O'zbekiston tarixi 8 (Ustida yozuv) curves pdf



Download 1,36 Mb.
bet15/26
Sana21.07.2022
Hajmi1,36 Mb.
#832044
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
8 o\'zbek

Sulolalar nomi

Hukmronlik
yillari

Sulolaning eng mashhur hukmdorlari

Yaratilgan tarixiy asarlar

1.













2.













3.
















Buxoroda XYI-XIX asrning birinchi yarmida
ukmronlik qilgan sulolalar

Xorazmning mustaqilligi
uchun kurash


22- §. Xiva xonligining tashkil topishi

Xorazm Shayboniyxon hujumi arafasida temuriy Sulton Husayn Boyqaro hukmdor bo4lgan Xuroson davlati tasarrufida edi. Husayn Boyqaro Xorazmga qo‘ng‘irot qabilasidan chiqqan Chin So‘- fini noib etib tayinlagan.
1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Xorazmliklar safaviylar hukraronligiga qarshi kurash boshladi. Bu kurashga mahalliy aslzodalar boshchilik qildi. Xususan, Xorazmni Eron safaviylaridan ozod etish va mustaqil davlat tuzish uchun boshlangan kurashning tashabbuskori o‘sha davrda Xorazmning markazi bo‘lgan Vazir shahrining qozisi Umar qori bo‘ldi. U xo- razmliklami safaviylarga qarshi kurashga da’vat etdi. Xorazm xalqini mustaqillik uchun kurashga ko‘tarishda Sayid Hisomiddin qattol ham katta rol o‘ynadi.
Xorazmning bo‘lajak hukmdori hokimiyatining qonuniy maqomga ega bo‘lishi juda muhim edi. Shu sababli mustaqillik uchun kurash­ning rahnamolari Xorazm taxtiga Dashti Qipchoqdagi Shaybon av- lodidan bo‘lgan Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxonni taklif etdilar. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo‘lsa-da, bir-biriga dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansuh Berka Sul­tonning o‘ldirilganligi buning sabablaridan biri edi. Elbarsxon 1512- yilda Xorazm taxtiga o‘tqazildi.
Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko‘chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z o‘g‘illari nomiga ,,g‘ozi“ laqa- bini qo‘shib aytishni buyurdi.

Erksevar Xorazm xalqining ozodlik uchun kurashida erishgan g‘alabasi natijasida, 1512-yilda Xorazmning mustaqilligi tiklandi va bu mustaqil davlat keyinchalik Xiva xonligi deb atala bosh]andi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770-yilgacha davom etdi. Xiva shayboniylari Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo'lgan Arabshoh ibn Po'lodning avlodlari bo‘lganligi uchun arab- shohiylar deb bam ataladilar.




Ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy hayot

Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati sin- gari Xiva xonligi ham bir qancha katta- kichik mulklarga boMindi. Xonlikda yirik o‘zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga ay- landi. Ular xonlikning butun ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal etuvchi ta’- sir ko‘rsatib keldilar.
Ayni paytda, ular markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka, musta- qillikka intilishdi. Bu hoi o‘zaro nizolami chuqurlashtirdi. Buning ustiga, XVI asrning 70-yillarida Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga du- chor bo‘ldi. Uning asosiy sabablaridan biri - Amudaryoning o‘z o‘za- nini o‘zgartirib, Oral dengizi yo‘nalishida oqa boshlagani edi. Bu­ning oqibatida eski o‘zan atrofidagi yerlar cho!lga aylandi. Aholi esa xonlikning boshqa hududlariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi. Bun- dan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdck, o!zaro qabilaviy nizolar, og‘ir soliqlar hamda turli to‘lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavay- ron qildi. Savdo-sotiqqa katta putur yetdi.
XVI asrda Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan ikki Xiva-Buxoro o‘zbek davlati - Buxoro va Xiva xonligi o‘rta- munosabatlari s^a °‘zaro sovuq munosabatlar hukm surdi.
Buning asosiy sababi - xonliklarning bosqinchilik urushlari hisobiga o‘z hududlarini bir-birining hisobiga kengaytirishga urinishlari bo‘lsa, ikkinchisi, Buxoro va Xiva xonligida hukmron su- lolalarning bir-biriga g'anim bo‘lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi.
Buxoro xoni Ubaydullaxon 1537-1538-yillarda Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini bo‘ysundirdi. Ubaydullaxon o‘g‘li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi. Biroq bu ahvol uzoq davom etmadi. Erksevar Xorazm xalqining ozodlik uchun kurashi natijasida matn- lakatning mustaqilligi tiklandi. Ubaydullaxon yuborgan qo‘shin esa
6-O‘zbekiston tarixi, 8-sinf gj

tor-mor keltirildi. Abdulazizxon Buxoroga qochib kelishga majbur bo‘ldi. Keyingi hukmdorlar davrida ham bu ikki xonlik o‘rtasidagi adovat va g‘animlik to‘xtamadi.
Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II Xiva xonligini bir necha bor, 1598-yilda esa uzil-kesil bo‘ysundirdi. Biroq shu yilda Abdullaxon II ning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o'zaro toj-u taxt uchun kurashlar oqibatida Xiva xonligi yana mustaqil davlatga aylandi.
1510-yil - Ismoil Safaviy Xorazmni bosib oldi.
1512-yil - 0‘rta Osiyoda ikkinchi o‘zbek davlati - keyinchalik Xiva xonligi deb atalgan davlat tashkil topdi.

  1. Xiva xonligining tashkil topishi haqida so'zlab bering.

  2. XVI asrda Xiva xonligi iqtisodiy hayotida ro‘y bergan inqiroz sa- bablarini qayd eting.

  3. Xiva va Buxoro xonliklari munosabatlarida g'animlik kayfiyati kuchli bo'lganligini misollar yordamida asoslab bering.

  1. §. XVII—XVIII asrning birinchi yarmida
    xonlikdagi siyosiy ahvol


XVII asrdan boshlab Xiva xonlari davlat hayotiga
'y .. oid har bir masalani qabila boshliqlarisiz mustaqil
parokandalikv Г , , , n . . ?
hal eta olmaydtgan bo lib qoldtlar. Aym paytda,
ular xon taqdirini hal etardilar. Binobarin, bu holat Xiva xonligida
davlat parokandaligi yuz berganligini anglatar edi. Parokandalik Arab
Muhammadxon davrida (1602-1623) yuqori nuqtasiga yetdi. Amu-
daryo o‘zanining o‘zgarishi bu davrda ham davom etdi. Natijada,
Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga ko‘chirish-
ga majbur bo!ldi. Xorazm davlati endilikda Xiva xonligi deb atala
boshlandi. Yuz bergan iqtisodiy tanglik davlatning siyosiy ahvoliga
juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bundan tashqi kuchlar foydalanib
qolishga urindilar. Chunonchi, Arab Muhammad davrida Rossiya che-
garasini qo'riqlab turgan ataman Nechay va ataman Shamay bosh-
chiligidagi Yoyiq kazaklari birin-ketin Urganchga hujum qildilar, Gar-
chand bu hujumlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, xonlik
iqtisodini xonavayron qildi.
, . . Toj-u taxt orzusida Arab Muhammadxon-
Abulg‘ozry Bahodirxon • < u u ciu 1+ r
6 J ning о g illan Habash va bibars sultonlar
ayrim qabilalarning boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi isyon ko‘-
tardilar. 1621-yiLdagi isyon chog‘ida otalari Arab Muhammadxon ta-
rafida lining boshqa ikki o‘g‘li - Asfandiyor va Abulg‘oziy sultonlar
urushda qatnashdilar. Bu urushda Habash va Elbars sultonlar g‘olib
chiqdi. Noqobil farzandlarning amri bilan ota asir olindi.
Abulg'oziy Bahodirxon Buxoro xoni Imomqulixon saroyida pa- nob topdi. Asfandiyor esa Eron shohi Abbos I huzuriga yo‘l oldi. 1623-yilda uning yordamida Xiva taxtini egalladi va Habash hamda Elbars qatl etildi. Bu voqeadan xabar topgan Abulg‘oziy Bahodirxon Xivaga qaytdi. Asfandiyorxon (1623-1643) uni Urganch hokimi etib tayinladi. Biroq tez orada aka-uka o‘rtasidagi munosabatlar buzildi. Natijada, Abulg‘oziy Bahodirxon Turkiston, Toshkent va Buxoroda qochib yurishga majbur bo‘ldi. Asfandiyorxon siyosatidan norozi bo‘lgan turkmanlaming chaqirig‘i bilan u yana Xivaga qaytib bordi. Akasi unga Xivani topshirishga majbur boMdi. Biroq 1630-yilda uni Eron shohi huzuriga garov tariqasida jo‘natib yubordi. Abulg‘oziy Bahodirxon Eronda 10 yil tutqunlikda yashadi. Nihoyat, tutqunlikdan qochib, Orol o‘zbeklari qarorgohiga yetib keldi. Asfandiyorxon vafot etgach, 1644-yilda Xiva xonligi taxtini egalladi.
Abulg‘oziy Bahodirxonning davlatchilikni mustahkamlashga qaratilgan islohotlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U davlatning boshqaruv tuzilmasini o‘zgartirdi. Ayrim viloyatlarning hokimligiga urug‘ boshliqlari tayinladi. Bir-biri bilan o‘zaro nizo qiluvchi urug'lar boshliqlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun u Amudaryoning quyi oqimida yashovchi aholini to‘rtta birlashmaga bo‘ldi. Ularning har biriga yer ajratib berdi. Davlat apparatida muhim ma’muriy mansablami egallaydigan shaxslar ularning orasidan tayinlanadigan bo‘ldi.
Har bir qabilaviy guruhga inoq tayinlandi. Abulg!oziy Bahodir­xonning farmoniga muvofiq, urug‘Laming yuqori tabaqasidan xonga maslahatchilik qiladigan kishilar guruhi ajratib olindi. Eng e’tiborli amaldorlar hisoblanuvchi inoqlar ham ularning orasidan chiqqan edi.
Abulg‘oziy Bahodirxonning islohotlari ma’lum muddatga bo‘lsa- da, hokimiyatning markazlashuviga hamda ko‘chmanchilar va yarim ko‘chmanchilarning o‘troqlashish jarayonini kuchaytirishga xizmat qildi.
Afsuski, Xiva-Buxoro munosabatlari keskin kechdi. Buxoro xonligi Xiva xonligini o‘z mul- kiga qo‘shib olish ucbun bir necha bor urinib ko‘rdi. Abulg‘oziy Bahodirxon Buxoroning hujumini qaytardi. Keyin- chalik qulay imkoniyatlar bo'lganida o‘zi ham bir necha bor Buxoro hududlariga bostirib kirdi. Va nihoyat. 1662-yilda Buxoro xonligi bi­lan sulh tuzdi. Abulg‘oziy Bahodirxon 1663-yilda hokimiyatni o‘g‘li Anushaxonga topshirdi. Uning davrida ikki davlat munosabatlari ya- nada keskinlashdi. Anushaxon davrida Xiva-Buxoro munosabatlari qanday kechganligi haqida awalgi mavzularda bilib olgan edingiz. Anushaxonni taxtdan ag‘dara olgan Subhonqulixon eshikog‘aboshi Shohniyozni Xivaga noib etib tayinladi. Biroq tez orada Xiva xon- ligida Buxoro, Rossiya va Eron manfaatlari to‘qnashdi.

Xiva-Buxoro
munosabatlari
Manfaatlar to‘qnashuvi Shohniyozning Subhonqulixonga xiyonat qilishidan boshlandi. Shohniyoz o‘z hokimiyatini mustahkamlashga va Buxoroga qaramlikdan qutulishga intilib, Rossiya siymosida kuchli homiyga ega bo‘lmoqchi bo‘ldi. 1700-yilda u Subhonqulixonga bil- dirmay, Pyotr I huzuriga elchi yuborib, o‘ziga tobe bo‘lgan butun xalq bilan birga Rossiya qaramog'iga qabul qilishni so‘radi. Pyotr I 1700-yilning 30-iyunidagi farmon bilan bu iltimosga rozilik bildirdi. Biroq bu farmon amalda hech naf keltirmadi. Xiva xonligining parokandaligi Sherg‘oziyxon davrida (1715 — 1727), ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ldi. 0‘zaro ichki mojarolar tufayli yemirilayotgan davlatning ichki ahvoli chet davlatlarning aralashuvi sababli yanada mushkullashdi. Chunonchi, 1714-yilda Pyotr I uyushtirgan A.Bekovich- Cherkasskiy boshchiligidagi ekspeditsiya o‘sha paytda qudratli Rossiya davlatining Xivani o‘z ta’siriga bo‘ysundirish yo‘lidagi dastlabki uri- nishi bo‘ldi. Ammo bu ekspeditsiya fojiali tugadi. Shundan keyin Xiva ancha vaqtgacha Rossiya tomonidan hujum bo!lishi xavfi ostida yashadi. Biroq „Shimoliy urush“ bilan band bo‘lgan Rossiya harbiy harakat boshlay olmadi. Shunday bo!lsa-da, Вekovich-Cherkasskiy harbiy ,,ekspeditsiyasi“ning halokati Xiva-Rossiya munosabatlarini keskinlashtirib yubordi. Bunday sharoitda Sherg‘oziyxon Buxoro bilan munosabatlarni yumshatishga harakat qildi. Lekin Rossiya hujumi xavfi saqlanib turgan bir paytda har ikki o‘zbek xonligi o‘zaro hamjihat bodishga intilish o‘miga ulaming munosabatlaridagi keskinlik yanada
kuchaydi. Bunga Buxoro xoni Abulfayzxooning orolliklarni Xiva xo- niga qarshi gijgijlashi sabab bo‘ldi, Natijada, Orolbo‘yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdi. Xiva xonligida boshlangan o‘zaro kurash goh u, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg‘oziyxonning va- fotiga qadar davom etdi. Qabilalar o‘zaro kelisholmagach, endi taxtga Qozoq xonligidan chingiziy sultonlami o‘tqazish boshlandi. 1728-yilda taxtga o‘tqazilgan Elbarsxon ularning birinchisi bo‘ldi (1728-1740). Eron shohi Nodirshoh xonlikdagi siyosiy beqarorlikdan foydalanib, 1740-yili Xivani bosib oldi va Xivaga o‘z odamini ho- kim etib tayinladi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Biroq Eronga qaramlik davrida ham ichki nizolar to‘xtamadi. Aksincha, taxt uchun qabilalararo ayovsiz kurash boshlandi. Taxtga esa atayin chingiziylar avlodiga mansub xonlarni o‘tqazish davom etdi va ular tez-tez almashtirib turildi. Bu hodisa xonlik tarixiga „xonlar o‘yini“ nomi bilan kirdi.
Xonlar esa amalda inoqlar qo‘lida itoatkor bo‘lib qoldilar. 0‘zaro ichki kurashlarda ma'lum muddat turkman yovmutlarining qoTi baland keldi. Ular 1764-yilda hokimiyatni amalda o‘z qoTiga oldilar. Biroq ular davlatni boshqarishni eplay olmadilar. Ularning zo‘ravonlik va talonchiliklari xonlik aholisini, ulami qoTlab-quwatlagan kuchlarni bam o‘zlariga qarshi qilib qo‘ydi. Xonlikdagi bu ichki boshboshdoqlik qo‘ng‘irot qabilasi hokimiyat tepasiga kelgunga qadar davom etdi.
XVII asrdan boshlab Xiva xonligida kuchayib borgan ikki jara- yonni qayd eting.
Abulg‘oziy Bahodirxon qanday qilib hokimiyat tepasiga keldi? Xiva-Buxoro munosabatlaridagi keskinlik qanday oqibatlarga olib keldi?
Xiva xonligining Eron tomonidan bosib olinishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlang.
Qanday omillar Xiva xonligida hokimiyatning qo‘ng‘irotlar sulolasi qoTiga o'tishiga yo‘l ochdi?

  1. §. Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligining
    o‘rnatilishi. XVIII asr oxiri — XIX asr birinchi yarmida
    xonlikning siyosiy ahvoli



Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish