1. Mulla Olim Mahdumxo‘ja Toshkandiyning «Tarixiy Turkiston» asarida keltirilishicha, Qo‘qon xonligidagi qaysi lavozim egasi qo‘shinning bosh qo‘mondoni hisoblangan?
A) otaliq
B) qo‘shbegi
C) mingboshi*
D) parvonachi
2. Qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biri Berdaq o‘zining qaysi she’rlarida mehnatkash xalqning o‘g‘ir hayotini, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligini ifodalagan?
A) «Bo‘lgan emas», «Xalq uchun», «Soliq»
B) «Xalq uchun», «Umrim», «Ahmoq bo‘lma»*
C) «Umrim», «Soliq», «Bo‘lgan emas»
D) «O’g‘limga», «Ahmoq bo‘lma», «Soliq»
3. Qoraqalpoqlarning «Qirqqiz» dostonida qaysi davr tarixiy voqealari badiiy shaklda aks ettirilgan?
A) XVI-XVII asrlar
B) XVII-XVIII asrlar*
C) XVIII-XIX asrlar
D) XVI-XIX asr boshlaridagi
4. Quyidagi voqealar to‘g‘ri xronologik tartibda berilgan javobni toping.
1) Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshladi;
2) Qoraxoniylar Somoniylar
hukmronligiga barham berdi;
3) Qoraxitoylar Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdilar;
4) Ibrohim Bo‘ritegin Movarounnahrni va Farg‘onani o‘ziga bo‘ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshladi;
5) Qoraxoniylar Xurosonga ikki marta yurish qildi.
A) 2, 1, 5, 4, 3
B) 2, 1, 3, 5, 4
C) 1, 2, 3, 5, 4
D) 1, 2, 5, 4, 3*
5. Buxoro amirligidagi eng quyi ma’muriy bo‘linma to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) beklik B) amlokdorlik*
C) ovul boshliqlari D) tuman
6. 1845-yilda xonlik taxtiga o‘tirgan Xudoyorxon kimning o‘g‘li hisoblanadi?
A) Murodxonning B) Olimxonning
C) Norbo‘tabiyning D) Sheralixonning
7. Quyidagi qaysi tarixiy shaxs tomonidan yozib qoldirilgan she’rlar to‘plami «Devon» hozirga qadar Istanbul shahri kutubxonasida saqlanib kelinmoqda?
A) Muhammad Shayboniyxon*
B) Mushfiqiy
C)
Kamoliddin Binoiy
D) Ubaydullaxon
8. Quyidagi qaysi asarda qozoq xoni Abulxayrxonga qarshi kurashda yengilgan qoraqalpoqlarning azob-uqubatlarga duchor bo‘lganligi, xususan Sirdaryo bo‘ylaridagi qoraqalpoqlarning har yoqqa tarqab ketgani, ularning mashaqqatli davri tarixi bayon etilgan?
A) «Edigey» B) «Oydo‘stbiy»
C) «Ernazarbiy» D) «Darbadar el»
10. Balx hokimi Mahmudbiy qatag‘on qaysi ashtarxoniy hukmdori bilan kurash olib borgan?
A) Abulfayzxon B) Ubaydullaxon II
C) Abdulazizxon D) Nodir Muhammad
11. Nechanchi yilda ashtarxoniy Abdulazizxon tomonidan Buxoro shahridagi qo‘sh imoratli madrasa bunyod etilgan?
A) 1678-yilda B) 1652-yilda
C) 1671-yilda D) 1659-yilda
12. Abdullaxon II tomonidan nechanchi yillarda Moskvaga elchilar yuborilgan?
A) 1558-1559-yillarda
B) 1583-1584-yillarda
C) 1557-1558-yillarda
D) 1553-1558-yillarda
13. Qaysi shayboniy hukmdorining yurt obodonchiligi yo‘lidagi sa’y-harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan?
A) Abdulazizxon B)
Abdullaxon II
C) Ko‘chkinchixon D) Ubaydullaxon
14. Qo‘qon xonligida ko‘chmanchi xalqlardan olinadigan «Tutun haqi» zakoti qanday tartibda undirilgan?
A) Bahor kelganda yangi o‘tloqlarga ko'chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo‘y bilan olingan
B) Zakot to‘lamaydigan boylar va ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat in’omlar yig‘imi
C) Ko‘chmanchi chorvadorlardan moli boshiga va qo‘rasiga qarab qishda mollar qo‘ralarda turganida yig‘ib olingan
D) Aholidan 40 bosh qoramol uchun pul hisobiga 9 so‘m, 40 bosh qo‘y va echki uchun 2 so‘m 50 tiyin pul miqdorida olingan
Qo‘qon xonligida zakot to‘lamaydigan boylar va ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat in’omlari yig‘imi qanday nomlangan?
A) «Yig‘im soliq» B) «Qo‘ra boshi»
C) «Qozon puli» D) «Tutun haqi»
15. Rus podshosi Nikolay I huzuriga elchi yuborib, Raim istehkomining qurilishidan noroziligini bildirgan Qo‘qon xonini aniqlang.
A) Sheralixon B) Murodxon
C) Umarxon D) Xudoyorxon
16. XVIII asrda Buxoroga kelgan Rossiya elchisini aniqlang.
A) A. Jenkinson B) F. Beneveni
С) I. Xoxlov D) F. Berg
17. Inglizlar Markaziy Osiyoga qachon va kim boshchiligida ikkinchi marta elchi yuborgan?
A) 1826-yilda Berg
B) 1832-yilda Volf
C) 1831-yilda A. Byorns
D) 1821-yilda F. Beneveni
18. Afg‘oniston hukmdori Temurshohning hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1773-1793-yillar B) 1747-1773-yillar
C) 1789-1803-yillar D) 1768-1793-yillar
19. Xitoy hukumati nechanchi yilda Qo‘qonning Sharqiy Turkistonda yuritadigan savdo ishlarini taqiqladi?
A) 1755-yilda B) 1825-yilda
C) 1832-yilda D) 1829-yilda
20. Quyidagi qaysi davlat 1512-yilda tashkil etilgan?
A)
Buxoro xonligi
B) Qo‘qon xonligi
C) O’zbek ulusi
D) Xiva xonligi
21. Quyidagi qaysi madrasa XVI asrda bunyod etilgan?
A) Sherdor
B) Abdulazizxon
C)
Muhammad Shayboniyxon
D) Tillakori Olzbekiston
22. Qoraqalpoqlarning Oydo‘stbiy boshchiligidagi qo‘zg‘oloni qaysi Xiva xoni davrida yuz bergan?
A) Rahimqulixon
B) Muhammad Rahimxon I
C) Olloqulixon
D) Eltuzarxon
23. XIX asrda quyidagi shaharlardan qaysi biri ma’muriy jihatdan 12 ta dahaga bo‘lingan?
A) Namangan B)
Andijon
C) Marg‘ilon D) Qo‘qon
24. Quyidagi qaysi shahar XV asrdan boshlab Farg‘ona vodiysining markaziga aylangan?
A) Marg‘ilon B) Qo‘qon
B) Andijon D) Namangan
25. 1821-yilda «Majmuayi shoiron» to‘plamini tuzgan ijodkorni aniqlang.
A) Gulxaniy
B) Abdulkarim Fazliy Namangoniy
C) Mulla Ali qori Qunduziy
D)
Muhammad Solih
26. 1558-yilda Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan qabul qilingan elchi Antoniy Jenkinson qaysi savdo kompaniyasi vakili edi?
A) «Vest-Indiya» B) «Ost-Indiya»
C) «Moskva» D) «Levantiy»