Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: savol-javob, guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita, doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism:Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
Uyga vazifani tokrorlash: Savol-javob.
Xalifalik istilosi Movarounnaxrda qanday oqibatlarga olib kelindi?
Mahalliy aholini islomga kirgizish qanday yollardan foydalanildi?
Istilo mahalliy madaniyatga qanday ta’sir ko’rsatdi?
Mahalliy xalqning islomga kiritishning oqibatlari haqida nimalar deya olasiz?
Xiroj bu…
Ushr bu….
Zakot bu..
Jizya bu ..
Yangi mavzu kichik ma’ruza
Qo‘zg‘olonning sabablari. Xalifalikning talonchilik siyosati mahalliy xalqni barcha haq-huquqlardan mahrum etdi. Mada niyatning oyoqosti qilinishi, arab tili, yozuvi va xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717–719) murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy islohot o‘tka zish to‘g‘risida farmon berdi. Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va jizya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko‘pchiligi o‘zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to‘lamay qo‘yadi. So‘ngra xalifalik ma’muriyati bir yo‘la hammadan jizya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan arab ma’mu riyati o‘rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda bos qinchilarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi.
Qo‘zg‘olonlarning boshlanishi. Bunday qo‘zg‘olonlardan biri 720-yilda Sug‘dda boshlandi. Qo‘zg‘olonga Sug‘d ixshidi G‘urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchilik qiladilar.Sug‘dliklarga yordam berish uchun yettisuvdan turk lashkarlari keladi. Sug‘ddagi barcha hokimliklar aholisi ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilarning birlashgan kuchlari arablarga qattiq zarba beradilar. Faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab istilochilari katta o‘lpon va e’tiborli vakillarini qo‘z-
g‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar. Qo‘zg‘olonchilarga yon berilishi. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashros Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinchlantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon dehqonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar.
Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738–748) mam lakatda o‘z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jizyadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi.
Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatiladi. Ayni vaqtda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxorxudotning qiziga uylanadi. Bunday siyosat natijasida arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi.