Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

73-modda. Soliq davri 
(1-q.)
Soliq davri deganda tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda toʻlanishi 
lozim boʻlgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi. 
(2-q.)
Soliq davri bir necha hisobot davrlaridan iborat boʻlishi mumkin. 
(3-q.)
Kalendar yil soliq davri hisoblanadigan soliqlarga nisbatan ushbu qismning qoidalari 
mazkur moddaning toʻrtinchi - oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan 
holda qoʻllaniladi. 
(4-q.)
Agar yuridik shaxs kalendar yil boshlanganidan keyin, lekin shu yilning 1-dekabriga 
qadar tashkil etilgan boʻlsa, uning uchun u tashkil etilgan kundan eʼtiboran shu yilning oxiriga 
qadar boʻlgan davr birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. 
(5-q.)
Agar yuridik shaxs 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda tashkil etilgan 
boʻlsa, tashkil etilgan kundan eʼtiboran tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yilning oxirigacha 
boʻlgan davr uning uchun birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. Bunda yuridik shaxs davlat 
roʻyxatidan oʻtkazilgan kun u tashkil etilgan kun deb eʼtirof etiladi. 
(6-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar ushbu 
Kodeksda belgilangan tartibda oʻzini mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasining soliq 
rezidentlari deb eʼtirof etgan hamda faoliyati bunday eʼtirof etish sanasida Oʻzbekiston 
Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxslari uchun foyda 
soligʻi boʻyicha birinchi soliq davrini aniqlashga nisbatan qoʻllanilmaydi. 


(7-q.)
Agar yuridik shaxs kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, 
uning uchun shu yil boshidan to tugatish (qayta tashkil etish) tamomlangan kungacha boʻlgan davr 
oxirgi soliq davri deb eʼtirof etiladi. 
(8-q.)
Agar kalendar yil boshlanganidan keyin tashkil etilgan yuridik shaxs shu yil oxiriga 
qadar tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun u tuzilgan kundan eʼtiboran tugatilgan 
(qayta tashkil etilgan) kungacha boʻlgan davr soliq davri deb eʼtirof etiladi. 
(9-q.)
Agar yuridik shaxs joriy kalendar yilning 1-dekabridan 31-dekabriga qadar boʻlgan 
davrda tashkil etilgan boʻlsa va tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yil oxirigacha tugatilgan 
(qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun u tuzilgan kundan eʼtiboran tugatilgan (qayta tashkil 
etilgan) kungacha boʻlgan davr soliq davri deb eʼtirof etiladi. 
(10-q.)
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar tarkibidan bir 
yoxud bir nechta yuridik shaxslar ajralib chiqadigan yoki unga bir yoki bir nechta yuridik shaxslar 
qoʻshib olinadigan yuridik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. 
(11-q.)
Agar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan 
chet el yuridik shaxsi oʻzini mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb 
eʼtirof etsa, uning uchun foyda soligʻi boʻyicha birinchi soliq davrini aniqlash quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi: 
1) agar ushbu chet el yuridik shaxsi oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb 
eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etgan kalendar yilning 1-yanvaridan eʼtiboran oʻzini 
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etsa, mazkur ariza taqdim etilgan kalendar 
yil uning uchun birinchi soliq davri hisoblanadi; 
2) agar ushbu chet el yuridik shaxsi tegishli ariza taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻzini 
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etsa, koʻrsatilgan ariza soliq organiga 
taqdim etilgan sanadan eʼtiboran ushbu ariza taqdim etilgan kalendar yilning oxirigacha boʻlgan 
davr uning uchun birinchi soliq davri hisoblanadi. Bunda, agar chet el yuridik shaxsining oʻzini 
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizasi 1-dekabrdan 31-
dekabrga qadar boʻlgan davrda taqdim etilgan boʻlsa, uning uchun ushbu ariza soliq organiga 
taqdim etilgan sanadan eʼtiboran u soliq organiga taqdim etilgan kundan keyingi kalendar yilning 
oxirigacha boʻlgan davr birinchi soliq davri hisoblanadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish