483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari
(1-q.)
2020-yil 1-oktyabrgacha boʻlgan davr uchun foyda soligʻini hisoblab chiqarishda
tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy
shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari boʻyicha toʻlovlarni
kechiktirish imkoniyati berilgan davrda hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi jami
daromad tarkibiga kiritilmaydi.
(2-q.)
2020-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda:
1) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish
xizmatlari) koʻrsatuvchi subyektlar, "Uzbekistan Airways" aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy
boʻlinmalari, "Uzbekistan Airports" aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiga kiruvchi masʼuliyati
cheklangan jamiyatlar shaklidagi xalqaro aeroportlar, shuningdek "Oʻzaeronavigatsiya
markazi"davlat unitar korxonasi:
yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer
soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi;
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga bir milliard soʻmdan
oshmaydigan, elektron hisob-fakturalarni qoʻllovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq toʻlovchilari
qoʻshilgan qiymat soligʻini har choraklik asosda, ushbu Kodeksning 37-bobida belgilangan
tartibda hisoblab chiqarishga va toʻlashga haqli;
3) foyda soligʻini hamda aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami daromad
tarkibiga ushbu Kodeks 299-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar kiritilmaydi;
4) qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va
ijtimoiy soliqni hisoblashni hamda toʻlashni ushbu Kodeksning 392 va 408-moddalarida
koʻrsatilgan, karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini majburiy tarzda toʻxtatib turgan soliq
toʻlovchilarga nisbatan toʻxtatib turish faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlariga soliq
toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida yuboriladigan faoliyatning
vaqtinchalik toʻxtatib turilishi toʻgʻrisidagi bildirish asosida amalga oshiriladi.
Soliq toʻlovchi faoliyati tiklangan taqdirda faoliyatni amalga oshirish boshlanguniga qadar
bu haqida faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarini shunga oʻxshash tartibda xabardor
qilishi shart;
5) koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tibbiyot va karantin obyektlarini
qurish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi
hududiga olib kiriladigan qurilish materiallari va boshqa tovarlar qoʻshilgan qiymat soligʻini va
aksiz soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;
6) ushbu Kodeks 415-moddasining uchinchi qismida, 422-moddasining oltinchi qismida,
429-moddasining toʻqqizinchi qismida va 437-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan,
shu jumladan 2020-yil 1-aprelga qadar aniqlangan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida
belgilangan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha oshirilgan soliq stavkalari, shuningdek ular
boʻyicha penya hisoblash va qarzdorlikni majburiy undirish choralari qoʻllanmaydi.
(3-q.)
2021-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda quyidagilar qoʻshilgan
qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
(OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
(Oldingi tahririga qarang)
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek
soya danagini olib kirish;
oʻsimlik yogʻini (paxta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish
boʻyicha aylanma.
(OʻzR 29.04.2021-y. OʻRQ-689-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(4-q.)
2022-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda 2020-yil 31-dekabrdagi holatga koʻra soliq
qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar boʻyicha penya hisoblash choralari
koʻrilmaydi:
faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan
tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik
shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha;
2020-yilda hisoblangan va vaqtincha qiyinchiliklar munosabati bilan yuridik shaxslar
tomonidan toʻlanmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik
shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha;
2020-yil 15-maydagi holatga koʻra qarzdorligi mavjud boʻlgan mikrofirmalar va kichik
korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan
jarimalar boʻyicha.
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(5-q.)
2021-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm
sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari:
foyda soligʻini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari
boʻyicha toʻlaydi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi;
yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer
soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi.
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(6-q.)
Quyidagilar mol-mulk soligʻini, yer soligʻini, aylanmadan olinadigan soliqni
toʻlashdan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida Qoraqalpogʻiston Respublikasining har
bir shahari va tumani uchun "oʻsish nuqtasi" deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan
yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari - 2024-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan muddatga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir, Boʻzatov va Shumanay tumanlarida
joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari - 2024-yil 1-
yanvarga qadar boʻlgan muddatga. Soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi foyda soligʻini va suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan 50 foiz pasaytirilgan
soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan aniqlangan roʻyxat boʻyicha
Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan va ogʻir sharoitlardagi
45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari - 2026-yil
1-yanvarga qadar boʻlgan muddatga. Tadbirkorlik subyektlarining mazkur toifasi foyda soligʻidan
ham ozod qilinadi.
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(7-q.)
"Hunarmand"
uyushmasining
aʼzolariga
berilgan
soliq
imtiyozlari
"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasining aʼzolari boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi
yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 2023-yil 1-martga qadar boʻlgan davr uchun tatbiq etiladi.
(OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(8-q.)
Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi uchun belgilangan
tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib
kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan ilmiy-laboratoriya
asbob-uskunasi, reagentlar va sarflash materiallari 2024-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun
qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.
(OʻzR 14.10.2021-y. OʻRQ-722-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism)
(9-q.)
2021-yilning 10-oktyabridan 2022-yil 30-aprelga qadar boʻlgan davrda tovuq
goʻshtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani, 2021-yil 10-oktyabrdan 2022-yil 31-dekabrga
qadar boʻlgan davrda esa goʻshtni (mol goʻshtini, qoʻy goʻshtini), tirik hayvonlarni (molni va
qoʻyni) hamda ularni soʻyishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish boʻyicha
aylanma, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qoʻshilgan qiymat
soligʻidan ozod qilinadi.
(OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi
tahririga qarang)
(10-q.)
2021-yil 1-sentyabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda umumiy
ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini va yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod etiladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(11-q.)
Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga
oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022-yil 1-
yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida
qoʻllaniladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(12-q.)
Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida,
togʻli hududlarida va yer maydonlari shoʻrlangan hududlarida davlat roʻyxatidan oʻtib, yangidan
tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik
subyektlari (bundan klasterlar mustasno) yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini, yuridik
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, aylanmadan olinadigan soliqni, yakka tartibdagi
tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan
summasini toʻlashdan 2024-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi.
(OʻzR 11.03.2022-
y. OʻRQ-758-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(13-q.)
Surxondaryo viloyatining togʻli hududlarida va yer maydonlari shoʻrlangan
hududlarida davlat roʻyxatidan oʻtib, yangidan tashkil etilgan va ushbu hududlarda oʻz faoliyatini
amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan klasterlar mustasno) 2021-yil 10-
sentyabrdan 2024-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻini belgilangan soliq
stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi.
(OʻzR 11.03.2022-
y. OʻRQ-758-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(14-q.)
Ushbu moddaning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida koʻrsatilgan togʻli
hududlarning hamda yer maydonlari shoʻrlangan hududlarning roʻyxati xalq deputatlari
Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(15-q.)
Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa
oqibatida zarar koʻrgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xoʻjaliklari yuridik
shaxslardan olinadigan yer soligʻini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni
toʻlashdan 2020-yil 1-maydan 2022-yil 1-noyabrga qadar ozod qilinadi. Bunda zarar koʻrgan
baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarining roʻyxati xalq deputatlari Sirdaryo
viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism)
(16-q.)
2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda Qoraqalpogʻiston
Respublikasining Moʻynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar
sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari:
foyda soligʻini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad soligʻini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer
soligʻini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan
summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi.
(OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(17-q.)
Boʻyalgan matoni, boʻyalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport
qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan
tadbirkorlik subyektlari) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ijtimoiy
soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
(OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(18-q.)
Ushbu moddaning oʻn yettinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz boʻyalgan mato,
boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha
tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil
etadigan soliq toʻlovchilarga nisbatan qoʻllaniladi.
(OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism)
(19-q.)
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari tomonidan foyda soligʻi boʻyicha
imtiyozlarning 2020-yil 1-yanvardan keyin foydalanilmay qolgan qismi 2020-yil 1-oktyabrga
qadar maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining reestriga kiritilgan ishtirokchilarga nisbatan
ular tomonidan kiritilgan, 2020-yil 1-yanvarga qadar amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlarida
nazarda tutilgan investitsiyalarning hajmiga qarab, mazkur ishtirokchilar reestrga kiritilgan
paytdan eʼtiboran 3 yildan 10 yilgacha boʻlgan muddatga toʻliq qoʻllaniladi. Ushbu qismning
qoidalari ushbu Kodeks 473-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan foyda soligʻi boʻyicha
imtiyozlarning amal qilish muddatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(OʻzR 12.07.2022-y. OʻRQ-783-
son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(20-q.)
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), avtotransport
vositasida yoʻlovchi va yuk tashish, avtotransport vositalarini taʼmirlash hamda ularga texnik
xizmat koʻrsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani taʼmirlash, agro va veterinariya
xizmatlari koʻrsatuvchi, shuningdek koʻngilochar markazlarda xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik
subyektlari - 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz
miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism)
(21-q.)
Ushbu moddaning yigirmanchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz, agar belgilangan
faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari
boʻyicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil qilsa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan
tatbiq etiladi. Xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal
qilishi bekor qilinadi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(22-q.)
Mahallalararo savdo-xizmat koʻrsatish koʻchalari boʻylab joylashgan, uy-joy uchun
moʻljallangan koʻchmas mulk obyektlari ushbu moddaning yigirmanchi qismida belgilangan
xizmatlar turlarini koʻrsatish uchun yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk toifasiga
oʻtkazilgan taqdirda, 2024-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan
olinadigan mol-mulk soligʻini hamda jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini uy-joyga
moʻljallangan koʻchmas mulk obyektlari, shuningdek ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalari
uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(23-q.)
Mahallalararo savdo-xizmat koʻrsatish koʻchalarining roʻyxati Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan
belgilanadi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(24-q.)
Tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan
davrda maydoni besh ming kvadrat metrdan yuqori boʻlgan savdo komplekslari va mehmonxona
(joylashtirish vositalari), shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari boʻyicha quyidagilarga
haqli:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer
soligʻi boʻyicha soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qoʻllashga. Bunda 2027-yil 1-
yanvarga qadar yangidan qurilgan ushbu koʻchmas mulk obyektlariga va ushbu obyektlar
egallagan yer uchastkalariga nisbatan mazkur imtiyoz ular foydalanishga topshirilgan oydan
eʼtiboran besh yil mobaynida qoʻllaniladi;
foyda soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida ikki yil davomida mazkur binolarning qiymatini
amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(25-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida koʻrsatilgan tumanlar va
shaharlarning belgilangan turizm zonalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda mazkur hududlarda
umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, koʻngilochar, turoperatorlik va turagent
xizmatlarini koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlari - 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga
qadar boʻlgan davrda:
aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi;
ushbu hududlarda joylashgan obyektlarga, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer
uchastkalariga nisbatan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik
shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi
miqdorida toʻlaydi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(26-q.)
Tumanlar va shaharlar turizm zonalari chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Turizm
va madaniy meros vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
hududiy bosh boshqarmalarining xulosalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi
Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.
(OʻzR 26.07.2022-y.
OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(27-q.)
2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda:
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarning
(aksiyadorlarning) aksiyalar boʻyicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;
Oʻzbekiston
Respublikasining
norezidentlari
boʻlgan
yuridik
shaxslarning
(aksiyadorlarning) aksiyalari boʻyicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda soligʻi boʻyicha
5 foiz miqdorida soliq stavkasi qoʻllaniladi;
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik
shaxslarning xoʻjalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan hamda foyda soligʻidan ozod etiladi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(28-q.)
Tadbirkorlik subyektlarining milliy musiqa cholgʻu asboblarini ishlab chiqarishdan
olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60
foizini tashkil etsa, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-
yanvarga qadar boʻlgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlanadi.
(OʻzR
26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(29-q.)
Xoʻjaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yoʻlga qoʻygan soliq
toʻlovchilar 2025-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda barcha soliqlarni (bundan qoʻshilgan
qiymat soligʻi va ijtimoiy soliq mustasno) toʻlashdan ozod etiladi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-
785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(30-q.)
Ushbu moddaning yigirma toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz joriy
hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning umumiy hajmida baliq yetishtirish
faoliyatidan olingan daromadining ulushi 90 foizdan ortiqni tashkil etgan soliq toʻlovchilarga
nisbatan qoʻllaniladi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(31-q.)
Charm, moʻyna xom ashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash,
qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda soʻyish, jun, qorakoʻl va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-
attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar 2023-yil
1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ushbu faoliyati boʻyicha foyda soligʻini,
aylanmadan olinadigan soliqni va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni
toʻlashdan ozod etiladi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi)
(32-q.)
Ushbu moddaning oʻttiz birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagilarga
nisbatan tatbiq etiladi:
chorva mollarni soʻyishga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslar
bilan jihozlangan soliq toʻlovchilarga;
hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining umumiy hajmida charm,
moʻyna, qorakoʻl xom ashyosini va junni yigʻish hamda tayyorlash, ularni qayta ishlash
(foydalanish) uchun keyinchalik sotish faoliyatidan olingan daromadining ulushi 80 foizdan kam
boʻlmagan soliq toʻlovchilarga;
hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining umumiy hajmida charm,
moʻyna, qorakoʻl xom ashyosini va junni qayta ishlash, shuningdek butlovchi buyumlarni,
furnitura, aksessuarlar, poyabzal qoliplari, poyabzal tagliklari, ustki qismlari, jelatin, sunʼiy charm,
poyabzal, charm-attorlik, moʻynachilik, qorakoʻl mahsulotini va jundan ishlangan buyumlarni
ishlab chiqarishdan olingan daromadining ulushi 60 foizdan kam boʻlmagan soliq toʻlovchilarga.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(33-q.)
Chorva mollarni soʻyish boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslarga ega
boʻlgan, shuningdek terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi soliq
toʻlovchilar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil
1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod etiladi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism) (2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi)
(34-q.)
Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi
talablarga javob bersa, soliq toʻlovchilar ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga
qadar boʻlgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi:
bolalar, ayollar va sport poyabzallarini, sunʼiy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari
hamda tagliklarini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 60 foizni
tashkil etsa;
poyabzallarni, charm-attorlik mahsulotlarini va moʻynadan tayyorlangan buyumlarni
eksport qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 80 foizni tashkil etsa.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(35-q.)
Belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha tibbiyot asbob-
uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlarini hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflov
materiallarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-
yanvarga qadar boʻlgan davrda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi.
(OʻzR 26.07.2022-y.
OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(36-q.)
Mehnat resurslari zich boʻlgan qishloq joylarning reestriga kiritilgan hududlarda
xodimlarining umumiy soni 10 nafardan kam boʻlmagan hamda u yerda mehnat faoliyatini amalga
oshiruvchi xotin-qizlar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining 50
foizidan kam boʻlmagan kichik tadbirkorlik subyektlari oʻzida mehnat faoliyatini amalga
oshiruvchi xotin-qizlarning mehnatiga haq toʻlash fondidan olinadigan ijtimoiy soliqni 2022-yil
1-sentyabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha
toʻlaydi.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(37-q.)
Chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan
daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil
etgan soliq toʻlovchilar 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda
mazkur faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-
812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(38-q.)
Budjet tashkilotlari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar
boʻyicha barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan 2024-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi, bundan
ijtimoiy soliq mustasno.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2019-yil 31-dekabr
Do'stlaringiz bilan baham: |