uch bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.
Bitiruv malakaviy ishimizda O’zbekistonda tarjimachilik sohasi rivoji xususan
ingliz toponimlarni o’zbek tarjimonlarining bilvosita qilgan tarjimalari, o’zbek va
10
ingliz tillaridagi toponimlar o’rtasidai farqi va o’xshashliklari va rus tili orqali tarjima
qilishdagi muammolari haqida so’z yuritilgan.
11
I BOB. INGLIZ VA O’ZBEK TILLARID ATOQLI OTLARNING
QIYOSIY TAHLILI.
1.1.O’zbek tilida tiponimik joy nomlari va ularning tuzilishi.
Tilimizning lug’at tarkibida atoqli otlar ma’lum bir o’rin egallaydi. Atoqli ot
bir xil predmet yoki hodisani bir –biridan ajratib ko’rsatishga xizmat qiladigan
ikkilamchi nom. Masalan,
bola
bir turdagi predmet ya’ni shaxsning umumiy va
birlamchi nomi.
Sherzod
ana shu bir xil predmet ya’ni shaxsni biridan ajratib
ko’rsatish uchun xizmat qiladigan va
bola
atamasidan keyin qo’yilgan ikkilamchi
nom.
Atoqli ot quyidagi lug’aviy mavzuviy turga ega:
1
.Kishilarning ismi, familiyasi, taxallusi: Ikrom, Otabek, Jumayev, Xudoynazarov,
Imomzoda.
2
.Geografik joy nomlar (bularga oddiy ko’cha nomlaridan tortib qit’a nomlarigacha
barchasi kiradi): Navoiy ko’chasi, Toshkent shahri, Pomir tog’i, Osiyo qit’asi.
3
.Tashkilot, muassasa va korxona nomlari: Qarshi universiteti, Xalq ta’limi vazirligi,
“Nafas ziyosi” jurnali.
4
.Samoviy yoritgichlar nomi: Mushtariy, Zuhro, Yupiter, Yarqiroq.
5
.Tarixiy voqealar, Bayram nomlari: Mustaqillik kuni, Loy jangi, Boston choyxo’rligi,
Navro’z bayrami.
6
.Hayvonlarga atab qo’yilgan nomlar: Olapar, To’rtko’z, Yo’lbars, Boychibor.
7
.Mahsulot nomi: Siltama (go’shtli ovqat), Qoraqum (shokolad), Chiyal yaxnasi.
8
.Ilohiy tushunchani ifodalovchi nom: Alloh, Do’zax, Iso, Buroq.
9
.Kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, spektakl nomlari: “O’tgan kunlar”, Ma’rifat gazetasi.
10
.Suv havzalari va inshootlar nomlari: Amudaryo, Orol dengizi, Farg’ona kanali.
Atoqli otlar kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, tashkilotlarga atab qo’yilgan bo’lsa,
yozuvda qo’shtirnoqqa olinadi, ammo shahar, kinoteatr, tashkilotlar kishi nomlariga
qo’yilgan bo’lsa qo’shtirnoqqa olinmasdan,
nomidagi, nomli
so’zlari ishlatiladi.
12
Atoqli ot matn, nutq vaziyatidan uzilgan holda atash ma’nosiga ega bo’lmaydi,
faqat kontekstda reallashadi. Masalan;
sanam
so’zining atoqli yoki turdosh ekanligi
shu so’zni qurshab turgan so’z yordamida anglashiladi. Bu jihatdan atoqli ot
olmoshga o’xshab ketadi.
Atoqli otning aksariyati turdosh ot va boshqa turkum so’zi asosida vujudga
kelgan. Turdosh otdan: Asal, Dilshoda, Rayhon, Anor; feldan: Sotiboldi, O’lmas,
Turdi; sifatdan: Shirin, Buyuk, Aziz,Ulug’; sondan Yetmishboy, Saksonboy kabi.
Atoqli va turdosh ot nafaqat lug’aviy semantikasi, balki grammatik xususiyati
bilan ham farqlanadi. Atoqli ot, asosan, birlik sonda qo’llanadi. Ko’plik son shaklida
butunlay boshqa ma’no bo’yog’iga ega bo’ladi. Masalan
: Farhodlar keldi kanal
qazmoqqa
.
Ingliz tili grammatikalarida avval turdosh otlar, keyin atoqli otlar beriladi, shu
leksik-grammatik turkumga kiruvchi so’zlarning asosiy qismi turdosh otlardir.
Yakkalik va umumiylik prinsipiga ko’ra otlar.
1)
turdosh otlar
(Common Nouns)
2)
atoqli otlarga
(Proper Nouns) bo’linadi
Inson, hayvonot, umuman tirik mavjudot va boshqa konkret yoki abstrakt
tushunchalarni umumlashtiruvchi nomlar
Do'stlaringiz bilan baham: