daviat lavozhnlari sabdorlar ikki toifaga bo‘linganlar. Birinchi toifa umaro (dunyoviy ishlar masalalari bilan shug‘ullanuvchilar), ikkinehisi esa ulamo (din ishlari bilan shu- g‘ullanuvchilar).
Umaro mansabdorlari ichida eng nufuzlisi mingboshi - Bosh va- zir, qo‘shinning Bosh qo'mondoni va tashqi siyosat masalalarida xon- ning bosh maslahatchisi edi. (Xiva xonligida Bosh vazir qanday nom bilan atalganligini eslang.)
Devonbegi ham yuqori davlat mansabi bo‘lib, u xonlik devon- xonasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, moliya ishlarini boshqargan.
Mirza xazinaga tushgan tushumning hisob-kitobini olib borgan.
Dasturxonchi — xon dasturxoniga taom tortuvchi mansabdor edi.
Tarixdan ko'plab hukmdorlarning zaharlab o‘ldirilgani, zahar ko‘- pincha taomga yoki ichimlikka qo‘shib berilganligi ma’lum. Shuning uchun ham xon dasturxonchi lavozimiga eng ishonchli odamni qo‘y- gan.
Xiva xonligida bo‘lganidek, Qo‘qon xonligida ham mehtar lavo- zimi bo‘lgan. Biroq bu xonlikda u xonlikning moliya ishlariga mas’ul bo‘lgan devonbegining o‘rinbosari edi, xolos. Shuningdek, xonlikda shig'ovul, inoq, otaliq, dodxoh, qo'shbegi, parvonachi, xazinachi kabi yuqori martabali lavozimlar mavjud edi.
Ulamo mansablari ichida shayxulislom, qozi kalon, xo'ja kalon (naqib), qozi askar, muftiy, qozi a’lam va rais lavozimlari alohida o‘rin tutardi. Ulamo mansablarini egallagan har bir shaxsning qanday masalalar bo!yicha mas’ul ekanligini avvalgi mavzularda bilib ol- dingiz.
Xonlik joylashgan va egallab olgan hududlar haqida nimalarni bilib oldingiz?
Xonlik hududi ma’muriy jihatdan qanday birliklarga bo'lingan?
Xonlikning davlat hoshqaruvi qaysi jihatlari bilan Buxoro amir- ligiga o‘xshaydi va qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
Xonlikdagi mavjud bo‘lgan yuqori davlat mansablarini Xiva xon- ligidagi shunday mansablar bilan taqqoslang.
Mulohaza ynriting!
Nima uchun o‘zbek xonliklarida davlat tuzumi boshqaruv shakli va yuqori davlat lavozimlari deyarli o'xshash bo‘lgan?
,,0‘zbek davlatlarining siyosiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar, davlat boshqaruv shakli va davlat lavozimlari11 jadvalini to‘ldiring.
Savollar
XVIII asrda davlatlaming siyosiy hayotida ro‘y bergan muhim o'zgarishlar
Qo‘shinning Bosh qo‘mondoni
Hokimiyat tepasiga kelgan sulolala nomlari
Davlat tuzumiga ko‘ra o‘xshashli —
Ma’muriy birliklarning soni Eng quyi ma’muriy birliklarning nomi
§. Qo‘qon xonligida harbiy ish
. . Qo‘qon xonlari ham ichki va tashqi siyo-
Muntazam ^qojhinning satda qo‘shinning ahamiyatini juda yaxshi
anglaganlar. Shuning uchun ham Olimxon 1805-yilda birinchi bo‘lib xonlikda 10 ming kishilik muntazam qo‘- shin tuzdi. Bu qcrshinning asosini tog‘li tojiklar tashkil etdi. Nav- kariya deb atalgan mazkur muntazam qo‘shin o‘qotar qurollar bilan qurollantirildi va tez orada barcha qo‘shinning zarbdor kuchiga
9—0‘zbekiston tarixi, 8-sinf
aylandi. Umarxon davrida ularning soni 12 ming kishiga yetkazildi. Xudoyorxon esa Usmonli davlatidan sifatli tayyorlangan miltiq (vin- tovka) olib keltirdi. Ayni paytda, xonlikda qilquyruq, qoraqozon va qoracherik deb ataluvchi nomimtazam qo‘shin ham saqlab qolindi. Ular yordamchi bo‘linma hisoblanardi. Yordamchi bo‘linma zaruratga qarab aholi soniga va hududlarning iqtisodiy ahvoliga qarab to‘p- langan.
XIX asming 30—40-yillarida xonlikda jami 30 ming askar bor edi. Xonlikdagi barcha mehnatga yaroqli erkaklar harbiy xizmatga chaqirilishi mnmkin edi. Qaysi hudud qancha askar yuborishini huku- mat oldindan belgilab qo‘yardi. Muntazam qo‘shinga olish meros tar- zida bo‘lgan. Ya’ni ota vafot etsa yoki harbiy xizmatga noloyiq bo!lib qolsa, o‘miga o‘g‘li chaqirilgan. Askarlik ro‘yxatiga kiritilgan kishi o‘z xohishiga ko‘ra undan chiqa olmagan. Ayni paytda, oilaning yol- g‘iz erkagi xizmatga olinmagan. Tinchlik vaqtlarda har kuni askarlar- ning 1/10 qismiga oila a’zolari bilan ko‘rishib kelishga ruxsat etilgan.
. . . . Qo‘shin tarkibiy jihatdan sipoh (otliq), to‘p-
Qo shinning tarkibiy (artilleriya), sarboz (piyoda) va sara-
qismi va boshqarish , , | ,
langan maxsus bo lim (galabotit va mergan-
lar) deb ataluvchi 4 qismdan iborat bo‘lgan. Tabiiyki, u davrda otliq qo‘shin qo‘shinning asosini tashkil etgan. Muntazam tartibda xizmat qiladigan har bir otliq askarga davlat to- monidan bahosi 80 tillagacha turadigan ot va egar-jabduq berilgan. Xonlikda 20 ming nafar otliq askar xizmat qilgan.
Xudoyorxon nisbatan zamonaviy to'pchi qo'shimsx tuzdi. Qo‘shin qo’mondoniga harbiy harakat chog‘ida amiri lashkar unvoni berilgan. U qo‘shinning Bosh qo!mondoni sanalib, harbiy harakat uchun shax- san mas’ul bo‘lgan. Qo'shinda mingboshi (oliy qo‘mondon), amiri lashkar, qo ‘shbegi (o‘z qo‘shiniga ega beklik hokimi), botirboshi (bekliklardagi harbiy ishning ahvoli uchun mas’ul), valiy (noib, artilleriya qo‘mondoni), qal’abon (harbiy qal’alar uchun mas’ul shaxs), qo ‘rboshi (qurol-aslaha ishlab chiqarish ustaxonasi va om- borxona boshlig‘i), yovar (amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshli- g‘i), to'pchiboshi (to’pchilar bo’linmasining boshlig‘i), to'qsoba (o‘z tug‘iga ega bo‘lgan harbiy bo'linma boshlig'i) va ponsadboshi (500 nafardan iborat harbiy qo’shin qo’mondoni) kabi oliy darajali harbiy mansablar mavjud edi. Harbiy harakatlar paytida xonning xos 130
Do'stlaringiz bilan baham: |