minov boshchiligida yaratilgan „Xorazm- ning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi“ (1976-yil) alohida qimmatga ega. Shuningdek, akademik Y. G ‘ulomovmng „Xo- razmning sug‘orilish tarixi“ (Qadimgi zamonlardan hozirgacha), akademik M. Yo Idoshevnmg „Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi“ hamda D.Alimova tahriri ostida chop etilgan ,,0‘z- bekiston tarixi“ (XVI-XIX asming birinchi yarmi. Rus tilida) kitobi, shuningdek, 0‘zbekiston milliy ensiklopediyasining 9- va 12-jild- laridagi Xiva xonligi tarixiga oid maqolalar ham muhim ahamiyatga ega.
Xorazmning eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha, shu jum- ladan, XVI—XIX asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan chop etilgan „Xiva - ming gumbaz shahri“ kitobi ham tarixiy dalillarga juda boy asardir (1997- yil).
S* 1962-yil - Xiva xonlari arxivi Toshkent shahriga olib kelindi va u hozir 0‘zhekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlan- moqda.
§. XVI-XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar
Qoraqalpoq xalqining
shakllanishi
Dunyoda xalqlar juda ko‘p. Ulardan ikki yuzdan ortig‘i o‘z milliy davlatiga ega. 0‘zining davlatiga ega xalqlardan bin qoraqalpoq xalqidir. Ularning davlati 0‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasidir. Xo‘sh, uzoq tarixda bu xalqning o‘tmishi qanday kechgan? Qoraqalpoqlarning Amudaryo quyi etagida turkiy bijanaklar negizida xalq sifatida shakllanish jarayoni VIII asrda boshlangan edi. Bu jarayon X-XI asrlarda nihoyasiga yetdi. Shu davrda ularning davlati ham tashkil etilgan. 0‘z hukmdori va davlat boshqaruvi tizimiga ega bo‘lgan Kerder shahri (hozirgi Kegeyli tumani hududida joylashgan shahar edi) poytaxt etib belgilangan. Qoraqalpoq davlati Chingizxon hujumi natijasida ХШ asrning 20-yillarida barham topdi.
ir tepa tor
Turli ko'chmanchi qabilalarning siquviga bardosh bera olmagan qoraqalpoqlarning bir qismi Volga daryosi ortlariga, janubiy rus dashtlariga ко'chib o'rnashganligiga tarix guvoh. Shuning uchun ham o‘sha davr rus yilnomlarida ular „чёрные клобуки” („qora qalpoqli- lar“) deb qayd etilgan.
Qoraqalpoqlar tepa tomoni ingichkalashib chiqqan bosh kiyim — qalpoq kiyib yurganlari uchun shunday nom bilan atalganlar.
£
Chingizxon Xorazmshohlar davlati poytaxti Urganch shahrini egal- lagach, uni suvga bostirish maqsadida Amudaryo to‘g‘onini buzdirib tashlaganligi oqibatida Amudaryoning o‘zani ham o‘zgardi. Oqibatda, suvsiz qolgan Orolbo‘yi qoraqalpoqlarining bir qismi Volga va 0‘rol (Yoyiq) daryolari bo‘ylariga, Sirdaryo vohalariga ko‘chib ketishga majbur bo'ldilar.
Oltin 0‘rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlat- lar ajralib chiqdi. Bu davlatlaming biri - XIV asr oxirida tashkil topgan No‘g‘ay (Mang‘it) xonligi edi. Uning chegarasi — Volga dar- yosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo‘ylaridan Kama daryosigacha bo'lgan hududlarni o‘z ichiga olardi. Binobarin, qoraqalpoqlar ko'chib borib joylashgan hududlar XIV-XVI asrlarda No‘g‘ay xonligi hududiga kirdi. No‘g‘ay va qoraqalpoq xalqlari o‘za- ro siyosiy hamkorlikda, birlashma bo‘lib yashadilar. Ayni paytda, qo-
raqalpoqlar No‘g‘ay xooligi tarkibida o‘zlarinittg boshqaruv tizimiga ega edi. Keyinchalik No‘g‘ay xonligi parchalangach, 1556-yilda qo- raqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga ко‘chib keldilar va qozoqlaming Kichik Juz xonligi tarkibiga kirdilar. Shunday bo‘lsa-da, ular poytaxti Jankent shahri bo'lgan o‘z davlatlariga ega edi. Qoraqalpoqlarning bir qismi esa Xiva xonligi hududi chegarasida Orolbo‘yi o‘zbeklariga yaqin hududda yashab qolgan qoraqalpoqlarga kelib qo‘shildilar. Bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga, yana bir guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar" va „quyi qoraqalpoqlar“ga bo‘linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o‘rtasida bo‘sh yotgan yerlarga ham o‘rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug‘ullandilar.
Qoraqalpoqlarning alohida bir xoni Abdullaxon II ning bir yorlig qayd etilganligi bam tasdiqlaydi
1598-yilda Buxoro qalpoqlar" degan so‘z
„ , „ . 1723-yilda iung‘orlar bostirib kelib, Sir-
Qoraqalpoq va Rossiya , . . . ,, ,
rnunosabatlari daryonmg o‘rta qismini egallagach, qo
raqalpoqlar yana ko‘chishga majbur bo‘lishdi. Ko‘chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo‘linib ketdi. Qoraqalpoqlar shunday sharoitda Rossiya bilan aloqa o‘rnatishga harakat qildi. Chunki jung‘orlar hujumidan omon qolish juda muhim edi. Ikkinchidan, Rossiya bilan savdoni yo‘lga qo‘yish ham zarur edi.
1726-yilda qozoqlaming Kichik Juz xoni Abulxayrxon Peterburgga o‘z elchilarini jo‘natdi. Uning tarkibida qoraqalpoqlar vakili ham bor edi. Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o‘z elchisi M.Tevkelevni Abulxayrxon huzuriga jo‘natdi. Muzokaralar natijasida Kichik Juz tar- kibidagi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi. Ayni payt- da, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik Juz xonligiga yasoq to‘lashi tan olindi. Qoraqalpoqlarning Rossiya fuqaroligiga qabul qi- linishi - ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi.
Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo‘yi o‘zbeklari bilan yaqinlashu- vi yuz bera boshladi.
Orolbo‘yi o‘zbeklari Xiva xonligi hokimiyatiga bo‘ysunishni ista- mas edi. Xon hukumati o‘z oldiga Orolbo‘yi o‘zbeklarini hamda
qoraqalpoqlarni bo‘ysundirish maqsadini qo‘ydi. Nihoyat, uzoq ku- rashlardan so‘ng, 1735-yildagina Orolbo‘yi o‘zbeklari va qoraqalpoq- lar Xiva xonligi hokimiyatini tan olishga majbur etildi. 1811-yilda esa qoraqalpoqlar Xiva xonligiga to‘la bo‘ysundirildi.
Oydo‘stbiy
boshchiligidagi
qo‘zg‘olon
1827-yili Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqalpoqlar qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olonga qoraqalpoqlar biyi Oydo'stbiy boshchilik qildi. 1827-yil 25-iyul kuni Xiva xoni Olloqulixon Oydo‘stbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirish uchun qo‘shin jo‘natdi. Kuchlar noteng bo‘lgan jangda qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilindi. Oydo‘stbiy esa qatl etildi. Qo‘zg‘olon bostirilsa-da, xalqning zulmga qarshi naf- rati kuchayib bordi. 1859-yilda Xiva xoni Said Muhammadxon qora- qalpoq xalqining qattiq bosimi ostida ularga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini berdi. Bu bilan Xiva xonligi tarkibida bo‘lsa-da, qoraqalpoq davlatchiligi amalda tiklandi. Butun hokimiyat Biylar og‘asi qo'lida to‘plandi. Uning maqomi xon maqomiga tenglashtirildi.
Ijtimoiy hayot
Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug‘chilik, qabilachilik munosabatlari ancha kuchli edi. Har bir urug‘ yoki qabilaga hiy\zx boshchilik qilardi. Harbiy qism- larni botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniyl&r, shayxlar, xo'ja- larning ham o‘mi katta edi. Ovul boshlang!ich ma’muriy bo‘g!in bo:lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi. Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma’muriy mansablar ham bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |