Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

62-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhini tashkil etish shartlari 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining ushbu moddada nazarda tutilgan barcha shartlarni 
qanoatlantiruvchi yuridik shaxslari soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil 
etishga haqli. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan 
qanoatlantirilishi lozim boʻlgan ushbu moddada nazarda tutilgan shartlar, agar ushbu Kodeksda 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur guruhni tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida bajarilishi kerak. 


(3-q.)
Basharti bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) 
bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etsa hamda har bir shunday yuridik shaxsdagi bunday ishtirok 
etish ulushi kamida 90 foizni tashkil etsa, yuridik shaxslar tomonidan soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi tashkil etilishi mumkin. Koʻrsatilgan shartga soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning butun amal qilish 
muddati mobaynida rioya etilishi kerak. 
(4-q.)
Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 
38-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi. 
(5-q.)
Yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish 
toʻgʻrisidagi shartnomaning tarafi sifatida quyidagi barcha shartlarni qanoatlantirishi kerak: 
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u qayta tashkil etilish yoki 
tugatilish jarayonida boʻlmasligi kerak; 
unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq bankrotlik (iqtisodiy 
nochorlik) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan boʻlmasligi kerak; 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish (oʻzgartirish) 
toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni soliq organiga taqdim etish 
sanasidan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi moliyaviy hisobot asosida hisob-kitob qilingan shaxs 
sof aktivlarining miqdori uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshishi kerak. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchilarning mavjud konsolidatsiyalashgan guruhiga yangi yuridik shaxsni 
qoʻshib olish, agar qoʻshib olinayotgan yuridik shaxs oʻzining qoʻshib olinishi sanasida ushbu 
moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni qanoatlantirsa, mumkin boʻladi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan jami 
yuridik shaxslar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi kerak: 
1) ular tomonidan kalendar yil mobaynida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, 
foyda soligʻi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning jami summasi kamida yuz milliard 
soʻmni tashkil etadi; 
2) kalendar yil uchun moliyaviy hisobot maʼlumotlariga koʻra tovarlar va xizmatlarni 
realizatsiya qilishdan tushumning, shuningdek boshqa daromadlarning jami hajmi kamida besh 
yuz milliard soʻmni tashkil etadi; 
3) aktivlarning jami qiymati kalendar yil oxirida moliyaviy hisobot maʼlumotlariga koʻra 
kamida bir trillion soʻmni tashkil etadi; 
4) foyda soligʻi boʻyicha bir xil soliq stavkasini qoʻllaydi. 
(8-q.)
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan barcha koʻrsatkichlar soliq 
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan 
oʻtkazish uchun hujjatlar soliq organiga taqdim etiladigan yildan oldingi yil yakunlariga koʻra 
hisob-kitob qilinadi. 
(9-q.)
Quyidagilar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari 
boʻlishi mumkin emas: 
1) maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslar; 
2) maxsus soliq rejimlarini qoʻllovchi yuridik shaxslar; 
3) banklar, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa barcha yuridik 
shaxslar banklar boʻlgan hol mustasno; 
4) sugʻurta tashkilotlari, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa 
barcha yuridik shaxslar sugʻurta tashkilotlari boʻlgan hol mustasno; 


5) qimmatli qogʻozlar bozorining banklar boʻlmagan professional ishtirokchilari, bundan 
ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa barcha yuridik shaxslar qimmatli qogʻozlar 
bozorining banklar deb hisoblanmaydigan professional ishtirokchilari boʻlgan hol mustasno; 
6) foyda soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilmaydigan yuridik shaxslar; 
7) kliring tashkilotlari; 
8) mikrokredit tashkilotlari. 
(10-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi, faqat basharti ushbu moddada 
nazarda tutilgan talablarni qanoatlantiradigan barcha yuridik shaxslar ushbu konsolidatsiyalashgan 
guruhning ishtirokchilari boʻlsa, tashkil etilishi mumkin. 
(11-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining tarkibi unga faqat 
bunday talablarni qanoatlantiradigan ishtirokchilarning qoʻshib olinishi yoxud undan bunday 
talablarni qanoatlantirmay qoʻygan ishtirokchilarning chiqarilishi hisobiga oʻzgarishi mumkin. 
Mazkur talabni buzgan holda tashkil etilgan yoxud bu talabga muvofiq boʻlmay qolgan soliq 
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi gʻayriqonuniy ravishda tashkil etilgan yoxud ushbu 
talab buzilgan sanadan eʼtiboran amal qilishi tugatilgan deb eʼtirof etiladi. 
(12-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi kamida ikki kalendar yil 
muddatga tashkil etiladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish