi oxir-oqibat Badiuzzamon va otasi o‘rtasida urush keltirib chiqardi. Urushda Badiuzzamon yengildi. 0‘zaro qirg‘inbarot urushlar oxir-oqibat sulh tuzish bilan yakunlandi. 1506-yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi. Shundan keyin mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga keldi. Badiuzzamon va Muzaffar Husaynlar bir vaqtda hukmdor deb e’lon qilindilar. Bu esa shuningsiz ham og!ir kunlami kechirayotgan Xu- roson davlatini parokandalikka olib keldi. Temuriylar saltanatida boshlangan toj-u taxt uchun ayovsiz kurash oqibatida saltanat inqirozga yuz tutdi. Natijada, ko‘pdan buy on Temuriylar saltanati hududlarini egallashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni egallab olishi uchun qulay sharoit vujudga keldi. '“^T ■ 1447-yil - Shohrux Mirzo vafot etdi. . ] ■ 1458-yil - Sulton Abu Said Mirzo vaqtincha bo‘lsa-da Temuriylar saltanatini birlashtirdi. • 1506-yil - Husayn Boyqaro vafot etdi. Xurosonda qo‘shhokimi- yatchilik vujudga keldi. Movarounnahrda temuriylar hukmronligining inqirozga yuz tutishiga nimalar sabab bo‘ldi?
Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
Xurosonda temuriylar hukmronligining zaiflashib qolishiga nimalar sabab bo‘ldi?
/ТДMovarounnahr va Xurosondagi siyosiy ahvolni taqqoslang. 0‘zaro o'xshash va o‘ziga xos jihatlarni aniqlang hamda ularni yozma ravishda qayd eting. §. Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad
Shayboniyxon munosabatlari
„ . . . жAvvalgi mavzuda ta’kidlanganidek, XVI asr оurning 8'У°®аbo‘sag‘asida Temuriylar davlati taxti uchun ku- may oniga c iqis 1rasy) maydoniga Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo ham chiqdi. Bobur Mirzo Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi edi. U 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug‘ildi. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o‘tdi. Otasi Umar- shayx Mirzo (1455-1494) saroyida o‘z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egalladi. Abu Said Mirzo o‘g‘li Umarshayx Mirzoni o‘z hukmronligi davrida, dastlab Kobul viloyatiga, so‘ng Farg‘ona vi- loyatiga hokim etib tayinladi. Keyinchalik akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida Toshkent va Sayram ham Umarshayx Mirzoga berildi. Biroq o‘zaro ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qo‘l ostida faqat Farg'ona, Xo‘jand va 0‘ratepagina qoldi. Umarshayx Mirzo 1494-yilda baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgach, hokimiyat 12 yoshli o‘g‘li Bobur Mirzo qo‘liga o‘tdi. Bobur yosh bo‘lganligi uchun davlat ishlarini ishonchli bek- lardan Hojiqozi va o‘qimishli, oqila onasi Qutlug* Nigorxonim yordamida boshqarardi. — Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda og‘irlashgan sharoitga to‘g‘ri keldi. U ham barcha taxt da’vogarlariga xos xususiyatlardan xoli emasdi. Uning orzusi ulug‘ bobosi Amir Temur saltanatining poytaxti bo‘lmish Samarqand taxtini egallash edi.