O'zbekiston tarixi 8 (Ustida yozuv) curves pdf



Download 1,36 Mb.
bet20/26
Sana21.07.2022
Hajmi1,36 Mb.
#832044
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
8 o\'zbek

Biylar og‘asi ilgari urug‘ yig‘inlarida saylangan bo‘lsa, qoraqal­poqlar Xiva xonligiga bo‘ysvmdirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo‘ldi. Xon tomonidan tayinlangan Biylar og‘asiga urug‘ biylari bo'ysungan. Amudaryoning so‘l sohilidagi Qo'ng'irot, o‘ng sohilidagi Chimboy shaharlari qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga ay- landi.

Xo‘jalik hayoti
Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chor- vachilik bilan shug‘ullanib keldilar. Qoraqalpoqlar Orol bo‘ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi yerlarda dehqon­chilik bilan shug‘ullanardilar. Bug'doy, arpa, tariq va boshqa ekinlar ekib, mo‘l hosil olganlar. Yangi (Jana)daryo va Quvondaryo havzalarida qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug‘orish inshootlari dehqonchilikning yetakchi o‘rinda turganligidan guvohlik beradi. XVIII 112
asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko‘1, Kegayli, XIX asr o‘rtalarida Chimboy, Qo‘ng‘irot dehqonchilik vohalari vujudga keldi. Dehqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o'roq kabi mehnat qurollaridan foydalanilgan. Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida chorvachilik ham muhim o‘rin tutgan. Chorvadorlar ho‘kiz va tuya qo‘shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yil davomida sero‘t yay- lovlarga ко‘chib yurganlar.
Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida baliqchilik va ovchilik ham mu- bim ahamiyatga ega bo'lgan.


4.

5.

6.
Qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni haqida nimalarni bilib oldingiz?
Qoraqalpoq" atamasi qanday kelib chiqqan?
Yurtimizda dastlab „qoraqalpoqlar" deb tilga olingan hujjat kimga tegishli edi?
Qoraqalpoq-Rossiya, Qoraqalpoq-Xiva munosabatlariga oid faktlar ro‘yxatini tuzing.
Oydo'stbiy qo‘zg‘olonming sababi va oqibatlari haqida so‘zlab be­ring.
Nega Xiva xoni Qoraqalpoqlarga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini berishga majbur bo‘ldi?
Ma’lumki, Qoraqalpog'iston Respublikasi bugungi kunda 0‘z- bekiston tarkibidagi davlat. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining qaysi bobi va moddalarida 0‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar qanday tar- tibda hal etilishi belgilab qo‘yilganligini aniqlab, mazkur modda- laming mazmunini o'rganib keling.

  1. §. Qoraqalpoqlarda madaniy va ma’naviy hayot


Turmush tarzi
Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko'chman- chilik turmush tarzidan o‘troqlikka o‘tish jarayo- nini boshidan kechirdilar, Aholining asosiy qismi o'tov va paxsa wylardan iborat ovullarda yashardi. Keyinchalik qo'rg'on (qal’a) va shaharlar vujudga keldi.
Qoraqalpoqlar bir necha urug‘lardan iborat bo‘lib, har urug‘ a’zo- si o‘z urug‘ining mustahkamligini ta’minlashga intilardi. Bir urug‘

113

8—0‘zbekiston tarixi, 8-sinf
ichida o‘zaro nikoh taqiqlangan. To‘yda baxshilar dostonlardan qo‘- shiqlar kuylashardi. aytishuvlar avjiga chiqardi. Polvonlar kurashga tushardi.
Qoraqalpoqlar qishlovni ko‘pincha dengiz va daryo bo‘ylarida o‘tkazganlar. Arava, qctyiq, sol va ot asosiy transport vositasi bo‘lgan. Qoraqalpoqlar kiyim-kechagida milliylikka alohida e’tibor berganlar. Bu narsa, ayniqsa, ayollar va qiz bolalar savkeli (qalin bo‘zdan tiki- lib, kumush va maijonlar bilan bezatilgan bosh kiyim)da yaqqol na- moyon bo‘lgan.
Qoraqalpoqlar Qo’ng'irot, Chimboy, Xojayli kabi yi- Shaharlar ^ shaharlarni bunyod etganlar. Shulardan Qo‘ng‘irot va Chimboy qoraqalpoqlarning ma’muriy markazlari edi. Bu shaharlar XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida barpo etildi. Xo‘jayli shahri Orol va Xiva oralig‘idagi savdo markazi bo‘lib, bojxona shu shahar- da joylashgan. Shaharlar baland devorlar bilan o‘rab olingan. Sha- har ichkarisida ko‘rkam binolar, saroylar barpo etilgan. Janaqal’a, Oydo'stqal’a, Ernazarqal’a, Ko‘ko‘zakqal’a, Eshonqal’a kabi qal’a shaklida qurilgan shaharlar qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan me’morchilik madaniyati yodgorliklari hisoblanadi.
Shaharlarda XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon mavzclarida, Eshon- qal’ada madrasalar mavjud bo‘lgan. Hunarmandlar 12-13 yoshli bo- lalarni shogirdlikka qabul qilib, ularga hunar sirlarini o‘rgatganlar. Qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta’lim olgan- lar.
. . Qoraqalpoqlarning xalq og‘zaki ijodi juda boy.
Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligi- san a va musiqa n[ng nasy,r etilgani fikrimizning dalilidir. Ular
so‘z ustalari bo‘lgan chcchanlarni, baxshi (jirov)larni sevadilar. El oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. 0‘zbeklaming Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi - 0‘mirbek laqqisi bor. 0‘mirbek laqqi o‘z latifalarida jamiyatdagi kamchiliklar ustidan ku- luvchi xalq qahramoni sifatida gavdalanadi. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so‘zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylarning kirdikorlarini fosh qilib, mardlik, to‘g‘rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. Latifalarini yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilarni xursand qilgan.
Qahramonlik dostonlari „Qirqqiz", Alpomish", ,,Qublon“, Mast- poshsho", ,,Edigey“ dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Masalan, .,Edigcy“ dostonida Amir Temur, To‘xtamish faoliyati bilan bog‘liq voqealar bayon etilsa, „Qirqqiz“da qoraqalpoq xalqining ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o‘z badiiy ifodasini topgan.
Qoraqalpoqlarning xalq qo‘shiqlarida el-yurt yo‘lboshchilari, qahra- monlari — Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo‘stbiy, Emazarbiylar ulug‘lanadi.
Qoraqalpoqlar tasviriy san’atidagi o‘ziga xoslik, ayniqsa, ular to‘- qigan gilam va kashta buyumlarda yorqin ifodasini topgan. Ularga tushirilgan naqshli bezaklar suv ramzini aks ettiruvchi to!lqin ko‘ri- nishiga ega bo‘lgan. Bu bejiz emas edi. Chunki qoraqalpoqlar qadim- dan daryo va ko‘l bo‘ylarida yashab kelganlar. Bundan tashqari, qo­raqalpoq tasviriy san’atining yana bir o‘ziga xosligi uning qadama naqshli yog‘och o‘ymakorligida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Qoraqalpoqlar qo‘shiqchiligi mazmuniga ko‘ra xalq, tarixiy va ma- rosim qo‘shiqlariga bo‘lingan. Ular qo'biz, dutor, g'ijjak, surnay, no- g'ora kabi musiqiy cholg!u asboblari yordamida ijro etilgan. Doston ijrochilari jirovlar, baxshilar va qissaxonlar deb ataluvchi uch guruhga bo‘linganlar. Ular bir-biridan aytadigan dostonlarining mazmuni, ijro etish uslublari, kuy va musiqiy cholg‘u asboblari bilan farq qilganlar. Masalan, jirovlar qahramonlik dostonlarini qo‘biz jo‘rligida, baxshilar esa dutor va g‘ijjak jo‘rligida ijro etganlar. Qissaxonlar esa doston qo‘lyozmalarini zo‘r mahorat bilan o‘qib yoki yoddan aytib berganlar.

Qoraqalpoq yozma
adabiyoti

XVIII—XIX asrning birinchi yarmida qora­qalpoq adabiyotining ko!zga ko‘ringan bir nechta namoyandalari qalam tebratganlar- kim, ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi. Ulardan biri Jiyen Jirov (1730-1784) mashhur baxshi, hajvchi shoir sifati- da kamol topdi. „Hoy yigitlar, yigitlar“ va „Yuragimda ko‘p do- g‘im“ kabi qator she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklami, hukmron tabaqalarning kirdikorlarini, xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini fosh etadi. Qoraqalpoqlar — erksevar xalq. Shuning uchun ham ular do- imo o‘z erklari uchun ozodlik kurashi olib borgan. Ma’lumki, qo- zoqlarning Kichik Juz xoni Abulxayrxonga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilgan edi. Bu mag!lubiyat natijasida ular
azob-uqubatlarga duchor etildi. Xususan, Sirdaryo bo‘ylaridagi qo- raqalpoqlar har yoqqa tarqab ketdi. Ularning bir qismi Toshkent atrofiga (Chirchiq bo‘ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga (Orol dengizining janubiy sohillariga) ко‘chib ketdi. Mana shu ko‘chishlarning guvohi bo‘lgan Jiyen Jirov „Darbadar el" nomli doston yozib, unda qoraqalpoqlarnirLg mashaqqatli davri tarixini haq- qoniy bayon etdi. Baxshi sifatida Alpomish", Qirqqiz" kabi dos- tonlami zo‘r mahorat bilan kuyladi.
Qoraqalpoq adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan yana biri Kunxo‘ja Ibrohim (1799-1880) edi. Uning ayniqsa O'roqchilar „Cho'ponlar", „El bilan“ kabi she’rlari xalq orasida mashhur edi. Bir asarlarda qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi og‘ir ahvoli, erksiz turmushi va hukmron tabaqalar kirdikorlari katta mahorat bilan fosh etilgan.

Ajiniyoz
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li (taxallusi Zevar) ham (1824—1878) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biridir. U boshlang‘ich ta’limni Mo‘ynoqdagi eski maktabda o‘qidi. Keyin Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida ilm oldi. Ajiniyozdan yuz- dan ortiq she’r va dostonlar meros qoldi. She’rlarida Vatan, inson- parvarlik g‘oyalarini kuyladi. Shoirning ,,Bo‘za- dostonida esa qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ко‘chib ketishga majbur etilganligi kat­ta mahorat bilan tasvirlangan. ,,Kerak“, ,,Bo‘- ladi“, „Bo'lmasa", „ YaxshiYigitlar“ kabi asarlarida Ajiniyozning insonparvar g‘oyalari, falsafiy qarashlari ifodalangan. Asarlari xalq orasida keng tarqalgan, „ Qiz Mengesh bilan ay- tishuv “ (1878) asari mashhur. Uning hayoti ha- qida shoir Ibroyim Yusupov „Ajiniyoz“ asarini yaratgan. Uning asarlari o‘zbek tilida nashr etil­gan („Tanlangan asarlar“ va boshqalar).

1999-yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. N11- kusda Ajiniyoz maydoni barpo etildi va unga haykal o‘matildi.

Aj iniyoz
Qoraqalpoq adabiyotining asoschi- si Berdaq (1827-1900) (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg'aboy o‘g‘li) nomi bi­lan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida, so‘ngra madrasada tahsil oldi. Navoiy, Fuzuliy,
Mahtumquli, Kunxo‘ja asarlarini mutolaa qilib, she’riyat san’atini ulardan o‘rgandi. Berdaq tarixni, xalq og‘zaki ijodini mukammal o‘zlashtirib oldi.
Uning ijodi 18-19 yoshlarida do‘mbira chertib, she’r aytishdan boshlandi. 25 yoshida xalq ora- sida iste’dodli shoir sifatida xalqqa tanildi. Uning „Bo'lgan emas“, ,,Umrim“ va ,,Soliq“ kabi she’r- larida mehnatkash xalqning og‘ir hayoti, shuningdek, Xiva xonlari va amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi o‘z aksini topdi.

1998-yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlarning biriga Berdaq nomi berildi va haykali o‘rnatildi. Shoir tug‘ilgan joy - Bo'zatovda va Nukus shahrida ham haykal qo‘yildi.

,,0‘g‘limga“, „Ahmoq bo'lma“ kabi she’rlari orqali esa yoshlarni Vatanni sevishga, ma’rifat cho‘qqilarini egallashga chaqirdi. Berdaq xalq hayotini, lining ezgu orzu-istaklarini yaxshi bilgan shoir edi. Shuning uchun ham uning she’rlarida xalqparvarlik ruhi kuchli edi. Berdaq tarixiy mavzularda ham qalam tebratdi. U ,,Omongeldi“, ,,Oydo‘stbiy“, ,,Ernazarbiy“ kabi asarlarida xonlar zulmiga qarshi kurashgan xalq qahramonlarini faxr bilan kuyladi. ,,Avlodlar“ asari esa tarixiy voqealar solnomasi bo‘lib, unda xalqlarning kelib chiqishi, qoraqalpoq xalqining boshqa turkiy xalqlar bilan aloqasi, ularning hayotidagi umumiylik kabi jihatlar bayon etilgan. Xiva xonligi zul­miga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon ,,Ernazarbiy“ dostonida ham aks ettirildi.



Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish