Milliy va umummadaniy
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;
o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish
O‘z-o‘zini rivojlantirish
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;
o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.
miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.
Fanga oid kompetensiyalar:
Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: savol-javob, guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita, doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
O’tilganni so’rash: Savol-javob.
1.Xalifalikka qarshi qo’zg’olonning sabablarini qayd eting?
2.720 yilda So’g’d qo’zgoloni va uning natijalari haqida gapirib bering ?
3.Bosqinlarga qarshi qo’zg’olonlar oqibqtida qanday o’zgarishlar yuz berdi ?
4.Arab halifaligida siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan omillarni qayd eting?
5.Islohot nima ?
6.Farmon nima ?
Yangi mavzu . kichik ma’ruza .
750 yilda arab xalifaligida hokimiyat ummaviylardan abbosiylar qo’liga o’tdi .
Ummaviylar -- arab xalifaligini 661 -750 yillarda boshqargan sulola.
Abbosiylar -- Muxammad( s.a.v.) avlodiga mansub , 750-1258 yillarda arab xalifaligini boshqargan sulola.
Abu Muslim abbosiylarga sidqidildan xizmat qilgan bo’lsada lekin u o’ldiriladi . Abu Muslimni ng o’ldirilishi xalifalik sharqida ayniqsa Xuroson va Movarounnaxrda abbosiylarga qarshi xalq xarakatlarini avj olib ketishiga baxona bo’ldi .
Mustahkamlash.
1.Nega xalifalikda ummaviylarga qarshi xalq noroziligi vujudga keldi ?
2.Abu Muslim qo’zg’olonida ishtirok etgan turli tabaqa vakillarining maqsadlarini taqqoslang?
3.Abu Muslim qo’zg’oloni natijalari haqida nimalarni bilasiz?
4.Nima uchun Abu Muslim o’ldirildi?
5.Ummaviylar bu…?
6.Abbosiylar bu…?
Do'stlaringiz bilan baham: |