O'zbekiston tarixi 8 (Ustida yozuv) curves pdf



Download 1,36 Mb.
bet14/26
Sana21.07.2022
Hajmi1,36 Mb.
#832044
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
8 o\'zbek

Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon amirligi davrida qo'lyozma kitoblarga lavhalar, Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishladi.
Yirik olim, shoir Ahmad Donish (1827-1897) 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattotlik va rassomlik bilan shug‘ullandi. U tibbiyot va riyozat fan lari, me’morchilik va musiqa san’atini ham o‘rgandi. Ahmad Donish ko‘chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan qo‘lyozmalar ichida „Shohi darvesh“, „Ajoyib at-tabaqot“ va boshqa asarlar buning dalilidir.
Buxoro yuksak ustozona musiqa san’atining markazlaridan biri bo‘lgan. Chunonchi, Buxoroda vujudga kelgan ,,Shashmaqom“ buning yorqin dalilidir. Buxoro Shashmaqomi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iraq maqomlaridan iborat bo‘lib, 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan tashkil topgan.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev bunday degan edi: „Xalqimiz badiiy tafakkuri mahsuli bo'lgan ,,Shashmaqom“, ya'ni olti maqomni, ta’bir joiz bo‘Isa, olti azim daryoga qiyoslash mumkin. Bu daryolar asrlar davomida jahon madaniyat ummoniga quyilib, uni har tomonlama to ‘Idirib, boyitib kelmoqda. Shuning uchun ham bu muazzam musiqiy durdona YUNESKO tomonidan jahon madaniy merosi ro ‘yxatiga kiritilgani chuqur та ’no va ahamiyatga ega “.

2018-yilning 6-10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san’ati anjumani bo’lib o‘tdi. Unda dunyoning 73 davlatidan 300 ga yaqin yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalai ishtirok etishdi, Anjumanning bosh mukofotini Tojikiston maqom akademiyasi qo‘lga kiritdi.

Maqom ashulalarining she’riy matni Rudakiy, Jomiy, Navoiy, Fu- zuliy, Bedil, Bobur, Nodira va Mashrab singari turkiy va forsiy tilli mumtoz shoirlaming lirikasidan tuzilgan. Shashmaqom og‘zaki tarzda ustoz-shogird an’anasi shaklida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.
Buxoro amirligida ta’lim tizimi ashtarxoniylar dav- ridagi ko‘rinishda saqlab qolindi. Ya’ni o‘quv yurt- lari amirlikda ham boshiang‘ich (maktabxona) va oliy (madrasa) mak- tabdan iborat edi. Maktabxonalar, asosan, masjidlar qoshida ochilgan. Ularda imomlar o'qituvchilik qilishgan. Amir Haydar 1803-1804-yil- larda islohot o‘tkazdi. Unga ko‘ra amirlikda hamma fuqarolar uchun zaruriy umumiy ta’lim joriy etildi. Islohotni amalga oshirish uchun har bir beklikka maxsus vakillar jo‘natildi. Ayni paytda jiyani - Qar- shi begi Sayyid Ahmad xoja Fayziy amirlik bo’yicha mas’ul etib tayinlandi. Amir Haydar jiyaniga yo‘llagan xatida, jumladan, bunday deb yozgan edi: „Siz... muallimlarga tayinlangki, ular zaruriy umumiy ta’limni barcha tobe xalq puxta egallamog'ini ta’minlasinlar... Barcha kishilar umumiy zaruriy ta’limni puxta egallasinlar". Madrasa ta’limi uch bosqich edi. Bu davrda Buxoroda 60 ta madrasa, 300 ta masjid faoliyat ko‘rsatardi. Madrasalarda 9 mingdan 10 mingtagacha talaba ilm olgan.

Ta’lim
Aniq fanlardan tashqari tarix, geograflya, til va adabiyot, arab tili, shuningdek, ilohiyot ilmidan ta’lim berilgan. Tabiiy fanlar, asosan, o‘rta asrlar mualliflarining asarlarini takrorlashdan nariga o‘tmagan. Tarix darslari esa muallifi noma’lum boTgan „Tarixi Iskandariy“ va XIII asrda yashab o’tgan Alouddin Otamalik Juvayniyning „Tarixi Jahonkushoy“ asarlari asosida olib borilgan.
Juvayniy (1226-1283) tarixchi olim va davlat arbobi boTgan edi. U arab, fors, mo‘g‘ul va uyg‘ur tillarini mukammal egallagan. 0‘z asarini Mo‘g‘uliston, O’rta Osiyo hamda Eronning XIII asrdagi ta- rixiga bag’ishlagan. Asar uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi- da Chingizxonning istilochilik urushlari, shuningdek, Jo'jixon va Chig‘atoy hamda ulaming avlodlari tarixi haqida hikoya qiladi.
Ikkinchi qismi esa Xorazmshohlar va Xurosonning mo‘g‘ul hukm- dorlari davri tarixiga bag'ishlangan.
Uchinchi qismida Xulokuxonning Eronni zabt etishi kabi voqealar tarixi yoritilgan.
Asaming 1-2-qismlari 0‘rta Osiyo tarixi uchun alohida qimmatga ega.
Maktabxona va madrasalardagi ta’lim xarajatlari vaqf mulki hiso- bidan amalga oshirilgan.
Hukmdorlar ta’lim tizimi moddiy ta’minotini nazoratda tutganlar. Madrasa ilmining ahvoli bilan qiziqib turganlar. Chunonchi, Amir Haydar o‘z davrining bilimdon hukmdorlaridan biri edi. Qur’oni Ka- rimni yoddan bilardi. Amir huzurida tez-tez diniy va ilmiy munozaralar o‘tkazilib turilgan. Buxoro madrasalariga chet davlatlardan o‘qishga keluvchilar soni ortib borgan. Шаг uchim qulay sharoit yaratish cho- ralari ko‘rilgan. Amir Haydaming o‘zi ham madrasa talabalariga ma’- ruzalar o‘qib turgan.
Maqom - musiqada bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘l- lari; musiqiy uslub.

1.
2.
3.
4.
5.
Tarix ilmi sohasida yaratilgan asarlaming ro‘yxatini tuzing, Muhammadniyoz Nishotiy ijodiga mansub asarlaming mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz?
Shoir Mujrim Obid she’riyatida tanqid qilingan illatlar nimadan dalolat beradi?
Xattotlik va miniatura san’ati sohasidagi ijod namunalariga misollar keltixing.
Musiqa san’atining maqom janri haqida so‘zlab bering.




Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish