Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

64-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhini roʻyxatdan oʻtkazish 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi oʻzi hisobda turgan 
joydagi soliq organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
1) tashkil etilayotgan konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining vakolatli 
shaxslari tomonidan imzolangan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil 
etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza; 
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaning ikkita nusxasi
3) ushbu Kodeks 62-moddasining uchinchi, beshinchi, yettinchi va toʻqqizinchi qismlarida 
nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar. Bunday hujjatlar jumlasiga
xususan, ushbu Kodeks 62-moddasi yettinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan soliqlarni 
toʻlashga doir toʻlov topshiriqnomalarining (soliq organining bu soliqlar boʻyicha hisobga olish 
amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxalari), guruh ishtirokchilaridan har 
biri uchun oldingi kalendar yildagi buxgalteriya balanslari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi 
hisobotlarning koʻchirma nusxalari kiradi; 


4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar. 
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda soligʻi hisoblanadigan va toʻlanadigan soliq davridan 
oldingi yilning 30-oktyabridan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi. 
(3-q.)
Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ushbu moddaning birinchi qismida 
koʻrsatilgan hujjatlar soliq organiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida soliq 
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan 
oʻtkazadi yoki uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida asoslantirilgan qaror qabul qiladi. Ushbu 
moddada belgilangan muddat doirasida bartaraf etiladigan qoidabuzarliklar aniqlanganda, soliq 
organi soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisini bu haqda 
xabardor qilishi shart. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi 
aniqlangan qoidabuzarliklarni ushbu moddada belgilangan muddat tugagunga qadar bartaraf 
etishga haqli. 
(4-q.)
Ushbu Kodeksning 62-moddasida, 63-moddasining uchinchi qismida hamda ushbu 
moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda soliq 
organi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishi shart. 
(5-q.)
Shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran besh kun ichida soliq organi soliq 
toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga ushbu shartnomaning bir 
nusxasini uning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻygan holda, shaxsan imzo qoʻydirib 
yoki olinganlik sanasi toʻgʻrisida guvohlik beruvchi boshqa usulda berishi shart. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi axborot xuddi shu muddatlarda soliq organi 
tomonidan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan yuridik 
shaxslar joylashgan yerdagi soliq organlariga yuboriladi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ushbu guruhni tashkil etish 
toʻgʻrisidagi shartnoma soliq organi tomonidan roʻyxatga olingan yildan keyingi kalendar yilning 
birinchi sanasida tashkil etilgan deb eʼtirof etiladi. 
(8-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni soliq organi tomonidan rad etishga faqat quyidagi holatlardan 
hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi: 
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etishning ushbu Kodeksning 
62-moddasida nazarda tutilgan shartlariga muvofiq emasligi
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaning ushbu Kodeks 63-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiq 
emasligi; 
3) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun 
hujjatlarni vakolatli soliq organiga taqdim etmaslik yoxud toʻliq hajmda taqdim etmaslik yoki 
mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish muddatini buzish; 
4) hujjatlar uni imzolashga vakolati boʻlmagan shaxslar tomonidan imzolangan taqdirda. 
(9-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish soliq organi tomonidan rad etilgan taqdirda, ushbu guruhning 


masʼul ishtirokchisi kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng bunday shartnomani roʻyxatdan 
oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni qayta taqdim etishga haqli. 
(10-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqidagi qarorning koʻchirma nusxasi u qabul 
qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida soliq organi tomonidan bunday shartnomada soliq 
toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi sifatida koʻrsatilgan vakolatli 
vakiliga shaxsan imzo qoʻydirib yoki olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi. 
(11-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi ustidan bunday shartnomada soliq toʻlovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi sifatida koʻrsatilgan shaxs tomonidan 
mazkur Kodeksda soliq organlarining va ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki 
harakatsizligi ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilinishi 
mumkin. 
(12-q.)
Ariza (shikoyat) qanoatlantirilgan taqdirda soliq organi ushbu shartnomani 
roʻyxatdan oʻtkazishi shart, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi esa ushbu 
moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq roʻyxatdan oʻtishi lozim boʻlgan yildan keyingi kalendar 
yilning birinchi sanasidan eʼtiboran tashkil etilgan deb eʼtirof etiladi. Agar soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun 
ushbu bobda belgilangan boshqa toʻsiqlar boʻlmasa, koʻrsatilgan qoida qoʻllaniladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish